Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат шарқшунослик университети


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/66
Sana19.01.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1100725
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66
Bog'liq
Конференция тўплами Огаҳий 16 12 2021 cover (2)

Keywords: literary translation, skill, creativity, talent, manuscript, history, 
epic poem. 
XIX asr Xorazm adabiy muhitida yashab ijod etgan buyuk shoir, tarixnavis, 
yetuk tarjimon va davlat arbobi hisoblanmish Muhammad Rizo Ogahiy ijodini 
o‘rganish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ogahiy ijodi 
juda keng qamrovli hamda ma’naviy jihatdan boy an’analarga ega adabiy meros 
hisoblanadi. Adabiyotshunoslar shoirning lirikasi bilan yaqindan tanishgach, Alisher 
Navoiy ijodidan so‘ng barakali ijod qilgan sa’natkor sifatida haqli ravishda 
Muhammad Rizo Ogahiyni qo‘yadilar. O‘rta asrlarda tarixiy Xuroson, 
Movarounnahr va Xorazm hududlarda hukmronlik qilgan turkiy sulolalar 
hukmdorlari so‘z sehrini va undagi kamol zavqini davlat siyosati darajasiga 
ko‘targanlar. Xususan, temuriy sulton Husayn Boyqaro ulug‘ mutafakkir va davlat 
arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning hikmatlarga boy bayt-u misralarini 
nihoyatda hurmat qilgan, davlat ishlarida donishmand shoirning maslahatlariga 
doimo quloq solgan. Ogahiy ham o‘z davrining Navoiysi bo‘lgan desak aslo 
yanglishmagan bo‘lamiz. Chunki xorzamlik bu donishmand ijodkor ham xuddi 
Navoiydek ham davlat arbobi, ham shoir, ham tarixchi olim, ham shohlarning yaqin 
amiri edi. Ogahiy ham o‘zining dono maslahatlarini Xiva xonlaridan ayamasdi, 
ularni adolatga chorlovchi yuzlab misrali qasidalar va g‘azallar bitishdan toliqmasdi.
Ogahiy Xiva xonligi qo‘ng‘irotlar sulolasining fors tilidan turkiy tilga 
tarjima qiluvchi tarjimonlar maktabining peshqadami edi. Uning tarjimonlik 
faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u ijodining ilk yillarida fors tilidan tarixiy 
asarlarni tarjima qilishdan boshlagan va mahorati oshib borgan sayin badiiy 
asarlarni nazmdan nazmga o‘girgan. Bugungi kunga kelib, Ogahiyning hayoti va 
ijodining salmoqli qismi yaxshi o‘rganilgan. Ammo adibning tarjima asarlarini 
zamonaviy talablar asosida tadqiq qilishga ehtiyoj sezilmoqda. Ogahiyning 
tarjimonligi haqidagi dastlabki ma’lumotlar vengriyalik sharqshunos Xerman 
Vamberi (1832-1913) asarlarida uchraydi. Ogahiy fors tilidan o‘n sakkizta va 
usmonli turkchadan bitta asar tarjima qilgan. Xivashunos olim Y. Breygel tarjima 
asarlarning yillar ketma-ketligini aniqlashga qiynalgan edi.
1
Ammo, ogahiy-
1
Munis Shir Muhammad Mirab and Agahi Muhammad Riza Mirab, Firdaws al-iqbal: 
History of Khorezm/ Transl. from Chaghatay and annotated by Y. Bregel. – Leiden, 1999. 


93 
shunos olim N. Toshev bu xronologiyani shoir o‘z devonida ketma-ketlikda 
berganligini aniqlagan. Ular quyidagi asarlar edi: 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling