Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон республикаси гендер тенглиги комиссияси
OILA VA OILAVIY TARBIYADA O`ZBEK XALQ PEDAGOGIKASI
Download 3.58 Mb.
|
{28.09.2022. Халқаро
OILA VA OILAVIY TARBIYADA O`ZBEK XALQ PEDAGOGIKASI
B.Mirzararaximov Farg’ona davlat universiteti katta o’qituvchisi(PhD) Yangi tuzilgan besh jildlik «Uzbek tilining izohli lug’ati» uchinchi kitobida ham bu so`zning arabchaligi ta`kidlanib, uning besh ma`nosi farqlanadi. Dastlabki va bosh ma`nosi: «Er-xotin, ularning bola-chakalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon». Ko`chma ma`nosi: "Bir maqsad, maslak bilan birlashgan ko`p kishilar, xalqlar, mamlakatlar». Uchinchi ma`nosi: «Usimliklar va hayvonlar sistematikasida tuzilishi jihatidan bir-biriga o`xshash, kelib chiqish jihatidan ham o`zaro yaqin bir necha urug’ni o`z ichiga olgan guruh: Dukkaklilar oilasi. Urdaktumshuqlilar oilasi». To`rtinchi ma`nosi: «Qardosh tillar guruhi: Oltoy tillar oilasi. Som-kom tillar oilasi». Beshinchi ma`nosi jonli so`zlashuv tilida: «Rafika, xotin. Oilam maktabda o`qituvchi». Garchi dastlabki ikki tomlik izohli lug’atda ixcham, keyingisida nisbatan keng va batafsilroq izohlangan bo`lsa-da, ikkala izoxda ham so`zdagi ma`no yuki onalik bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi etarli ifodalanmagan. Bu jihatdan M.Fasmerning «Rus tilining etimologik lug’ati»da bu so`zga bergan izohi ajralib turadi. U «sem’ya» so`zi ukraincha «xotin» ma`nosini anglatuvchi «Sam’tsa» so`zidan kelib chikqan bo`lib, aslida "urg’ochi-samets" ma`nosini anglatganini, nihoyat er va xotin ko`shiluvi asosidagi birlashuvini anglata boshlaganini kayd etadi. Arabchada xotin «zavja» deyilib, uning erkak bilan qo`shiluvidan bola-chaqa olamga kelib, ayolmandlik yuzaga kelgan, binobarin, oila shakllangan. Aftidan oilaning ibtidoiy ko`rinishlari sanaluvchi qon-kardosh oila, undan keyingi bosqichda esa punalual oila, ya`ni bir guruhga mansub opa-singillarning boshqa jamoa guruhidagi erlarga xotinlik kiladigan oila dastlab oildan iborat demografik birliknigina anglatgan ko`rinadi. Kishilik jamiyatining ilk ibtidoiy boskichidagi poligam oiladan monogam oilaga o`tish jarayonida yuzaga kelgan endogamik nikoh, ya`ni ibtidoiy urug’chilik tuzumida qabila ichidagi guruhiy nikoxdan - bir qabilaga mansub erkak va ayol nikohidan chetlanish, anikrog’i, o`zga qabila kizi bilan nikoxlanishga asoslangan ekzogamik nikohga o`tish insoniyatda nomus to`yg’usini anglash naqadar uzok davom etgan jarayon bo`lganini ko`rsatadi. «Oilaning kelib chiqishi xali batamom oydinlashtirilgan emas, - deb yoziladi «Filosofiya lug’ati»da. - Mutaxassislarning aksariyati ibtidoiy jamoa tuzumining avvalida tartibsiz jinsiy aloqalar hukm surgan va u vaqtda oila hali bo`lmagan, bu aloqalar o`rnini gruppaviy nikoh egallagan, so`ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy formasi sifatida juft oila paydo bo`lgan, deb hisoblashda davom etmoqdalar. YAngi tadkikotlar bir kancha olimlarni eng avval boshdan juft oila mavjud edi, bu oila er va xotin urugi bazasida (otalik davri, onalik davri) yashagan va qarindoshlikni ota tomondan ham, ona tomondan ham hisoblab borgan, degan xulosaga olib keldi». Aftidan bu qarash kay bir nuqtada Odam Ato va Momo Havolarning ilk oila bunyodkorlari bo`lganliklariga oid islomiy aqidalarga hamoxang fikr uygotadi. Birok «jamoa va urug’ning rivojlanishi va buzilishi juft oilaning avvalida kattakon ota (patriarxal) oilasiga, keyin esa monogamiyaga (yakka nikohlikka) asoslangan kichikroq ota oilasiga ham aylanishini belgilagan. Monogamiyaning karor topishi bilan ayollar erkaklar tomonidan asoratga olingan. Ayol asta-sekin o`z eri - xo`jayinining mulkiga, quliga aylana bordi. Boylik orttirish va uni konuniy vorislarga berish oilaning asosiy maqsadi bo`lib qoladi». Ko`rinaetirki, oilaning paydo bo`lishida onalik muhim rol’ o`ynagan, xuddi shu mantikka asoslanib, oila so`zi yukoridagi izoxda ko`ringanidek, xilma-kil ma`nolar kasb eta borgan, Aytaylik, nabototshunoslikka taalluqli kovoqdoshlar, boshokdoshlar, loladoshlar, koqidoshlar yoki zoologiyaga xos qarg’asimonlar, ayiqsimonlar, mushksimonlar, o`rdaksimonlar singari biologik oilaviy guruhlarni ham anglata boshlagan. SHu tarika oila nainki tarixiy-ijtimoiy kategoriya, balki biologik sistematik kategoriyani anglatuvchi ma`nolarni ham kasb eta borgan. Oila tarixiy kategoriya sifatida «kishilarning tabiiy-biologik (jinsiy munosabatlar, bola tug’ish), iktisodiy (mulkiy munosabatlar, uy-ro`zg’orni boshqarish), huquqiy (masalan, nikoxni davlat yo`li bilan qayd etish), ma`naviy (er-xotin, ota-ona va bolalar o`rtasidagi mehr-muhabbat to`yg’usi va boshqalar) munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi» bo`lib, uning xilma-xil shakllari va ko`p qirrali vazifalari mavjud ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning tabiatiga, jamiyat ma`naviyati va madaniy taraqkiyotining darajasiga bog’liq holda yuzaga kelgan. Chindan-da, kishilik taraqqiyotining ilk bosqichlarida xali oila tushunchasi paydo bo`lmagan, lekin jinsiy ehtiyoj tufayli erkak va ayol juftlashuvi mavjud edi. Ammo boshda bu juftlashuv tanlov asosida emasdi, hatto nasl koldirish maqsadini ham ko`zlamas, shunchaki tasodifiy ehtiyojni qondirishga yo`naltirilgan edi. Bora-bora endogamiya va ekzogamiya munosabatlari qaror topa borishi natijasida dastlab muayyan urug’ yoki kabila a`zolari o`rtasidagi guruhiy nikohga asoslangan endogamik oila tipi yuzaga keldi. Hozirga qadar ham bunday nikohning izlarini intsest, sarorat, levirat va poligamik oilalarda kuzatish mumkin. CHunonchi, intsest oila otaning o`z kizi va aksincha onaning o`z o`g’li bilan, sarorat oila akaning o`z singlisi va ukaning o`z opasi bilan qurgan g’ayrishar`iy oilalarida ham, levirat oila - beva xotinning o`z kaynog’asiga, ya`ni vafot etgan erining akasi yoki ukasiga va aksincha o`lgan xotinning opasi yoki singlisiga uylanish, boshqa bir holda bir ayolga barcha aka-ukalarning erlik qilishi ko`p erlik negizidagi oila ham («Maxobxorat»da besh aka-ukaning bir ayolga uylanganligini eslang), poligamik oila - bir vaqtning o`zida 2 tadan yuztagacha va undan ziyod xotinga erlik kilish - ko`p xotinlikka asoslangan oila ham, qolaversa, endogamik oila — muayyan urug’ yo kabila a`zolari o`rtasidagi nikohga asoslangan oila hamda ibtidoiy o`tmishda o`lgan xotin o`rniga begona ayolga uylanish negizida yuzaga kelgan panalual oila tiplarida ham ko`rish mumkin. Holbuki, bu xildagi g’ayrishar`iy jinsiy aloqa harom sanalgani bois Qur`oni karimning’ Niso surasidagi 22 va 23 -oyatlarda shunday shar`iy xukm buyurilgan: «22. Otalaringiz uylangan xotinlarni nikohingizga olmang! Magar ilgari o`tgan bo`lsa, (uylangan bo`lsangiz, Olloh avf etar). Albatta, bu xunuk va jirkanch bo`lg’an yomon qiliqdir. 23. Sizlar uchun onalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emishgan opa-singillaringiz, jinsiy aloqada bo`lgan xotinlaring’izning tarbiyang’izda bo`lgan qizlari (mana shu sanab o`tilgan ayollarga uylanish harom qilindi) - agar xotinlaringiz bilan jinsiy alokada bo`lmagan bo`lsangiz (ularni taloq qilgandan keyin avvalg’i erlaridan tug’ilgan qizlarga uylansang’iz sizlar uchun gunox yo`qdir. YAna o`z pushti kamaringizdan bo`lgan o`g’illaringizning xotinlariga (uylanishingiz) hamda opa-singilni jamlashlaringiz (ya`ni birini taloq kilmay turib boshqasiga uylanishlaringiz harom qilindi). Magar ilgari o`tgan bo`lsa (Alloh avf etar). Albatta Olloh mag’firatli va mexribon bo`lgan zotdir». SHunga qaramay, hanuzgacha ahyon-ahyon bo`lsa-da uchrab turuvchi ko`sh xotinlilik, aka-ukalar, opa-singillar, uka-opalar, shuningdek, ammalar, xolalar, tog’a va amakilar doirasidagi o`zaro kuda-andachilik zamirida endogam va ekzogam oilaga xos asoratlar davom etayotgani achinarlidir, albattta. ИҚТИДОРЛИ ТАЛАБА ҚИЗЛАРНИ МАҚСАДЛИ ТАЙЁРЛАШНИНГ ОМИЛЛАРИ Эркабоева Нигора Шерматовна Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling