Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат шарқшунослик университети


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/66
Sana19.01.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1100725
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
Конференция тўплами Огаҳий 16 12 2021 cover (2)

 
Agar jam o‘lsa uchqun bir makong‘a,
Bolur albatta otashgoh paydo.
Va gar xar soridin yig‘nalsa qatra,
Bo‘lur tadrij ila to‘fon xuvaydo. 
Ogahiy bu misralari orqali birlashgan xalqni uchqunlari yig‘ilgan 
otashgohga o‘xshatadi. Lekin, shoirning bosh maqsadi, bu fojealardan birinchi 
1
Shu asar inv. № 5363/II 341/a,b varaq
2
А.Л.Кун. заметки о народах Хивинском ханстве. “Туркестанские ведомости” 
1873 г. № 32
3
П.П.Иванов “Очерк истории каракалпаков” Л., 1935 г. Стр.70 
4
Ogahiy “Riyoz ud-davla” inv. № 5363/II 340/a varaq


102 
navbatda shohning o‘zini ogoh etish. Sababi, shoh xalqning ahvolidan, uning 
dard-u tashvishidan g‘ofil qolganda, bu holat og‘ir kulfatlarga olib kelishini tarix 
qayta – qayta isbotlagan. Buni biz Ogahiyning navbatdagi baytidan bilib 
olishimiz mumkin:
 
G‘ofil o‘lsa shoh agar mulku sipoh ahvolidin,
Boshga ish tushganda sud etmas fig‘onu ohlar. 
Shunga qaramasdan, Olloqulixon hukmronlik qilgan yillarda ko‘plab 
qurilish, binokorlik ishlarini amalga oshirgan. Buni ayniqsa, Ogahiy o‘z 
asarlarida mufassal yoritadi. Xususan bir asarda Xuroson safaridan g‘alaba bilan 
qaytgan Olloqulixon bazm o‘tkazish maqsadida o‘sha davrning mashhur 
rabotlaridan bir Rafanakni tanlaydi. Bu haqida Ogahiy “Riyoz ud-davla”da 
shunday yozadi: “Chun Olloqulixon ham ul yil Rafanikda bir oliy rabot va bog‘ 
qurdirgan erdi”
1
. Yana asarda keltirilishicha, Toshhovuz qal’asi va Madrasayi 
Xon ham aynan Olloquli davrida barpo etilgan. “Qo‘y yili sanayi 1251 
(1835/1836) da Olloqulixon farmoni bilan Muhammad Yusuf mehtar 
boshchiligda Toshhovuz qal’asi qurildi. Shu yili “Madrasayi Oliya” kim, Xiva 
shahrida Karvonsaroy bilan Pahlavon darvozasining oralig‘ida joylashgan bo‘lib, 
Muhammad Rizo qushbegi boshchiligida qurilishi boshlangan edi. U vafot 
etganidan so‘ng, Otamurod qushbegi boshchiligida qurib oxirig‘a yetkazildi. Ul 
“Madrasayi Xon” deb ataldi”
2
. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu ma’lumotlar orqali 
bizda Olloqulixon va umuman Xiva xonlari haqida salbiy fikr shakllanib 
qolmasligi kerak. Buni Ogahiy ham o‘zining tarixiy va nazmiy asarlari orqali 
anglatishga harakat qiladi. 
Umuman, Ogahiyning adabiyotimiz va tariximizga qo‘shgan hissasi bu 
bilan cheklanib qolmaydi. Bundan tashqari uning she’riyat va tarjimashunoslikka 
doir 20 ga yaqin asarlari mavjud. Ogahiy ijodini o‘rganish jadalligining so‘nggi 
yillardagi sur’atini anglash maqsadida o‘tgan asrning 60-yillarida ogahiyshunos 
K.Munirov tomonidan bildirilgan fikrlarga e’tibor qaratishimiz lozim. 
“Ogahiyning hayoti, adabiy faoliyati va tarixiy asarlari haqida ba’zi bir 
ma’lumotlar bosilib chiqqan. Lekin, ular hali Ogahiyning ulkan so‘z ustasi 
ekanligi, uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan salmoqli hissasini va Ogahiy tarixiy 
asarlarining O‘rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishdagi ahamiyatini yetarli 
darajada yoritib bera olmaydi”
3

Bu so‘zlar shoir ijodini tadqiq etuvchilar uchun haqiqiy ma’nodagi ogohlik 
qo‘ng‘irog‘I bo‘ldi. Ogahiy siymosiga hurmat bajo keltirgan holda, 
mamlakatimizda uning ijodi va shaxsiyatini o‘rganishda qator ishlar amalga 
oshirilmoqda. 1960-yilda nashr etilgan “Ta’viz ul-oshiqin” devoni va 1971-1980-
yillarda chop etilgan Ogahiy asarlarining 6 jildligi Ogahiyshunoslikda qilingan 
dastlabki ishlardandir. O‘tgan yillar davomida Ogahiy ijodiga bo‘lgan e’tibor 
1
Shu asar inv. № 5363/II 305/a varaq
2
Shu asar inv. № 5363/II 334/b – 335/a varaq
3
K.Munirov “Munis,Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari” T., 1960 y., 23-bet


103 
yanada oshdi desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Xususan, joriy yilning 20-
mayida Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ hududida Adiblar xiyobonining 
ochilish marosimi o‘tkazildi. U yerda Muhammad Rizo Ogahiyga atab 
muhtasham haykal o‘rnatildi. Bundan tashqari Ogahiy asarlarining asl yoki 
qo‘lyozma nusxalarini yig‘ish tadqiqotchi-olimlarimiz tomonidan jadal suratda 
davom ettirilmoqda. Shu kunga qadar Ogahiy asarlarining 9 ta qo‘lyozma 
nusxasi topilib, tadqiq qilingan edi. Ularning 3 tasi Sankt-Peterburgda, 5 tasi Abu 
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik qo‘lyozmalar Institutida va 1 tasi 
Tojikiston qo‘lyozmalar fondida saqlanib kelinmoqda. Saqlanayotgan o‘rniga 
ko‘ra shartli ravishda bu qo‘lyozmalar Sankt-Peterburg, O‘zbekiston va 
Tojikiston nusxasi deb ataladi. Ammo, filologiya fanlari doktori, professor 
Gulnoz Halliyeva rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhining sayi-harakatlari 
natijasida, shu yilning yozida Xorazm viloyati Hazorasp tumanidan Nasta’liq 
uslubida yozilgan 10-yo‘lyozma nusxasini topishga erishildi. Bularning barchasi 
Ogahiyning naqadar buyuk shaxs, iste’dodli shoir,tarixchi va tarjimon ekanligiga 
yaqqol misol bo‘la oladi. Garchi Muhammad Rizo Ogahiy 1874-yilda vafot etgan 
bo‘lsada, u yozgan asarlar hamon barhayot. Uning tarixiy asarlari esa bizlarga 
Xorazm tarixining ma’lum bir davrini yoritish va anglashda beqiyos 
ma’lumotlarni berishda davom etib kelmoqda. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling