Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат шарқшунослик университети


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/66
Sana19.01.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1100725
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
Bog'liq
Конференция тўплами Огаҳий 16 12 2021 cover (2)

9) Salomon va Ibsol. Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) qalamiga 
mansub asar. Qo‘lyozmalari noma’lum. 
10) Guliston. Fors shoiri va mutafakkiri Sa’diy Sheroziyning (1210-1292) 
dunyoga mashhur asarlaridan biri. Asar tarjimasi shahzoda Muhammad Rahim II 
tavsiyasi bilan amalga oshirilgan. Asarning 3 ta qo‘lyozmasi saqlangan. 
11) Bahoriston. Abdurahmon Jomiyning yuqoridagi asari kabi 
qo‘lyozmalari hali fanga noma’lum. 


94 
12) Ravzat al-safo‘yi Nosiriy (uchinchi jildi). Asar muallifi Rizoqulixon 
Hidoyat (vafoti 1871). Xiva xoni Sayyid Muhammadxon buyrug‘i ila asar 1860-
1861-yillarda tarjima qilingan. Tarjimaning yagona nusxasi Rossiya Fanlar 
akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanadi[15]. 
13) Daloyil al-hayrot (sharhi). XVasrda musulmon aqoidshunos 
olimlaridan biri Abdulloh Muhammad ibn al-Juzuliy tomonidan arab tilida 
bitilgan asar. Uning sharhi – Fasih al-Qasriy tomonidan usmonli turk tilida 
yozilgan. Yagona nusxada saqlangan matn usmonli turk tilidan O‘rta Osiyo 
turkiysiga Sayyid Muhammadxon topshirig‘iga binoan o‘girilgan. Tarjima sanasi 
noma’lum. 
14) Tazkirai Muqimxoniy. Muhammad Yusuf Munshiyning (XVII asr) 
tarixiy asari. 1860-1861 yillarda Xiva xoni Sayyid Muhammadxon farmoniga 
binoan kitobat qilingan. Noyob nusxasi Rossiya milliy kutubxonasida saqlanadi. 
15) Tabaqoti Akbarshohiy. Nizomiddin Ahmad ibn Muhammad Muqim 
Hiraviyning 1592-yilda tasnif qilingan tarixiy asari. Tarjima Sayyid Muham-
madxonning buyrug‘iga binoan qilingan. Qo‘lyozma yagona nusxada bizgacha yetib 
kelgan. Asar debochasida Ogahiy tarjimani Sayyid Muhammadxon hukmronligi 
davrida boshlaganini yozadi, lekin tez orada xon vafot etadi va tarjima tugallanmay 
qoladi. Muhammad Rahimxon II taxtga kelgandan so‘ng tarjimani tugatishni 
buyurdi. Tarjimaning yozilish tarixini 1864-yil deb hisoblash mumkin. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling