Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат шарқшунослик университети


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/66
Sana19.01.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1100725
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66
Bog'liq
Конференция тўплами Огаҳий 16 12 2021 cover (2)

 
Agar jam o‘lsa uchqun bir makong‘a, 
Bo‘lur albatta otashgoh paydo. 
Va agar har soridin yig‘nolsa qatra, 
Bo‘lur tadrij ila to‘fon huvaydo. 
Shuningdek Ogahiy “Jomeul-voqeoti sultoniy” asarida ham Xurosondagi 
amaldorlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni tasvirlar ekan,ularning qilmishlaridan 
shunday “xulosa” chiqaradi: 
Ulug‘g‘a kichikkim adovat etar
Hamul fe’li-o‘q o‘z boshiga yetar. 
Ogahiyning tarixiy asarlari Xorazm adabiy muhitida XVII asrda Abulg‘ozi 
Bahodirxonning “Shajaraiy turk”,
‘Shajaraiy tarokima”si bilan boshlangan an’ananing davomi bo‘lib,u 
XXasrning 20-yillarigacha davom etdi.Ijodakorning tarixiy asarlari Xorazmning 
yarim asrdan ortiqroq davrdagi voqealarini aks ettiruvchi yilnomadir.Bu asarlar, 
shuningdek,faktik materiallar va dalillarga boyligi va ishonchli ekanligi bilan 


91 
ham ajralib turadi.Turkman,qozoq,qoraqalpoq xalqlari tarixini o‘rganishda noyob 
manba bo‘lib kelmoqda.Ularning yana bir xususiyati shundaki,tarixiy voqealar 
badiiy obrazli uslubda bayon etilib,o‘rni bilan she’riy parchalar,lirik chekinishni 
ifodalovchi misralar keltiriladiki,bu hol asarlarning o‘qmishli bo‘lishini ham 
ta’sirchanligini kuchaytiradi. 
Ham shoir, ham tarjimon, ham tarixchi sifatida e’tirof etilayotgan Ogahiy haqida 
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov shunday degan edi: ”Mening ish stolimda 
hamisha ustoz Ogahiyning devoni turadi. Men uni hargal varaqlar ekanman, ul 
zotning go‘zal misralaridan bahramand bo‘lib, tahsinlar aytaman. Uning ijodi o‘zining 
semahsulligi, badiiy mahorati bilan boshqalarnikidan ajralib turadi. Ayniqsa, Ogahiy 
she’riyati o‘ziga xos uslubi, san’atkorligi, badiiy jozibadorligi, o‘ynoqi va betakrorligi 
bilan ham maroqlidir. Ulardagi mazmundorlik, bir ma’no zamirida boshqa bir 
ma’noning yashirinishi muxlislarni hayratga soladi”. 
Tabarruk 212 yilligi nishonlanayotgan Ogahiy o‘z umrini faqat ezgu 
ishlarga baxshida etib, xalq g‘amiyu el dardi uchunqayg‘urib yashadi.U asrlar 
osha o‘zining o‘lmas asarlari bilan bizga hamnafas va hamdam. 
 
Tong ermas, Ogahiy, ahli jahon she’ringga mayl etsa, 
Nedinkim, har so‘zing nazm ichra bir gavharga o‘xshaydur
1


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling