Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат шарқшунослик университети
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция тўплами Огаҳий 16 12 2021 cover (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
XIX ASR XIVA TARIXIDA OGAHIY VA "RIYOZ UD-DAVLA" TARIXIY ASARINING O‘RNI Mirasatullo Mirikramov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-kurs talabasi Annotatsiya. Ushbu maqolada XIX asrda yashab ijod etgan buyuk tarixchi, shoir va tarjimon Muhammad Rizo Erniyozbek o‘gli Ogahiyning tarixiy asarlari va ulardagi ko‘tarilgan muammolar haqida so‘z boradi. Shu bilan birgalikda maqolada Ogahiy siymosiga jahon tarixchi va sharqshunoslari tomonidan bildirilgan tanqidiy va ijobiy fikrlar o‘rin olgan. Kalit so‘zlar: Buyuk tarixchi, holislik,”davlat bog‘lari”, tavsif, ta’rif, tanqid, tub mohiyat, asosiy muammo, feodallik, mustamlakachilik siyosat, harbiy yurishlar, bosqinchilik siyosati. Mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasiga muhim xissa qo‘shgan minglab daholarning beshigini tebratgan. Ularning orasida bir inson borki, uni yodga olmaslikning iloji yo‘q, nazarimizda. Bu inson buyuk tarixchi, o‘z asarlari orqali kelajak avlodga beqiyos bilim manbayini qoldirgan alloma – Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiydir… Ogahiy shaxsiyatiga nazar solar ekanmiz, uning nafaqat qalami o‘tkir shoir va mohir tarjimon balki, tarixchi sifatida ham o‘zimiz uchun kashf qilamiz. Atoqli rus sharqshunosi akademik V.V.Bartold Ogahiy va Munis asarlari bilan tanishib, ularning ilmiy qimmatiga baho berar ekan, shunday xulosaga keladi: “Munis va Ogahiylarning mufassal xronikalari Xorazmning XIX asr tarixiga oid ma’lumotlarimizning asosi sifatida ko‘p zamonlargacha saqlanib qolsa kerak” 1 . Ogahiyning tarixiy asarlari Xorazmning yarim asrdan ortiqroq davrini aks etuvchi yilnomadir. Bu asarlar shuningdek, faktik materiallarga boyligi va ishonchliligi bilan ham ajralib turadi. Uning tarixiy asarlarida turkman, qozoq, 1 В.В.Бартольд “Новый источник по истории Харезма” - СССР 1941 г. Стр. 59 96 qoraqalpoq xalqlari tarixini o‘tganishda noyob manba bo‘lib kelmoqda. Ularning yana bir xususiyati shundaki, tarixiy voqealar badiiy obrazli uslubda bayon etilib, o‘rni bilan she’riy parchalar, lirik chekinishni ifodalovchi misralar keltiriladiki, bu hol asarlarning ta’sirchanligini kuchaytiradi. Darhaqiqat, XIX asr Xiva tarixini Ogahiyning asarlarisiz tasavvur qilish mushkul. Muhammad Rizo bu davrda 5 ta mukammal tarixiy asar yaratgan bo‘lib, “Riyoz ud-davlat” – Olloqulixon (1825-1843) hukmronlik qilgan davr, “Zubdat ut-tavorix” asari Rahimqulixon (1843-1846) podsholigi davri, “Jome’-ul voqeoti sultoniy” asari Muhammad Aminxon (1846-1855) zamonasiga, “Gulshani davlat” asari Sayyid Muhammad (1856-1865) xonligi davriga, “Shohidi iqbol” asari Muhammad Rahimxon II (1865-1910) hukmronligi davrining dastlabki yillariga bag‘ishlangan. Ogahiyning dunyoga kelishi haqida Munis o‘zining “Firdavs ul- iqbol” asarida shunday deydi: “Bu yil 1224 (1809/1810) mohi mazkur, ya’ni zaulqa’daning o‘nida, shanba kuni Erniyozbekka kim, faqirning inisidur,xazrati va Nibal atoyet bir farzandi arjumand va valadi saodat payvand ato qildi. Ul… Muhammad Rizobekka mavsum bo‘ldi” 1 . Bu haqida Xiva shoirlaridan Laffasiy o‘z asarida: “Ogahiy Muhammad Rizo mirob qiyotlig‘ Erniyozbek mirobning o‘g‘li bo‘lib, xonlar davrida Shermuhammad mirob Munisning dastparvarda shogirdi, amakizodalaridan edi” deb yozadi. Chet ellik sharqshunoslar nigohida Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga bo‘lgan qiziqish, doim yuqori bo‘lgan. Xususan, Xorazm tarixini yoritishda dunyo olimlariga Ogahiy va Munisning tarixiy asarlari benihoya yordam bergan desak, adashmagan bo‘lamiz. Shu bilan birga ushbu olimlar o‘z asarlarini yozishda bevosita Ogahiy ijodiga murojaat qilishgan, uning asarlariga taqriz yozishgan. Quyida ularning fikrlari bilan tanishamiz. Rus sharqshunosi A.L.Kun O‘rta Osiyo ayniqsa Xiva xonligi tarixiga oid bir nechta maqolalar yozgan. Shuni aytib o‘tish kerakki, Munis va Ogahiyning ko‘plab qo‘lyozma asarlari birinchi marta 1873-yilda taxtni tashlab qochgan Xiva xoni saroyidan A.L.kun tomonidan topib o‘rganilgan. Kun bu qo‘lyozmalarni Osiyo muzeyiga topshirgan. A.Kun o‘z maqolasida: “Ogahiyning tarixiy asarlari XIX asrda Xivaning sug‘orilish tizimi, davlatning iqtisodiy va siyosiy ahvolini bilishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi” 2 . - deb yozadi. “Firdavs ul-iqbol” asarining muallifi va ilmiy qiymati haqida sharqshunos pastor Avr. Amirxanyansning 18 betdan iborat muloha- zalari mavjud. U asar haqida bunday yozadi: “Sharqshunoslarga ma’lumki, qo‘lyozmalarning ba’zilarigina uning ustida ilmiy tekshirish ishlari olib borayotgan olimning talabiga, ya’ni qaysi vaqtda, qayerda va kim tomonidan yozilgan va qay ahvolda yozilgan degan talabga javob bera oladi. Ogahiy asarlari esa, yordamchi ma’lumot beruvchi kitoblarga muhtoj qilmay, bunday talablarning barchasiga javob beradi”. 3 N.I.Veselovskiy bu taqriz bilan tanish 1 Munis va Ogahiy “Firdavs ul-iqbol” inv. № 5364/I 127-bet 2 А.Л.Кун. заметки о Хивинском ханстве. “Туркестанские ведомости” 1873 г. № 40. Стр. 156 3 Записка пастора Авр.Амирханьянца от истории Хивы 1890 г. Стр 2 97 bo‘lgan va bu asar haqida o‘zining fikrini qisqacha bayon etgan. Lekin, u o‘z taqrizida Munis va Ogahiyning bu muhim tarixiy asariga unchalik ahamiyat bermaydi. N.I.Veselovskiy 1890-yil 17-fevralda Amirxanyansga yozgan maktubida shunday deydi: “Shermuhammad Munis va uning jiyani Muham- mad Rizo mirob tomonidan yozilgan Xiva xonligi tarixi XIX asr boshlaridan boshlab bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Bu davr tarixi elchilarimiz va asirlarimiz orqali bizga yetarli darajada ma’lumdir. Shuning uchun bu qo‘lyozma unchalik katta ahamiyatga ega emas” 1 . Akademik V.V.Bartold O‘rta Osiyo sug‘orish ishlari haqida asar yozar ekan, mashhur sharq tarixchilari, geograflari, sayyohlari asarlaridan foydalanadi. Shu jumladan, asarning XIX asr Xiva xonligiga tegishli bobida, umuman Amudaryoga tegishli masalalarni bayon etishda Munis va Ogahiyning tarixiy asarlaridan foydalangan. Bartold o‘zi foydalangan qo‘lyozma manbalarda sug‘orish ishlariga oid materiallarning kam uchrashi haqida gapirsada: “Xiva xonligining tarixi bundan mustasnodir. XVII asr tarixchisi Abulg‘oziyxonning, shuningdek, XIX asr tarixchilari Munis va Ogahiylarning Amudaryo va undan chiqarilgan kanallar haqida bergan ma’lumotlari, boshqa tarixchilarning sug‘orish ishlari bo‘yicha bergan ma’lumotlariga qaraganda ancha boydir” 2 – deb Ogahiy va Munis asarlari ahamiyati katta ekanligini uqtirib ketadi. 1935-yilda P.P.Ivanovning Munis va Ogahiy tarixiy asarlarida berilgan materiallar asosida qoraqalpoqlar tarixiga oid yozilgan asari bosilib chiqadi. Ogahiy asarlari bilan tanishar ekan Ivanov quidagi fikrlarnig aytadi: “XVIII va XIX asr qoralqalpoqlar tarixi uchun O‘rta Osiyoda yozilgan tarixiy asarlar ichida berilgan materiallarning ko‘pligi bilan ajralib turuvchi, XVIII asr boshidan to 1872- yilgacha ro‘y bergan voqealarni o‘z ichiga oladigan, XIX asrda yozilgan Xiva tarixi juda katta ahamiyatga egadir” 3 . Oradan bir necha yillar o‘tib Ivanov turkmanlar tarixini o‘rganish va ularning tarixini yoritish bo‘yicha asar yozar ekan 4 yana Ogahiy va Munisning tarixiy asarlariga murojaat qiladi. Ogahiy XIX asr tarixini yorituvchi 5 ta yirik asar yozdi. Qimmatli qo‘lyozma asarlaridan biri, Olloqulixonning Xorazmda hukmronlik qilgan davridagi tarixiy voqealarni aks ettiruvchi asar hijriy 1250/ milodiy 1844 – yilda yozilgan “Riyoz ud-davlat” (Davlat bog‘lari) asaridir. Ogahiy bu asarni yozar ekan, o‘zigacha bo‘lgan tarixchilar an’anasiga muvofiq asarni Allohga hamd va Payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V)ga na’at bilan boshlaydi. So‘ngra o‘z hayoti haqida so‘z boshlab, davomida Olloqulixonni maqtaydi. Undan keyin tarix ilmiga ta’rif berib, asarning yozilishiga sababchi bo‘lgan shaxslar haqida gapiradi. So‘ngra voqealarni bayon etishni Olloqulixonning tug‘ilishidan boshlab 1 Архив записки проф. Н.И.Веселовского. Ленинградское отделение. ИВАН. СССР 1890 г. 2 В.В.Бартольд “К истории орощения Туркестана” - Спб., 1914 г. Стр. 24 3 П.П.Иванов. “Очерк истории Каракалпаков” Материалы по истории Каракалпаков. М.,-Л., 1935 г. Стр. 44 4 П.П.Иванов “Хивинские хроники XIX века Муниса и Агехи как источник по истории Туркмен” М., - Л., 1938 г. 2-том, стр. 23. 98 to uning vafotiga qadar Xorazmda bo‘lib o‘tgan tarixiy xotiralar haqida gapiradi. Asar muqaddimasida muallif juda kamtarlik bilan o‘ziga ta’rif beradi: “Erniyozbekning o‘g‘li Muhammad Rizo mirob, laqabim Ogahiy, o‘z ahvolimni quyidagicha bayon etaman. Yoshlik chog‘larimda boshimg‘a har xil va turli- tuman tashvishlar tushdi. Har tarafdan boshimg‘a balo toshlari yog‘ildi” 1 U o‘z ahvoli haqida yuqoridagilarni keltirgandan so‘ng, asar yozilishi haqida quyidagilarni bayon qiladi: “Bu asarni yozishni boshladim. Asarni yozish davomida menga Muhammad Yaqub mehtar yordam berdi. Bu asarni “Riyoz ud- davla” nomi bilan atadim” 2 . Asarning avvali: “Jahonbog‘lig‘ maqomining nigini intizomi va hukmronlig‘ nizomining sar rishtayi ixtitomi…“ 3 so‘zlari bilan boshlanib, asar oxiri: Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling