1) Ravzat us-safo – Mirxond Muhammad ibn Xovandshoxning (1438–
1498) tarixiy asari. Asar 7 jilddan iborat, Ogahiy asarning ikkinchi jild ikkinchi
qismini va uchinchi jildni tarjima qilgan. Umumiy 7 ta qo‘lyozmasi bor. Ikkinchi
jildning 3 ta qo‘lyozmasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida (O‘zRFAShI) va bittasi
Rossiya milliy kutubxonasida (RMK) saqlanadi. Uchinchi jild 4 ta nusxada
O‘zRFAShI fondlarida saqlangan holda, bizgacha yetib kelgan.
2) Nodirnoma. Muhammad Mahdiy Astrobodiy ibn Muhammad Nosirning
(1736-1747) “Durrayi nodira” asari nazarda tutilgan. Tarjima Muhammadnazar
tomonidan boshlanib, Xiva xoni Muhammad Aminxon (1845-1855) buyrug‘i
bilan hijriy 1266/milodiy 1850-yilda Ogahiy tomonidan yakunlangan.
Qo‘lyozmaning 2 ta nusxasi mavjud.
3) Zafarnoma. Sharafiddin Ali Yazdiyning (XV asr) shu nomli asari deb
taxmin qilinadi. Qo‘lyozmalari noma’lum.
4) Zubdat al-hikoyat. Muhammad Vorisning (XVII asr) axloqiy hikoya-
lardan iborat asarining tarjimasi. Tarjima Xiva xoni Sayyid Muhammadxon
(1856-1864) farmoniga binoan amalga oshirilgan (O‘zRFAShI asosiy fond
qo‘lyozmasi, № 1274, 3a varag‘i).Tarjimaning aniq sanasi berilmagan.
Tarjimaning 2 ta qo‘lyozmasi mavjud.
5) Miftoh al-tolibin. Joniy Mahmud Shayx Ali ibn Imomiddin al-
G‘ijduvoniyning (XVI asr) 1543-yilda yozilgan asari. Ogahiy kasal bo‘lishiga
qaramasdan, Sayyid Muhammadxon buyrug‘iga binoan, 1859-yilda, asarni 44
kun ichida tarjima qilgan. Asarning yagona nusxasi mavjud.
6) Axloqi Muhsiniy. Husayn Voiz Koshifiyning (1436-1504) sulton
Husayn Boyqaroning o‘g‘li Abulmuhsin Mirzoga bag‘ishlangan odob-axloq
qoidalariga oid asari. Tarjima Sayyid Muhammadxon buyrug‘i bilan 1858-1859-
yillarda amalga oshirilgan. Qo‘lyozmaning 3 ta nusxasi mavjud.
7) Badoye’ al-vaqoye’. Zayniddin Mahmud ibn Abdiljamil Vosifiy (1485-
1551) asarining Ogahiy tomonidan O‘rta Osiyo turkiysidagi tarjima qilingan
yagona nusxasi. Tarjima Muhammad Rahimxon II farmoni ila qilingan. Noyob
nusxa O‘zR FA ShI fondida saqlanadi[12].
8) Qobusnoma. G‘arbiy Eron podshohi Kaykovus ibn Iskandar ibn Qobus
ibn Vushmagirning (1021-1087) o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlangan axloqiy-
didaktik asari. Tarjima shahzoda Muhammad Rahimxon II tavsiyasiga binoan
1860-yilda amalga oshirilgan. Qo‘lyozmaning 3 ta nusxasi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |