Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети
- ma'ruza va amaliy mashg`ulot mavzusi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima nazariyasi va amaliyoti 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontekst va uning tarjimadagi ahamiyati
8 - ma'ruza va amaliy mashg`ulot mavzusi
Tarjimon maxorati, badiiy tarjima, tarjimada ekvivalеntlik REJA:
1. Kontekst va uning tarjimadagi ahamiyati 2. Leksik birliklar tarjimasi 3. Leksik transformatsiyalar
4. Muallif va tarjimon : til topish muammosi 5. Muqobili yo'q so'zlarni tarjima qilish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov aytganidek: “har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri turmush tarzi, ma‟naviy qarashlari o‟z-o‟zidan, bo‟sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarihiy, tabiiy va ijtimoiy omilar asos bo‟lishi hammamiz yahshi bilamiz. Masalan, Sharq olamida, jumladan, o‟zimizning O‟rta Osiyo sharoitida jamoa bo‟lib yashash tuyg‟usi goyat muhim ahamiyatga kasb etadi va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-birini qo‟llab-quvvatlab hayot kechirishga zamin tug‟diradi. G‟arb olamida esa odamlarning hayot tarzida jomoaviylikdan ko‟ra individualism, shaxsiy manfaat tamoyillari ustunlik qilishini kuzatish mumkin. Bu xam muayyan, ob‟ektiv ijtimoiy-tarihiy omillar tufayli shakllangan voqelik bo‟lib, uni ham inkor etib bo‟lmaydi”. 1
madaniyatida shakllanib kelayotgan ko‟hna ijodiy faoliyat sohalaridan biridir. Yer yuzining turli qit‟alari va mintaqalarida bir necha ming yildan buyin umrguzaronlik qilib kelayotgan odamzod nasllari o‟z ijodkorlik havaslari, qiziqishlari, imkoniyatlari, manfaatlarini tarjima vositasida ham namoyon qildi. O‟zbekiston-Xitoy do‟stona munosabatlari ayniqsa ta‟lim yo‟nalishida muvaffaqiyatli amalgam oshirilmoqda. Xitoy tilini o‟rganishga bo‟lgan qiziqish butun dunyoda o‟sib bormoqda. Buning sababi Xitoy iqtisodining to‟xtovsiz rivojlanayotganligidir. O‟zbekistonda xitoy madaniyati va tilini o‟rganishga qiziqish katta. Ma‟lumki, xitoy tili va madaniyatining tarixi eng qadimgi asrlarga borib taqaladi. Xitoy tili va madaniyatini o‟rganish, xitoy xalqining turmush tarsi, urf-odat va an‟analari bilan yaqinda tanishish, mazkur xalqning dunyoqarashi va falsafasini bilish va o‟rganishda adabiyotining hissasi katta. 1. Kontekst va uning tarjimadagi ahamiyati Muqobillar ma'nosi ko'p hollarda kontekstga bog'liq bo'ladi, ammo lug'atga murojaat qilish ham muhimdir. Tarjimada so'z ma'nolarini taxminiy tarjima qilishga yoi qo'yilmaydi. So'z va uning ma'nolarini tarjimon yaxshi bilishi yoki ularni lug'atdan topishi shart. Aks holda tarjimon "tarjimonning soxta do'stlari" tuzog'iga tushishi muqarrar. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, asliyatdagi so'zga qisman to'g'ri keladigan ekvivalentni topish ko'pincha tarjima qilishda muammo yaratadi. Bunday so'zlar
1 KarimovI.A. Yuksakma’naviyat-yengilmaskuch.-T.:’Ma’naviyat’, 2008.-B.7-8,10. odatda polisemantik, ya'ni ko'p ma'noli hisoblanadi. So'z ma'nosining qaysi biri qo‟llanilganini aniqlash tarjimonning birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Bunda tarjimonni adashishdan, noto'g'ri so'z tanlashdan saqlaydigan til hodisasi bu - kontekst hisoblanadi. Ko'chma ma'noda aytadigan bo'lsak, kontekst tarjimonning yolchi yulduzi, mayog'idir. Kontekst tarjimonning eng ishonarli quroli sanaladi. Tilshunoslikda odatda kontekstning ikki -lingvistik va ekstralingvistik turi mavjud. Lingvistik kontekst o'z navbatida ikki turga-keng va tor ma'nodagi kontekstlarga bo'linadi. Tor ma'nodagi kontekst ibora va gap doirasida, keng ma'nodagi kontekst iboradan katta bo'lgan birlik hamda butun bir matnni o'z ichiga olishi mumkin. Aksariyat hollarda so'z ma'nosi kichik kontekst doirasida aniqlanadi. O'z ma'nosida qo'llangan so'zlar va ko'chma ma'noda qo'llangan so'zlarni tarjima qilishning o'ziga xos xususiyatlari bor. Kontekstda odatda so'zlar o'z ma'nosida qollanmaganda, ya'ni ko'chma ma'noda qo'llanganda tarjima muammosi paydo bo'ladi. Ba'zi hollarda so'z ma'nosini to'liq anglash uchun butun bir gapni tushunishimiz lozim bo'ladi. Ko'p ma'noli so'zlardan keragini tanlashda kontekstning ahamiyati katta. Masalan, ingliz tilidagi "bus" so'zini olaylik. Bu so'z ot ma'nosida "avtobus yoki trolleybus" so'zining qisqargan shakli, fe'l ma'nosida esa faqat Amerika va Kanadada "bolalarni bir xududdan ikkinchi xududga avtobusda tashimoq" ma'nolariga ega. Bundan tashqari bu so'z talabalar oshxonasidagi lavhalarda ishlatilib, "o'z-o'ziga xizmat qilish, ya'ni patnisni olib, uni ishlatib bo'lgandan keyin bo'shagan idishlar bilan joyiga olib borib qo'ymoq" ma'nolariga ega. Ba'zan lingvistik kontekst ekstralingvistik omillar bilan juda yaqin aloqada bo'ladi. Lingvistik kontekst so'z ma'nosini to'liq yoritib bera olmagan paytda namoyon bo'ladi. Masalan, Bernard Shou qahramonlaridan biri shunday deydi: ... "He warns his interlocutor not to drive him too far, it is necessary to know that they are both sitting in the parlor and not in any vehicle". Ingliz tilidagi "to drive" fe'li bu yerda biror holatga keltirmoq ma'nosida qo'llangan. Gap neologizm haqida borganda ba'zan lingvistik kontekst ma'noni ochishda hech qanday ko'mak bera olmay qolishi mumkin. Neologizm, ya'ni yangi so'z yoki ibora, eski so'zning lug'atda ko'rsatilmagan yangi ma'nosi paydo bo'lganda tarjima tilida bu so'zning muqobil varianti bo'lmasligi mumkin. Masalan, XX asrning 80-yillarida AQSH gazetalarida "Reagangate" so'zi qo'llangan edi. Bu so'zning ma'nosini tushunish uchun 1972-74 yillarda "Watergate", Vashingtondagi bir xudud nomi bilan bog'liq siyosiy janjalni esga olish lozim bo'ladi. "Reagangate" AQSH prezidenti Ronald Reyganning davlatni boshqarishdagi ba'zi siyosiy usullarini ko'rsatuvchi faktlar bilan bog'liq bo'lgan tushuncha, yangi to'qilgan so'z bo'lgan. Bu so'z ma'nosini tushunishda ekstralingvistik kontekstga murojaat etish "Reagangate" bu - saylov
kompaniyasi davrida Ronald Reygan tomonidan qo'llanilgan g'irrom usul bo'lib, bu usuldan Nikson ham bir marta foydalangan. 2
tahlilidan boshlanadi va bu tarjimada tegishli va muqobil so'zni tanlash imkonini beradi. Turli kontekstlar manba til, ya'ni asliyatdagi qo'llangan so'z ma'nosini ochishda qo'l kelishi mumkin. So'z tanlashda muammo, asosan, tarjima tilida asliyatda qo'llangan so'zga qisman muqobilbo'ladigan so'z to'g'ri kelganda hamda muqobil so'zning o'zi yo'q bo'lganda yuzaga chiqadi. Muqobili yo'q so'zlarni tarjima qilish bir qator muammo yaratadi. Bu muammolarni ijobiy hai etish tarjimondan chuqur bilim, mahorat, hamda tarjima usullarini yaxshi bilishni taqazo etadi.
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling