Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон республикаси гендер тенглиги комиссияси
Download 3.58 Mb.
|
{28.09.2022. Халқаро
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QUVCHILARDA GENDER TENGLIKNI TAʼMINLASHGA DOIR BILIMLARNI TAKOMILLASHTIRISHDA OILA, MAHALLA VA MAKTAB HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARINI ISHLAB CHIQLISHI
- Kalit so’zlar: gender, ijtimoiy himoya, oila, mahalla, maktab
- O‘quvchilarda gender tenglikni taʼminlashga doir bilimlarni takomillashtirishda a
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙҲАТИ
1. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Ижтимоий одоблар. –Т.: HILOL-NASR нашриёти. 2018. –Б. 358 2. Ўзбек Миллий Энциклопедияси. –Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти. 9-том. 2005. –Б. 35 3. Ўзбек Миллий энциклопедияси. –Т.: Ўзбек миллий энциклопедияси давлат илмий нашриёти. 6-том. 2003. –Б. 378 4. Ўзбек Миллий энциклопедияси. –Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти. 5-том. 2003. –Б. 555 Манбалар 1. Девон ҳозирги кунда Ўзбекистон ФА Шарқшунослик институти фондида сақланади. ИНВ. № 4132 2. Ўзбекистон ФА Шарқшунослик институти фонди. ИНВ. № 7766 3. Иброҳим Даврон. “Аёлларнинг шеърлари”. ЎзР ФА Шарқшунослик тнститути, инв. № 16704 O‘QUVCHILARDA GENDER TENGLIKNI TAʼMINLASHGA DOIR BILIMLARNI TAKOMILLASHTIRISHDA OILA, MAHALLA VA MAKTAB HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARINI ISHLAB CHIQLISHI I.Yo’ldashev Farg’ona davlat universiteti dotsenti (PhD) Annotatsiya: maqolada o‘quvchilarda gender tenglikni taʼminlashga doir bilimlarni takomillashtirishda oila, mahalla va maktab hamkorligini rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqlishiga oid taklif va tvsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar: gender, ijtimoiy himoya, oila, mahalla, maktab, maʼnaviyat, umumiy o‘rta taʼlim, Bugungi kunda O‘zbekistonda ta‘lim tizimida gender tenglikni taʼminlashga doir bilimlarni takomillashtirishda oila, mahalla va maktab hamkorligini rivojlantirish masalasi ham davlat siyosatining muhim jihatini tashkil etmoqda. Bu Borada Xotin qizlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bo‘yicha BMTning ayollar kamsitilishiga barham berishga oid hujjatlari asosida qator huquqiy hujjatlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Bularda birinchi galda O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlash bo‘yicha mavjud muammolar ko‘rsatildi va ayni vaqtda xotin-qizlarning jamiyat ijtimoiy siyosiy-iqtisodiy hayotidagi faol ishtiroki tobora ortib borayotganligi, ayniqsa qishloq ayollarining ta‘lim va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishidagi ishtiroki o‘sib borayotganligi ko‘proq e‘tibor qaratilgan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki jamiyat hayotida gender roli va normasi ustuvorligining gender munosabatlariga taʼsiri jiddiy sezilib turadi. Buni biz mehnat va turli xizmatlar bozorida gender notengligida kuzatamiz. Ushbu notengliklarni bartaraf qilishda 2018 yil 2 fevralda eʼlon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu farmonda keltitilishicha o‘quvchilarda gender tenglikni taʼminlashga doir bilimlarni takomillashtirishda oila, mahalla va maktab hamkorligini rivojlantirish quyidagi vazifalarga ko‘proq e‘tibor qaratilishi kerak: - «Men ham yetakchi bo‘laman» mavzusida 16 yoshdan 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy faol va uyushmagan qizlarning turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan rahbar ayollar bilan uchrashuvini tashkil etish; - «Ilm-fan kelajak poydevori» shiori ostida «Oilam kitob o‘qiydi» aksiyasini tashkil etish; - yosh xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli kasb-hunarlar bo‘yicha «Kim nimaga qodir?» mahorat darslarini tashkil etish; - «Sog‘lom turmush tarzi» aksiyasi (sport musobaqalari)ni tashkil etish etish. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishi va boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, ularning siyosiy huquqlarini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani tufayli ularning jamiyatdagi tutgan o‘rni yuksaldi. Biz o‘rganayotgan tadqiqot ishi yosh doirasi asosan maktab o‘quvchilari xisoblanib, 18 yoshgacha bo‘lgan yosh xotin-qizlar davri xisobga olingan. Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini, yaʼni 29 foizini 14 yoshgacha, 28 foizini 15-30 yoshlilar, 21 foizini 31-45 yoshlilar, 15 foizini 46- 60 yoshlilar, 7 foizini 60 yoshdan katta xotin-qizlar tashkil etadi.[1] O‘quvchilarda gender tenglikni taʼminlashga doir bilimlarni takomillashtirishda asosiy qonunimiz - Konstitutsiyada xotin-qizlarning barcha sohalarda teng huquqli ekanligiga oid ma‘lumotlar v abilimlarni doim berib boorish muhim ahamiyatga egadir. Hukumat tomonidan chiqarilayotgan qaror va farmoyishlarda ayollar, oilalar, farzandlar manfaati hamisha ustuvor bo‘lib kelmoqda. Bu saʼy-harakatlar ayollarning jamiyat hayotida faolligi orqali o‘z ifodasini topayotir. Xotin-qizlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda eʼtibor kuchaytirilayotganligining yana boshqa jihatlari ham bor. Xususan, ularning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, iqtisodiy faoliyatni keng yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish masalalari davlatning muhim maqsadlari qatoridan joy oldi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar taʼlim va tarbiyaga eʼtiborning kuchaytirilishi bilan yana-da mustahkamlandi. Yurtimiz ravnaqi, farzandlarimizning, xususan qizlarimizning bilimli, har jihatdan barkamol bo‘lib ulg‘ayishida, jamiyatimizning maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yuksalishida xotin qizlarimizning hissasi kattadir. Yuksak maʼnaviyatli va maʼrifatli, namunali odobi va tarbiyasi bilan eʼtirof etilgan onalarimizning izdoshlari bugun davlat va jamiyat qurilishida, ishlab chiqarishda, ilm-fan, madaniyat, tibbiyot, taʼlim va hatto harbiy sohada xizmat olib bormoqdalar. Yurtimizda o‘quvchilarda gender tenglikni taʼminlashga doir bilimlarni takomillashtirishda xotin-qizlarning mavqeini yana-da yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda ularning bilimlarini kuchaytirish uchun yana-da kengroq shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda. Mamlakatimizda o‘quvchilarda gender tenglikni taʼminlashga doir bilimlarni yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda ular faolligini taʼminlashning asosiy omili taʼlim va tarbiya uyg‘unligi bo‘lib, uning quyidagi bosqichlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: - oilada ota-onalar tomonidan farzandlarga tarbiya berish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar qatorida, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar xususida tushunchalar berib borish; - maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilar mamlakat siyosiy xayotining bo‘lajak ishtirokchilari ekanligi xissini uyg‘otuvchi uslublarning zamonaviy vositalaridan foydalanish; - umumiy o‘rta taʼlim maktab o‘quvchilariga ijtimoiy-siyosiy bilimlarga bo‘lgan ehtiyojini oshirishga yo‘naltirilgan fanlardan taʼlim berish; - oliy taʼlim va undan keyingi bosqichlarda siyosiy va huquqiy madaniyatni tadqiq etishga oid ilmiy-nazariy va amaliy faoliyatga rag‘bat berish, bunda taʼlim muassasalari va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish; - yosh qizlarning maʼnaviy dunyoqarashini shakllantirishda madaniyat obyektlari (kino, teatr, muzey va h.k.) bilan cheklanib qolmasdan, ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda ularning ishtirokini taʼminlash, ushbu yo‘nalishlardagi munozara-debatlardagi faolligini oshirish; - mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda xotinqizlarning faol ishtirokini taʼminlash, yosh qizlarning jamiyatda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish ham ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarimizning asosini tashkil etadi. Xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ham roli katta. Chunki, nodavlat xarakterdagi, turli guruhlar va qatlamlar manfaatlarini ifodalaydigan jamoat tashkilotlari bugungi kunda zamonaviy fuqarolik jamiyatining muhim instituti eʼtirof etilgan. Bunday tashkilotlarga xotin-qizlarni keng jalb etish orqali ularning huquq va erkinliklarini taʼminlashga erishiladi, shu bilan birga davlat va jamiyat boshqaruvida bevosita va bilvosita ishtiroki taʼminlanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim-tarbiya sohalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarni ikki yo‘nalishga ajratish mumkin. Zero, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan xodimlarning 72 % ini xotin-qizlar tashkil etadi. Birinchi yo‘nalish - taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ijtimoiy siyosiy faolligini yana-da oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash ishlarini yana-da takomillashtirish bo‘lib, ushbu yo‘nalish mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifani taʼlim muassasalarida boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yana-da kuchaytirish orqali amalga oshirish mumkin. Xususan, taʼlim muassasalarida xotin-qizlarning iqtisodiy va huquqiy bilimlarini oshirishga eʼtibor qaratish, xuquqbuzarlik va jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, o‘qituvchilarning kiyinish madaniyatiga va odob-ahloq meʼyorlariga rioya etishlarini taʼminlash ham bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ikkinchi yo‘nalish – gender tenglikni taʼminlashga doir bilimlarni oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish. Taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan qizlar bilan ishlashdan iborat bo‘lib, ushbu yo‘nalish vazifalarni o‘z ichiga oladi: - joylarda Ota-onalar universitetlarini faoliyatini kuchaytirish orqali, taʼlim muassasasi-oila-mahalla hamkorligini quyidagi tashkil etish, bunda, mahallalardagi xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar faolligini oshirish: - Qizlarjon klublari orqali taʼlim muassasalaridagi o‘quvchi qizlarni faolligini oshirish va ularni turli hil to‘garaklarga jalb etgan holda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish; -o‘quvchilarni huquqiy bilimlarini oshirish, bunda, ularning turmush qurishdagi haq-huquqlari, nikoh shartnomasi, er-xotin o‘rtasidagi va boshqa oilaviy munosabat to‘g‘risida ko‘nikmalarini shakllantirish: - tegishli dars soatlarida yoshlarni hayotga tayyorlash, bunda, hayotiy bilimi, kasb egallashi, oilaga tayyorligi masalalariga alohida eʼtibor qaratish: - taʼlim muassasalarida psixologlar xizmatini sifatli tashkil etish, bunda, kadrlarga eʼtibor qaratish, psixologik testlar o‘tkazish. Maʼlumot uchun shuni taʼkidlab o‘tish joizki, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim muassasalarida, ulardagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab: 250 nafargacha – 1 ta shtat; 250 nafardan 800 nafargacha – 1,5 ta shtat; 800 nafardan 1600 nafargacha – 2 ta shtat; 1600 nafardan 3000 nafargacha – 2,5 ta shtat; 3000 nafar va undan ortiq – 3 ta shtat birligida psixolog shtati joriy etildi.[2] Bugungi kunda asosan yoshlar tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlarning oqibati bilan ishlab qolinayotganligi, yoshlar bilan ishlash, ularni hayotga tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlar yetarli darajada tashkil qilinmaganligi yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biridir. Mamlakatimizda bola tug‘ilishidan to oilaviy munosabatga kirishishgacha bo‘lgan davrda ularning taʼlim-tarbiyasi bilan ishlaydigan mustahkam tizim yaratilgan. Yaʼni, tibbiyot xodimlari bola tug‘ilganidan uning sog‘ligi borasida qayg‘ursa, bog‘cha, maktab, kollej, oliy taʼlim muassasalari mahalla bilan birga, ularning bilim va tarbiya olishiga hamda kasb egallashiga ko‘maklashadi. Lekin, yoshlarni hayotga tayyorlash bo‘yicha yaratilgan ushbu tizim bilan jamoatchilik tashkilotlari o‘rtasida uzviy hamkorlik, yagona yondashuv tizimining yo‘qligi muammoning asosiy ildizini tashkil etadi. Shu sababli, mazkur yo‘nalishda, birinchi navbatda, yoshlarni hayotga tayyorlash bo‘yicha yagona Konsepsiyani ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish eng asosiy dolzarb vazifalardan biri bo‘lsa, oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida ham manzilli ishlashni tashkil etish, ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalarni aniqlab olish va ularning muammolarini keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda hal qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, - Oila markazi bilan hamkorlikda FHDYO organlariga turmush qurish uchun ariza bergan yoshlarni oilaviy munosabatlarga tayyorlash borasida qisqa o‘quvlar tashkil etishimiz, shuningdek taʼlim vazirliklari bilan hamkorlikda yoshlarni hayotga tayyorlash ishlarini tashkil etish, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Oila markazi bilan hamkorlikda nikohdan o‘tuvchi yoshlarni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini taʼminlash va xotinqizlar o‘rtasida reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, skrining tekshiruvlarining afzalliklarini targ‘ib qilishga qaratilgan choratadbirlarni amalga oshirish zarur. Xulosa o‘rnida taʼlim muassasalarida taʼlim va tarbiya uyg‘unligini taʼminlash, yoshlar bilan ishlash, ularni hayotga tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil qilish bo‘yicha quyidagilarni tavsiya qilish mumkin: Avvalambor, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini, yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini talim muassasalarida keng targ‘ib etish zarur. Shuningdek, taʼlim muassasalarida “Qizlarjon” klublari faoliyatini tashkil etish orqali qizlarni axloqiy va estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek, oila va nikoh, reproduktiv salomatlik masalalari bo‘yicha to‘garaklarga keng jalb etish, respublikamizdagi iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarini mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish va ularni taʼlim muassasalaridagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlariga keng jalb etish ushbu sohada yaxshi samara beruvchi omillardandir. Taʼlim muassasalaridagi iqtidorli qizlarni ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish, ular tomonidan yaratilgan intellektual loyihalarni targ‘ib etish ishlariga ko‘maklashish, o‘quvchilarni bilim olishga, kitob mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, muomala va nutq madaniyatini shakllantirish, shuningdek, taʼlim 9 muassasalaridagi davomat bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etilishida ―Tengdosh tengdoshga o‘rnak‖ shiori ostida namunali o‘quvchilar faoliyatini targ‘ib qilish yosh qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘quvchilarni globallashuv sharoitidagi turli maʼnaviy tahdidlardan himoya qilish, ularda ommaviy madaniyat‖ tahdidlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot tashviqot ishlarini kuchaytirish, o‘quvchi qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni maʼnaviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash, kasbhunarga o‘rgatish, milliy urf-odat va anʼanalar ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Qizlarjon” klublari faoliyatini yana-da takomillashtirish, qizlarda olijanob axloqiy fazilatlar, yuksak maʼnaviyat va keng dunyoqarashni shakllantirish, ularni hayotga tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Xotin-qizlar Qizlar qo‘mitasi tomonidan yaratilgan «Qizlar kutubxonasi» turkumidagi «Faqat qizlar uchun» nomli ommabop risolalarning mobil ilovasini amaliyotga joriy qilish juda katta ahamiyatga egadir. Taʼlim muassasalarida taʼlim va tarbiya uyg‘unligi, yoshlarning iqtidori va istyedodini to‘laqonli namoyon qilishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlarni, anjuman va ko‘rgazmalarni tizimli tashkil etish, yoshlar orasida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatga doir yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish, OAVda yoshlar qiziqishlaridan kelib chiqib, yangicha ko‘rsatuvlar, eshittirishlar va rubrikalarni tashkil etish ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda xotin-qizlar faol ishtirokini taʼminlashning asosiy omillari bo‘lib hisoblanadi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling