Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarini shakllantirish jarayonining mazmuni va uni tanlash prinsipi


Download 0.72 Mb.
bet12/27
Sana10.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1087105
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
Elmurodov shahriyor 2 bob sa

2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarini shakllantirish jarayonining mazmuni va uni tanlash prinsipi


Mustaqil Respublikada jamiyat hayotining barcha sohalarida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Ushbu o‘zgarishlar ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, ekologik hamda ma’rifiy jihatdan rivojlanish va taraqqiy etishning milliy modeli sifatida e’tirof etilayotgan g‘oyalarga asoslangan, mazkur model o‘zida demokratik va insonparvarlik tamoyillarining ustuvorligi, huquqiy davlatni barpo etish ehtiyojining yuzaga kelganligi, ijtimoiy va ishlab chiqarish jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarning olib borilayotganligi bilan bog‘liq ravishda rivojlanmoqda. Davlat islohotlari doirasida xalq ta’limi tizimini takomillashtirish, yosh avlodda mustaqil fikrlash ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularda yuksak darajadagi ma’naviy-axloqiy sifatlarni qaror toptirish, malakali kadrlarni tayyorlash muammolarini ijobiy hal etilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni [7] mazmunida ilgari surilgan g‘oyalar uzluksiz ta’lim tizimini tubdan qayta shakllantirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakatning yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Mazkur hujjatlar mohiyatida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiii takomillashtirish, uni yangicha mazmun bilan boyitilishiga erishish, ushbu ta’lim muassasalariga, ekologik, psixologo-estetik tarbiyaviy bilimlarni chuqur egallagan, kasbiy mahorat va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarning jalb etilishiga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lish davrning o‘ta muhim talablaridan biri ekanligiga alohida urg‘u beriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarning ekologik dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy sifatlarining shakllanishida mazkur davr o‘ziga xos o‘rin tutadi. Tarbiyalanuvchi ham oila, ham maktabgacha ta’lim muassasasida ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish, ularning mazmuni borasidagi ilk bilimlar tizimini o‘zlashtirib, muayyan tushunchalarga ega bo‘ladilar. Tarbiyachilarning kasbiy mahorati va tajribasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilarida ekologik faoliyatni tashkil etishga nisbatan to‘g‘ri yondashish, bu borada ma’lum darajada mas’uliyatni his etish, tabiat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, kundalik rejimga qat’iy rioya qilish, tengdoshlari bilan o‘zaro o‘rtoq va do‘st bo‘lish, do‘stlikni qadrlash, turli yo‘nalish va mazmundagi interfaolli, harakatli o‘yinlarni tashkil etishda ma’lum qoidalarga amal qilish, xususan, halollik, intizom, belgilangan tartibga rioya etish, o‘rtoqlarni qo‘llab-quvvatlay olish, hayvonot olamini e’zozlash, to‘g‘ri so‘zlay olishga oid xislatlarni qaror topishiga zamin yaratiladi.
Zamonaviy talablarga ko‘ra bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi yo‘nalishlarda tarbiyalanuvchilarga dastlabki ilmiy bilimlar mohiyatini anglatishga ham e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ijtimoiy-huquqiy, axloqiy mazmundagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida qo‘l keluvchi bilimlar, turli mahsulotlar, jihozlar va buyumlarning qiymati va sofligini belgilay olish imkoniyatini beruvchi iqtisodiy bilimlar, shuningdek atrof-muhit, tabiat bilan inson o‘rtasida kechadigan munosabatlarni anglash jarayonida dasturilamal bo‘lib xizmat qiluvchi hayvonot olamiga oid bilimlarni berishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilardan zamonaviy bilim asoslarini chuqur egallash, amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlarini talab etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarini zamonaviy bilimlar, xususan, yangi pedagogik texnologiyalar asoslari bilan qurollantirish shu kunning talabi. So‘nggi vaqtlarda mazkur yo‘nalish bo‘yicha bir qator ilmiy-metodik ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachilarini yangi pedagogik texnologiya nazariyasi asoslari to‘g‘risidagi bilimlar bilan qurollantirish, ularda mashg‘ulotlarni olib borish jarayonida axborot texnologiyalar xizmatidan foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, faoliyatni tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvni qaror toptirish maqsadida seminar treninglarning tashkil etilishi ushbu soha xodimlari oldida turgan asosiy vazifalarning ijobiy yechimini ta’minlash yo‘lidagi samarali qadamdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tarbiyani shakllantirishda hayvonot olamidan foydalanish aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonni tashkil etishdan ko‘zlangan bosh maqsad Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarda maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida axloqiy tarbiyani tarkib toptirish; hayvonot olamidan foydalanish borasidagi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Buning uchun quyidagi vazifalarni hal etish talab etiladi:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyachilar tomonidan axloqiy tarbiyaning dolzarbligi hamda ijtimoiy ahamiyatining chuqur anglanishiga erishish.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasi mazmunida hayvonot olamiga oid ma’lumotlar mohiyatidan xabardor bo‘lishlari uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratish.
3. Tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini shakllantirishda foydalanish mumkin bo‘lgan hayvonot olamiga oid ma’lumotlarni bera oluvchi imkoniyatlar bilan qurollantirish.


  1. 1 4-
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tarbiyani shakllantirishda hayvonot olamidan foydalanish.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarida maktabgacha yoshdagi bolalarda hayvonot olami axloqiy tarbiya tashkil etish jarayonida foydalanishga nisbatan ijodiy yondoshuvni qaror toptirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda hayvonot olamidan foydalanish jarayonining samarali kechishi uchun quyidagi vazifani belgilash:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining bolalarda axloqiy tarbiyani tarkib toptiradigan hayvonot dunyosidan xabardor bo‘lishlari.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining bolalarda axloqiy faoliyatlarini tashkil etish borasidagi g‘oyalarni ifoda etuvchi an’analarni aniklay olish layoqatiga egaliklari.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari tomonidan hayvonot dunyosi asosida maktabgacha yoshidagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishga yo‘naltirilgan faoliyat rejasi va loyihasini ishlab chiqilishiga erishish.

  1. Tarbiyachilarning hayvonot olami asosida maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini keng ko‘lamda izchil va uzluksiz ravishda tashkil etishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlarning yarata olishlari.

  2. Tarbiyachilarning xalq an’analari asosida maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini keng ko‘lamda izchil va uzluksiz ravishda tashkil etishlari.

  3. Tarbiyachilarning hayvonot olami asosida maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishga xizmat qiluvchi seminar treninglar samaradorligini doimiy ravishda o‘rganib borishlari.

7. Hayvonot olami bilan tanishtirish asosida maktabgacha yoshidagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishga yo‘naltirilgan faoliyat rejasi va loyihasini yanada takomillashtirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarida hayvonot olami bilan tanishtirish asosida maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalar darajasi quyidagi mezonlarga ko‘ra aniqlanadi:
1. Tarbiyachilar tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanish borasidagi pedagogik ehtiyojning his etilishi.
2. Tarbiyachilarning hayvonot olamiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishlari.
3. Tarbiyachilarda hayvonot olami asosida maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarining shakllanganlik darajasi.
4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarini shakllantirishda hayvonot olamidan foydalanishga nisbatan ijodiy yondashuvlar darajasi.
Tadqiqot ishini samarali tashkil etishda quyidagi tamoyillarning ustuvor o‘rin tutishi maqsadga muvofikdir:
1. Didaktik maqsadning aniqligi.
2. Mashg‘ulotlarning uzluksiz, izchil, tizimli hamda maqsadga muvofiq ravishda tashkil etilishi.
3. Bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda ta’lim va tarbiya birligi.

  1. Mavjud sharoit hamda sub’ektlarning axloqiy faoliyatga nisbatan yondashuvlariga e’tibor qaratish.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh psixologik va fiziologik xususiyatlarini inobatga olish.

  3. Maktab yoshidagi bolalarning shaxsiy layoqat va qobiliyatlarini faol namoyish etishlari.

7. Maktabgacha ta’lim muassasasi, oila, mahalla hamda jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni qaror toptirish.

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarning dialektik hamda dinamik xususiyat kasb etishi.

  2. Maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarning demokratik va insonparvarlik g‘oyalari asosida yo‘lga qo‘yilishi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanish quyidagi omillar asosida ijobiy kechadi:
1. Ob’ektiv omil (shart-sharoitlar):
a) maktabgacha ta’lim muassasasida maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanish uchun yetarli shart-sharoitning yaratilganligi (jonli burchaklar baliqchilik, to‘garaklarning mavjudligi);
b) mashg‘ulotlar jarayonining zamonaviy texnik jihozlar hamda axborot texnologiyalari bilan qurollantirilganligi;
v) Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanishga oid maxsus adabiyotlar (o‘quv qo‘llanmalari, metodik tavsiyanomalar, ko‘rsatmali qurollar, albomlar, turli maketlar, xom-ashyolar va ish qurollari) bilan ta’minlanganlik darajasi.
2. Sub’ektlar tomonidan bildirilayotgan munosabat (sub’ektiv omillar):
a) Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilar tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanish ijtimoiy zaruriyat ekanligining anglab yetilishi;
b) Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbariyati tomonidan bu borada yetarli shart-sharoit yaratib berilayotganligi;
v) tarbiyachilar tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etish jarayonida hayvonot olamidan foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganligi;
g) Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanishga yo‘naltirilgan faoliyat mohiyatidan xabardor ekanliklari;
d) Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarida maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanish ko‘nikmalarining mavjudligi;
j) Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanish borasida tajribalarning to‘planib umumlashtirilganligi.
z) Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanishga nisbatan ijodiy yondashuvlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etishda foydalanishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi ijobiy samara bera olishi tadqiqot jarayonida aniqlandi.
Yangi pedagogik texnologiya nazariyasining mohiyatini o‘rganish, bu borada yaratilgan manbalar mazmuni bilan tanishish asosida maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida hayvonot olamidan foydalanishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuvning mohiyati quyidagi holatlarni aks ettiradi;
1. Maqsadning aniq belgilanishi (shuningdek umumiy maqsad doirasida xususiy maqsadlarning to‘g‘ri belgilanishi).
2. Ta’lim jarayonida hayvonot olamidan foydalanish vazifalarining to‘g‘ri qo‘yilishi.
3. Hayvonot olamiga oid bilimlarni ilmiy-metodik jihatdan maqsadga muvofiq ravishda to‘g‘ri tanlanishi.
4. Axloqiy mazmundagi mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llaniluvchi va samaradorligi yuqori bo‘lgan metodlarning belgilangan vazifalarning amalga oshishi uchun xizmag qilishi.

  1. Samarali vositalarning ilmiy–metodik jihatdan to‘g‘ri tanlanganligi.

  2. Mashg‘ulotlarning faol sub’ektlari bo‘lgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hayvonot olami vositasida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonidagi roli va vazifalarining aniqligi.

7. Hayvonot olamini o‘rganishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar jarayonining samarali kechishi.
8. Tarbiyalanuvchilar faoliyati va uning samaradorligini aniqlashga yo‘naltirilgan nazorat shakli va metodlarining maqsadga muvofiq tanlanganligi.
9. Maqsadning hayvonot dunyosini o‘rganish nuqtai nazaridan ilmiy-amaliy jihatdan to‘g‘ri natijalanganligi.
Mazkur yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etish jarayonida hayvonot olamidan foydalanish ko‘zlangan axloqiy maqsadga erishishni kafolatlaydi.
Ana shu fikrlarga tayangan holda quyidagicha xulosaga kelish mumkin: maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etish jarayonida hayvonot olamidan foydalanishga yo‘naltirilgan faoliyat mazmunining ilmiy-amaliy jihatdan, bolaning qiziqishi, yosh xususiyatiga mos holda ishlab chiqilishi, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu yo‘nalishda amaliy faoliyatlarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi va uniig samarali kechishini ta’minlaydi; Bolalarni tabiat atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasini tashkil etish jarayonida hayvonot olamidan foydalanishga yo‘naltirilgan faoliyatning nazariy asoslarini ishlab chiqish o‘z navbatida ushbu faoliyatning amaliy asoslarini yaratishni taqozo etadi.
Tadqiqot jarayonida masalaning bu jihatiga ham e’tibor qaratdildi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling