Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат шарқшунослик университети
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция тўплами Огаҳий 16 12 2021 cover (2)
Bu nusxaki bitmakni kom ayladim,
Sening jahding bilan tamom ayladim. 4 - so‘zlari bilan yakun topadi. Asar O‘rta Osiyo qog‘oziga, qora siyohda nasta’liq xati bilan yozilgan. Xorazmda muqova qilingan qo‘lyozma oxirida: “biz kim Ogahiy mazkur asarni 1250 da yozib tugatdim,” – deb ta’kidlashidan bu nusxa Ogahiyning o‘z qo‘li bilan yozilgan bo‘lishi mumkin. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, O‘rta Osiyo xonliklari tarixnavisligi haqida rus sharqshunoslarining o‘ziga xos qarashlari mavjud bo‘lgan. Buni biz 1873-yilda chop etilgan “Turkestanskiye Vedomosti” gazetasining 50-sonida ko‘rishimiz mumkin. “Musulmon xonliklarida yozma hujjatlarni yig‘ish odati mavjud emas. Har bir xon vafotidan keyin saroydagi barcha mol-mulk va meros vorislari o‘rtasida taqsimlanadi. Davlat arxivlari va bu kabi boshqa hujjatlar saqlanadigan joylarda bu narsalar qayd etilmaydi” 5 Bu ma’lumotlar o‘sha davr siyosatidan kelib chiqqan holda yozilgan bo‘lishi mumkin. “Riyoz ud-davla” asarining original nusxasidan tashqari, uning bir nechta ko‘chirma nusxalari mavjud. 1. Xususan, bir nusxa Mulla Nurniyoz ibn mulla Muhammadniyoz tomonidan ko‘chirilgan bo‘lib, asar sifatli Sharq qog‘oziga qora siyohda chiroyli nasta’liq xatida yozilgan. Asar 112 varaqdan iborat. 2. Navbatdagi nusxa ham avvalgisiga o‘xshaydi. Kotib Mulla Muhammad Rizo ibn Mahmmad Karim tomonidan 1880-yilda ko‘chirilgan.117 varaqdan iborat. 3. Keyingi nusxa avvalgilaridan biroz farq qiladi. Nusxa Muhammad Rahimxon II tavsiyasiga binoan 1904-yilda domla Muhammad Rizo oxund tomonidan ko‘chirilgan. Yupqa sifatli Qo‘qon qog‘oziga nata’liq xatida qora siyoh bilan yozilgan. Sarlavhalari, “nazm”, “qit’a”, “masnaviy” so‘zlari qizil 1 Ogahiy “Riyoz ud-davla” inv. № 5363/II 4-bet. 2 Ogahiy “Riyoz ud-davla” inv. № 5363/II 5-bet. 3 Shu asar inv. № 5363/II 7-bet. 4 Shu asar inv. № 5363/II 8-bet. 5 Научные работы во времья Хивинского похода 18-декабрь, 1873 г. “ Туркестанские ведомости” № 50 99 siyohda bitilgan. Muqovasi naqshli, har 2 tomondan 3 tadan saxxoj tamg‘asi mavjud. 120 varaqdan iborat. 1 “Riyoz ud-davla” asari Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” asarining mantiqiy davomi bo‘lib, Muhammad Rahim I vafotidan keyin taxtga o‘tirgan Olloqulixon davrini yoritadi. Taxt almashinuvi vaqtidagi vaziyatni A.A.Kun o‘z maqolasida shunday yoritadi: “Xalqning xohishi bilan Muhammad Rahim vafotidan so‘ng taxtni Olloquli egalladi. Bu vaqtda Xiva va Eron chegarasida yashovchi tog‘li xalqlar unga qarshi isyon ko‘taradi. Olloqulixon shu zahotiyoq ularga qarshi yirik qo‘shinni safarbar etdi. Hukmronliginig dastlabki yillaridagi qo‘zg‘olonlarni bostirgan Olloqulixon Xivaga to‘laqonli joylashib olgandan so‘ng, kichik ukasi Rahmonquli Inoqni Xuroson va Mashhadni bosib olish maqsadida qizilboshlarga qarshi urushga jo‘natdi. Mashhad shahri, Djam va Imgon qal’alari egallanganligi xabarini eshitgandan so‘ng esa Turkmanlar va Buxoroga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi” 2 . Asarni o‘qir ekanmiz, Olloqulixon davrida Xuroson yerlarini bosib olish uchun qattiq kurash borganligini ko‘ramiz. “Riyoz ud-davla”da yozilishicha: “Olloqu- lixon Buxoro bilan keskinlashgan munosabatlarni tartibga solgandan so‘ng 1825 yilda Xazorasp hokimi Rahmonquli to‘ra boshchiligida Xurosonga lashkar yubordi. Rahmonquli Oqdarband qal’asiga hujum qiladi va bosib oladi. U yerda yashayotgan xalq Saraxsga ko‘chirildi” 3 . Asardan Ogahiy Munisning vafotini quidagicha tasvirlaydi: “1244 (1828-1829) yili davlatpanoh Olloqulixon o‘zi bosh bo‘lib Xurosong‘a yurish qildi. Ammo, vabo kasali tarqalib, ko‘p askarlardan ajralgach, Xi- vaga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu yurishda qatnashgan barodari padarimiz Shermuhammad mirob, laqablari Munis ham vafot etadurlar. Safardan qaytgach Olloqulixon tavsiyasi va taklifi bilan miroblik kasbi- g‘a kamina tayinlandim”. 4 Lekin, bu bilan Olloqulixonning Xurosonga bo‘lgan da’vosi yakunlanib qolmaydi. Shundan so‘ng u Xurosonga 1836- 1837 – yillarda 3 marta yurish qiladi. Bu holat “Riyoz ud-davla”da shunday tasvirlanadi: “Bir nechta yurishlar natijasida Ali eli qal’asi bosib olinadi va u yer aholisi Xorazmga, Qilich Niyozbiy arnasining etagi va Buldamsor qal’asining atrofiga ko‘chiriladi. Ular hozir ham shu yerda yashab kelmoqdalar”. 5 N.I.Veselovskiy aholini ko‘chirilishi haqida: “Ko‘chirib keltirilgan xalq 7000 uylikdan iborat bo‘lib, ular arna atroflariga joylashtirildi” 6 – deb yozadi. Bu yurishlar natijasida Xuroson 1 “Описание Тюркских рукописей института народов Азии” 1-том. М., 1965 г. стр. 1-16 2 А.Л.Кун. заметки о Хивинском ханстве. “Туркестанские ведомости” 1873 г. № 40. Стр. 158 3 Ogahiy “Riyoz ud-davla” inv. № 5363/II 259-bet 4 Shu asar. inv. № 5363/II 314-bet. 5 Shu asar. inv. № 5363/II 317-bet. 6 Архив записки проф. Н.И.Веселовского. Ленинградское отделение. ИВАН. СССР 1890 г. Стр 307 100 masalasida Xiv ava Eron o‘rtasida ziddiyatli vaziyat yuzaga keladi va uzoq vaqt davom etadi. Eron ustiga to‘xtovsiz yurishlar joniga tekkan Eron shohi do‘stlik o‘rnatish maqsadida Xiva xoniga elchi yuborgan. Elchi bo‘lib kelgan Xodiyxon xonga quyidagi nomani topshiradi: “Qa- dim zamonidin to shu vaqtgacha Xorazm xonlari bilan Eron podshohlari orasida do‘stlik davom etib kelgan. Bizlar ham shu tariqada yo‘l tutsak, chunki ikki yurtning xalqi farog‘at va xotirjamlik bila hayot qilishlarig‘a sabab bo‘lar edi” 1 Asarda Xiva xonligining O‘rta Osiyodagi xonliklar hamda Xurosondan tashqari, rus va boshqa xalqlar bilan bo‘lgan munosabatlari haqida ham so‘z boradi. 1256 (1840-1841) – yili Xiva xoni qo‘lida bo‘lgan 1000 ga yaqin rus asirlari ozod qilingan. Rossiyaga yuborilgan Xiva savdogarlari ma’lum vaqtdan buyon o‘z yurtlariga qaytarilmasdan, ushlab turilgan. Agar rus asirlari ozod qilinib, o‘z yurtiga yuborilmagan taqdirda, Xorazm karvonining ham qaytib kelmasligi mumkin edi. Bu haqida Ogahiy shunday yozadi: “Muhammad Shariy No‘g‘ayni qamoqdan chiqarib, Otajon oxundga qo‘shib, rus asirlari bilan mazkur yil jumodis soniy oyining 4 tida, dushanba kuni ruxsat berilgan. Anglisdin elchi bo‘lib kelgan shaxs bir sohibkim, rus yurtig‘a borurg‘a mayl ko‘rguzub, ijorat tilab erdi, ani ham xamul elchilarig‘a hamroh qilib yubordi” 2 . 1257 (1841/1842) – yili Rossiyaga elchi bo‘lib ketgan Vays Niyozboy 1258 (1842/1843) yili Xivaga qaytib keldi. Bu haqida asarda: “Vays Niyozbiy kim o‘rus elchilarig‘a ketib erdi… andoqkim yuqoriroq mazkur bo‘lib erdi, o‘rusdin Danilevskiy otlig‘ bir elchi bila Xorazmga keldi. Ul jumladin bir taxt ravon otlig‘ aroba erdi” 3 . Ko‘rinib turibdiki, Danilevskiy sovg‘a salomlar bilan kelgan. Uning asosiy vazifasi Xiva va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarni qayta yaxshilash va savdo aloqalarini qayta yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘lgan. Missiya o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu esa kelajakda Xiva – Rossiya munosabatlarining rivojlanishiga keng imkoniyat yaratib berdi. “Riyoz ud-davla” orqali Xiva va Angliya o‘rtasidagi munosabatlar haqida ham birmuncha ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Xususan, J.Abbotning Xivaga kelishi asarda shunday tasvirlanadi: “Xam ul 1255 (1839/1840) yil Zulqa’da oyining o‘n beshida Hindustondin Xaybbat sohib otlig‘ anglis elchisi kelib oston bo‘slikga musharraf bo‘ldi” 4 . Asarda Xorazmning XIX asrdagi feudal yer egaligiga oid bo‘lgan ma’lumotlar mavjud. Bu davrda iqtisodiy hayotda asosiy masalalardan biri yerga egalik bo‘lganligi uchun, bu masala alohida ahamiyatga ega. XIX asrda Xorazmda eng kata feodal va yer egasi xonning o‘zi edi. Bu haqida tarixchi M.Y.Yuldashev quyidagi fikrlarni bildirgan: “Juda katta xususiy yoki podshohlik yerlarining xo‘jayini bo‘lgan xonning o‘zi mamlakatning birinchi feodali edi. Biz xonlar qo‘lida bo‘lgan yerlarni yirik feodal yer egaligining bir turi deb hisoblaymiz”. 1 Ogahiy “Riyoz ud-davla” inv. № 5363/II 350 – varaq 2 Shu asar inv. № 5363/I 353 a/b varaq 3 Shu asar inv. № 5363/II 362/b varaq 4 Shu asar inv. № 5363/II 352/a varaq 101 Xiva xonligining iqtisodiy hayotida asosiy rol o‘ynagan jihatlardan biri soliq masalasi edi. Shu sababli, Olloqulixon davrida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Xurosonga bo‘lgan navbatdagi yurishdan qaytayotganda, Olloquli Anav qal’asiga to‘xtab o‘tadi. Bu qal’aning janub tarafidagi Shayx Jamoliddin qabrini ziyorat qiladi. Bu ziyorat tarixni Ogahiy shunday tasvirlaydi: “Ul qal’a hokimi Maxmudxonga qal’a hukumati yorlig‘ini topshirdi. Garov uchun Oquyluk ba o‘zga elotdin zakot va xiroj oldi” 1 . Xonlar biror xalq ustiga yurish qiladilarmi, ov va yoki ziyoratga chiqadilarmi, yo‘l- yo‘lakay soliq to‘lamagan aholidan qurol kuchi bilan soliq undirishga harakat qilganlar. Soliqnig asosiy turlaridan biri solg‘ut solig‘I edi. Solg‘ut olish tartibini A.Kun o‘z maqolasida: “Egalik qilinayotgan yerning hajmiga ko‘ra solg‘ut to‘lash tartibi 3 ta kategoriyaga bo‘lingan: yuqori, o‘rta, quyi. Quyi – yeri 5 tandan yuqori bo‘lmaganlar. O‘rta – 5 tandan 10 tangacha bo‘lgan yer egalari. Yuqori - yeri 10 tandan ortiq bo‘lganlar” 2 – deya tasvirlaydi. Bunday zulmlardan sabr kosasi to‘lgan xalq tez-tez bosh ko‘tarib turgan. Olloqulixon davriga kelib bu holat kuchayadi. Ularning eng mashurlaridan biri 1242 (1826/1827) yilda sodir bo‘lgan Oydo‘stbiy boshchiligidagi qoraqalpoq xalq harakati edi. Xiva xonligining qo‘shni xalqlarga nisbatan yuritgan siyosatini P.P.Ivanov qoraqalpoqlarga bag‘ishlangan ocherkida quyidagicha eslaydi. “Xiva xonligining ta’sir doirasi uning qo‘shni qozoq va qoraqalpoq xalqlariga qilgan bosimida namoyon bo‘ladi. Ulardan qoraqalpoqlar XVIII asrning 1-yarmidanoq iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli tez-tez Xiva ta’siriga tushib qolar edi. XIX asr boshiga kelib esa ularning katta hududlari allaqachon Xiva tarkibiga kirib bo‘lgan edi” 3 . Ogahiy “Riyoz ud-davla” asarida xon qo‘shinlari ham qo‘zg‘olonchilar o‘rtasidagi jangni tasvirlarekan shunday deydi: “…davroni inqilobnishon ichida ko‘p voqe’ bo‘lmushdurkim, oz dushman ittifoqidin ofati sahim va kichik g‘anim imondin mehnati adim paydo bo‘lub nabard arsasida farzindek kaj hiromlik bilan ot surib, ulug‘ shohlarni piyodalik martabasiga tushirib motlig‘ sarhadig‘a yetkurubdurlar” 4 . Bundan ko‘rinib turibdiki, Ogahiy qo‘zg‘olon harakatini haq deb bilgan va ularga hayrixohlik bildirgan. Bu holat uning quyidagi misralarda namoyon bo‘ladi: Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling