Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат шарқшунослик университети


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/66
Sana19.01.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1100725
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
Bog'liq
Конференция тўплами Огаҳий 16 12 2021 cover (2)

16) Haft paykar (Yetti go‘zal). Abu Muhammad Ilyos ibn Yusuf Nizomiy 
Ganjaviy (1141-1209) qalamiga mansub “Xamsa” asarining to‘rtinchi dostoni. 
Qo‘lyozma yagona nusxada saqlanadi. Nasriy tarjima Muhammad Rahimxon II ga 
bag‘ishlangan, uning farmoni bilan tarjima qilingan. Tarjima sanasi qayd qilinmagan. 
17) Hasht behisht (Sakkiz jannat). Xusrav Dehlaviyning (1253-1325) 
asari. Qo‘lyozmalari noma’lum. 
18) Yusuf va Zulayho. Abdurahmon Jomiyning qalamiga mansub nazmiy 
doston. Tarjimani Xiva xoni va shoir Muhammad Rahimxon II buyurtmasiga 
ko‘ra, nazmdan nazmga o‘girgan. Asl nusxasi Rossiya milliy kutubxonasida 
saqlanadi. Tarjima hijriy 1285-yil sha’bon oyida/milodiy 1868-yilning noyabr-
dekabr oylarida nihoyasiga yetgan. Asarning 7 ta qo‘lyozmasi mavjud. 
19) Shoh va gado. Badriddin Hiloliyning (XV asr) asarlaridan biri. Nazmiy 
tarjima Muhammad Rahimxon II farmoni bilan amalga oshirilgan. Asl nusxasi 
Rossiya milliy kutubxonasida saqlanadi. Asarning ikkita qo‘lyozmasi saqlangan. 
Ogahiyning “Yusuf va Zulayho” tarjimasi Sharq adabiyotida Iskandar
Bahrom, Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Vomiq va Uzro singari juda ko‘p 
tilga olinadigan personajlardir. Husnda tengi yo‘q bo‘lgan Yusuf alayhissalom 
haqidagi rivoyat birinchi marta yahudiylarning muqaddas kitobi – Tavrotda o‘z 
aksini topgan. Muqaddas Qur’oni Karimda ham bu nabiyga bag‘ishlangan 
alohida sura mavjud. Lekin dastlab diniy afsona tarzida vujudga kelgan bu 
rivoyatlar keyinchalik ulug‘ san’atkorlar diqqatini o‘ziga jalb etgan va bu rivoyat 
asosida turli nazmiy hamda nasriy asarlar yaratilgan. Navoiy ham mazkur 
afsonaga asoslanib, ijodkorlarning ajoyib dostonlar yaratgani haqida shunday 
yozadi: “Yusuf qissasi andin mashhurroqdakim, ehtiyoj aning tafsilina bo‘lg‘ay, 


95 
nechunkim g‘arobati va shirinligi uchun ko‘p akobir ham nazm va nasrning sharh 
asbobin tuzubturlar va bayonida sehrlar ko‘rguzubturlar”. Natijada badiiy 
adabiyotga “Yusuf va Zulayho” sujetini birinchi bo‘lib X-XI asrlarning eng buyuk 
fors shoiri Abulqosim Firdavsiy olib kirdi. U kishi ushbu sujet asosida mukammal 
bir she’riy doston yaratdi. Firdavsiydan keyin bu sujet asosida o‘nlab shoirlar qator 
dostonlarini yaratdilar. XI asrda Buxoroda yashab ijod qilgan shoir Shahobiddin 
Am’aqniy “Yusuf va Zulayho” degan doston yozgani ma’lum. Bu mavzu adabiyot-
da yaqin asrlargacha ham yashab keldi. Xususan, XIX asrda shoir Junaydulloh 
Hoziq “Yusuf va Zulayho” dostonini yaratib tarixiy an’anani davom ettirdi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling