Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


II BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarini shakllantirish mazmuni va metodikasi


Download 0.72 Mb.
bet11/27
Sana10.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1087105
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
Elmurodov shahriyor 2 bob sa

II BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish orqali axloqiy sifatlarini shakllantirish mazmuni va metodikasi


2.1. Tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyatning hayvonot olamiga bo‘lgan munosabatlari


Tarixiy – metod jonli tabiatning jarayonlarini, organik dunyoning hozirgi holati va o‘tmishga taaluqli ma’lumotlar asosida bilishga imkon beradi.
Inson g‘or va chaylalarda yashab o‘zlarining kundalik ehtiyojlari uchun yovvoyi hayvonlarni ovlab tirikchilik qilib yurgan davrlardayoq boshlangan, chunki u vaqtlarda hali o‘q – yoy ham mavjud bo‘lmagan. Shu sababli ham o‘sha davrlarda qaysi hayvonning go‘shti afzalligi, uni qaerdan topish va ovlash zaruriy ko‘nikmasi yuzaga kela boshlagan. U avval tosh va boshqa pareolarga belgi qo‘yish shaklida ifodalash metodi tarzida vujudga kela boshlaydi. Davrlar o‘tishi bilan bunday ifodali tasvirlar shakllanib, ov manzaralari, ovlanadigan hayvonlar va o‘simliklar shakllarini toshga o‘yib avlodlar mulki sifatida kelgusi avlodlarga meros qilib qoldirgan.
Jamiyat taraqqiyoti rivojlangan sari uning murakkab jarayonlarini yengillashtirish omillari ham vujudga kela boshlagan. Mana shunday omillardan biri yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish va is’temolbop o‘simliklar urug‘ini ko‘paytirish usuli bo‘lgan.
Bu esa o‘z navbatida chorvachilik va dehqonchilik, hunarmandchilik va ibtidoiy san’at kurtaklarini vujudga keltirgan.
Inson hayot kechirish zaruriyati omili bo‘lib, hunarmandchilik yuzaga kela boshlagan dastlabki davrlarda tosh, usuli bo‘ yog‘ochdan foydalanib hayvonlarni ovlash va tirikchilik qilish, ular mahsulotlaridan esa zaruriy buyumlar yasash maqsadida foydalanilgan, bu esa o‘z navbatida dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga olib keladi.
Insoniyatni mana shu singari dastlabki faoliyati o‘z navbatida kundalik tirikchiliklarni qandaydir belgilar yordamida ifodalab, bu san’atni kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida hunar va mehnat jarayonlarini, hunarmandchilik asboblari va mahsulotlarini izohlash ramzi tarzida ilk yozuv belgilari vujudga kelgan.
Miloddan ming yillar avval dastlabki yozuvlar tarzida orom xati, so‘ng sug‘u. Baqtriya va Urxun - Yenisey yozuvlari vujudga keldi. Keyinchalik dastlabki yozuvlar muttasil o‘zgarib, takomillashib boradi. Shu bilan birga tabiat, borliq, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqidagi kuzatishlar kengaya chuqurlasha bordi va tabiiyot fanlari, u o‘rganayotgan jarayonlar va hodisalar haqidagi tushunchalar ham takomillasha boshlaydi.
O‘rta Osiyo tabiiyot fanlari tarixi uzoq o‘tmishga ega bo‘lib, u qoyatosh suratlaridan, to olimlarning tabiatni o‘rganishga bag‘ishlangan murakkab yo‘lni bosib o‘tish jarayonida takomillasha borgan.
Qadimda O‘rta Osiyoda odamlar yashagan manzilgohlar ko‘p bo‘lib, ibtidoiy jamiyatni kishisi o‘zi yashagan joylarda o‘zidan ko‘plab yodgorliklar qoldirgan. Bunday yodgorliklarga qoyatoshlarga ishlangan, ibtidoiy odam mehnatini, tabiat manzaralari, podalar, karvonlar, yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarni tasvirlovchi suratlarni kiritish mumkin. Qoyatoshga ishlangan suratlarda ibtidoiy odam bevosita o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va muloqotda bo‘lgan hayvon va o‘simliklarning tasviri haqqoniy mahorat va did bilan aks ettirilgan.
Qoyatoshlarga tushirilgan suratlar O‘rta Osiyoda bir vaqtlar yashagan. Hozir esa uchramaydigan yoki kamayib ketgan hayvonlarning tasvirini bizgacha yetkazib keldi. Mana shunday noyob hayvon turlaridan yo‘lbars, kiyik, ohu, qulon va yovvoyi ot kabilardir. Bular Sherobod vodiysidagi Zaravut (soy) darasi qoyatoshlariga ishlangan, sovutli ovchilar it yordamida har xil hayvonlarni ov qilayotganligini ko‘rsatuvchi rasmlar tasvirlangan. Ular yuqori paleolit, mezolit va neolit davrlriga mansub suratlar bo‘lib, Qadimda O‘rta Osiyoda yashagan hayvonlar turlari to‘g‘risidagi bizgacha yetib kelgan qimmatli ashyoviy dalil hisoblanadi.
Bunday suratlar Molguzar va Nurota tog‘i vodiylaridagi qoyatoshlarda ham ko‘plab uchraydi. Chunonchi Qoratogning Uchtut darasidagi qoyatoshlarda qizil bo‘yoq yordamida bir gala hayvonlarni ov qilayotgan chavandozlar tasvirlangan. Boshqa qoyatoshlarning tekis yuzasiga esa yovvoyi ho‘kiz, kiyik, tog‘ echkisi, arxar ohu, qoplon, to‘ng‘iz bo‘ri va it tasviri tushirilgan.
1962 yili So‘x vodiysida turli yovvoyi hayvonlarni ovlash payti tasvirlangan suratlar topildi. Shu suratlarning birida uzun xartumli filsimon hayvon - mamant tasviri bor. Yovvoyi hayvonlar, qush, ot va tuyalar tasvirlangan bunday yodgorliklarni Afrosiyob, Shoxruxiya va Xorazmdagi arxeologik ob’ektlarda ham ko‘plab uchratish mumkin, Xo‘jakent darasida esa bir vaqtlar Chirchiq vodiysida tarqalgan buqalar, kiyik va otlarning toshga o‘yib ishlangan rasmlari bor.
Miloddan avval 1 miningchi yillarda Chotqol tog‘lari orasida chizilgan odam, ot, it, tog‘ echkisi, bug‘u, alqor, bo‘ri, ilon va boshqa hayvonlar suratlari topildi. Bu suratda raqsga tushayottan kishilar va yovvoyi hayvonlarni ov qilish manzarasi tasvirlangan, bu o‘sha zamonda odamlar yashagan joylarda ko‘plab yovvoyi hayvonlar tarqalganligidan dololat beradi.
Qoya toshlarga chizilgan yoki o‘yilgan bu dastlabki ibtidoiy san’at obidalari O‘rta Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda ibtidoiy san’at yuqori paleolit davridan boshlanib, rivojlanishning barcha bosqichlarini bosib o‘tganligining isbotidir. Shu bilan birga mazkur suratlar ibtidoiy davrda yashagan kishilar hayoti va O‘rta Osiyo havyvonot dunyosi tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega.
Ibtidoiy jamiyat kishilari faqat hayvonot dunyosini o‘rganish, ularni xonakilashtirish va ov qilish bilangina emas, balki noyob va foydali hayvonlarni ko‘paytirish, ularni yirtqich hayvonlardan muhofaza qilishdek muhim masalalar bilan ham shug‘ullanganlar.
Nurota tog‘ etagi Forish tumanining Ug‘um qishlogi yaqinida Salqajoy qoyatoshlariga o‘yib ishlangan suratlarda alqorlar to‘dasiga bo‘ri hujum qilgan, ular to‘dasi tumtaraqay qochishlari tasvirlangan, qo‘liga tayoq ushlagan kishi ularni himoyasiga tashlanayapti.
Sorishmoy darasida ishlangan suratlarda esa o‘q – yoy ko‘targan ovchi tog‘ echkisi, ohu, kiyik va yovvoyi buqalarni yo‘lbars hamda qoplondan muhofaza etayotganligi tasvirlangan.
Farg‘onadan 40 km tashqarida hamda Navoiy shahri yaqinidan topilgan suratlarda kosmonavtlarga o‘xshash qiyofalar va kosmonavtnikiga oid turli asboblarni eslatuvchi shakllarni ko‘rib kishi xayratga tushadi. Agar Yerdan boshqa planetada aqlli mavjudot yashashi ma’lum emasligini nazarda tutadigan va bu suratlarni Yer farzandi chizganligini e’tirof etadigan bo‘lsak; Yer yuzida bir vaqtlar uchuvchi apparatlar yordamida koinotga uchishni orzu qilgan, yuksak madaniyatga erishgan odamlar yashamaganmikin, degan fikrga kelamiz.
Qoyatoshlarga chizib yoki o‘yib qodirilgan va bizgacha yetib kelgan suratlar tasviriy san’atning nodir obidasi bo‘libgina qolmasdan, balki shu bilan birga o‘lkamizda bir vaqtlar keng tarqalgan, hozir esa yashamaydigan yoki kamyob hayvonlar turlari, ularni muhofaza qilib kelinganligi haqida ma’lumot beruvchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
O‘rta Osiyo xalqlarining hayotini, xo‘jalik, dehqonchilik, hunarmandchilik, davlat, siyosat, astronomiya, matematika, tibbiyot kabi sohalardagi faoliyatini hamda tabiiy xodisalarni diniy nuqtai nazardan tasvirlovchi muqaddas kitoblari juda qadimdan mavjud bo‘lganligi tarixda qayd etilgan.
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asarida tabiat hodisalari, ov, chorvachilik, bog‘dorchilik, dehqonchilik, jamoa chorvasini bo‘ri, yo‘lbars, qizil bo‘ri, sher, qoplon kabi yirtqich hayvonlardan himoya qilish kabi masalalarni tasvirlangan to‘rtliklar keltirgan:
Chag‘ri bo‘lib qushlatu,
Tayg‘on izlab tishlatu,
Tulki, to‘ng‘iz toshlatu,
Ardam bila o‘qlalim.
Mazmuni:
Yigitlarga chag‘ri berib qush ovlaylik.
Ov ishini qushlarning izidan solib tishlataylik.
Tulki, to‘ng‘izlarni tosh bilan uraylik.
Yutuqlarimiz bilan maqtanaylik.
Boshqa bir to‘rtlikda yozda chayonlar, ilonlar, chivinlar bilan birga ko‘chib yuruvchi qushlar, qaldirg‘ochlar uchib kelishini shod etadi, hashoratlar uyg‘otadi, yer yuzini gullar bezashi kuylanadi. Bu g‘oyalar mamlaktada O‘rta Osiyo mamlakatlarida qizil bo‘ri, qoplon, yo‘lbars, qulon, yovvoyi ot, ohu kiyik, arxar tog‘ echkilari, to‘ng‘iz kabi hayvonlar ko‘p bo‘lmaganidan darak beradi. Mazkur hayvonlarning ba’zilari hozir ham O‘rta Osiyoda yashayotganligi yoki ularni pamontologik qoldiqlarining topilishi, yozma yodgorliklar O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganishda va uning tarixini tiklashda muhim omil bo‘lib ximat qiladi.
O‘rta Osiyo olimlari, jumladan Z.M. Bobur, A.N. Farobiy, Jayxoniy, Xorazmiy, Ibn Sino biologik fanlarini rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shganlar.
Xorozmiyning “Kitob surat ul–orzu” asarida: 637 ta muhim joylar, 209 tog‘ning geografik tafsilotini bergan, daryolar, dengizlar va okeanlar hovzasi shaklini, ularda joylashgan orollarning muhim koordinatorini bayon etgan. Xorazmiyning mazkur asariga kiritilgan ko‘rinishlarda yer yuzi yetti iqlimga bo‘lib chizilgan.
“Er tasviri kitobi” Xorazmiy to‘plagan butun Dunyo qita’lar, okeanlar qutblar, ekvatorlar, sahrolar ko‘llar, o‘rmonlar, barcha mamlakatlar, o‘lkalar u yerdagi hayvonot va o‘simliklar dunyosi, boshqa tabiiy resurslar, aholi, ularning tarqalish xususiyatlari, urf - odati, hunari, aholi zichligi haqidagi tabiiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga mazkur asar matematika, geografiya, astronomiya, etnografiya, tabiiy fanlar haqidagi, xo‘jalik va tarixiy huquq masalalari bo‘yicha ma’lumotlar majmuasi sanaladi.
A.R.Beruniy o‘zining “Mineralogiya” asarida Jayhoniy asarlarida ko‘rsatilgan minerallardan, ular haqidagi ma’lumotlardan keng foydalangan va ularning mohiyatiga yuksak baho bergan. Jayhoniy o‘z asarlarida O‘rta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Sarandit, Eron qazilma boyliklari, shuningdek shu mamlakatlarning tabiiy resurslari haqida mukammal ma’lumotlar keltirgan uning, ayniqsa Sarandiob, Hindiston, O‘rta Osiyo, Xitoy o‘simliklari va hayvonot dunyosi haqida to‘plangan materiallari qimmatga sazovordir Jayhoniyning yozishicha Hindiston qirg‘oqlarida shunday o‘ziga xos o‘simliklar o‘sadiki ular boshqa yerlarda uchramaydi. Eron va Hindistonda ajoyib qushlar va hayvonlar tarqalganiligini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari Jayhoniy o‘z asarlarida yer yuzining turli mamlakatlarida sodir bo‘ladigan turli voqea va hodisalar, ularni o‘ziga xos tabiati, tabiiy yodgorliklari to‘g‘risida ham ko‘p ma’lumotlar bergan. U voqea va hodisalarning tabiiy mohiyatini ochishga, izohlashga harakat qiladi. manna shunday hodisalardan biri hashoratlarning chiqib kelishi haqida qadimgi afsona bo‘lib, uni Jayhoniy bunday izohlagan “Hind dengizida bir daraxtning ildizi bor bular dengiz tubidagi qushga tarqalgan. Daraxtning barglari qalinlashib, navdadan uzilib tushadi va urg‘ochi ariga aylanadida uchib ketadi”.10
Farobiyning tabiatshunoslikka doir “Inson a’zolari haqida risola”, “Hayvon a’zolari to‘trisida so‘z” kabi asarlari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular inson va hayvon organlari, ularning funksiyalari bir - biriga o‘xshash xossalari va tafovvut kabi masalalar yoritilgan, tirik organizmlar anatomiyasi, fiziologiyasi va psixologiyasi fanlariga oid bo‘lgan olamshumul asarlardir.
U hayvonot dunyosini fikrlovchi, aqlli va noaql, fikrlamaydigan hayvonlardan tashkil topgan deb ta’kidlaydi.
Odamning kelib chiqishi haqida olim yanada ilgor fikrni olg‘a suradi. Inson dastavval tabiatdan, aynan hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan. U garchi fikrlovchi inson qiyofasini olgan bo‘lsa ham, baribir o‘z ajdodi - hayvonlar bilan ba’zi o‘xshishliklari saqlanib qolgan. Farobiyning ta’kidlashicha, organizmda ikki xil boshqarish kuchi mavjud: bulardan biri hayvoniy boshqarish, bu hayvonlarga xos xislat yoki noaql va fikrlovchi, aqlli nutqiy xususiyat deb ta’riflaydi. Shunday qilib, u hayvonlardan nutqi o‘smagan – birlamchi signal sistemaga bo‘ysunuvchilar deb ko‘rsatgan bo‘lsa, odamlarni nutqiy fazilati o‘sgan ikkinchi signal sistemaga xos fazilatli deb ta’riflaydi.
Beruniyning asarlarida O‘rta Osiyo, Eron, Hindiston, Afg‘onistonda keng tarqalgan qazilma boyliklar, dorivor o‘simliklar, hayvonlari ularning foydali xislatlari haqida mukammal materiallar keltiriladi. Beruniyning tabiiy – ilmiy qarashlari “Saydana”, “Mineralogiya”, “Hindiston”, “O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya” va “Ma’sudiy qonun” kabi asarlarida mujassamlashgan.
Beruniyning o‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar asarida Eron shimolida tarqalgan hayvonot dunyosini ta’riflaydi. Kaspiy dengizida u qoravoy qushlarning baliq ovlash xususiyatini izohlab beradi. Shu kitobda muallif hayvonlarning mavsumiy o‘zgarishlari (fenologiya) haqida shunday yozgan “Agar qish qattiq kelsa yirtqich qushlar inlariga berkinadi, bahorda ilonlar uyg‘onadi, baqalar ovoz chiqaradi. Bu hodisalarning barchasi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud”.
Agar, deb ta’kidlaydi olim yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvonning ko‘payishiga ham, daraxtning o‘sishiga ham o‘rin qolmasdi. Shu sababdan dehqonlar ekinlarni o‘toq qilib, kerakmasini olib tashlashadi. Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘la turib, ishlamay havodan asalni bekorga yeb yotganlarini o‘ldirib yuboradi. Tabiat ham xudi mana shunday ish qiladi. Lekin yaxshini yomondan ayirmagan holda hammasiga bir xil ta’sir qilish orqasida daraxt barglarini to‘kib, meva qilishdan qoldirib quritadi. Dunyo ham shunga o‘xshashdir.
Muallifni fikricha, yer yuzining o‘zgarishi hayvonot dunyosining o‘zgarishga sabab bo‘ladi. Yerda tirik organizmlarni yuzaga kelishi yer tarixi bilan bog‘liqdir. U yer qobig‘ini yer yuzasida yashagan organizmlarni o‘rganishda muhim tarixiy manba deb hisoblaydi. Qumliklar bir vaqtlar dengiz tubi bo‘lganligining dalilidir, deydi Beruniyning bu xulosasi uning shaxsan o‘zi Qoraqum va Qizilqumda olib borgan poleontalogik qazilmalarning natijasidir.
Beruniy yoshligidan to umrining oxirigacha tabiatni o‘rganishga katta ahamiyat bergan.
Beruniy “Hindiston” asarida har tomonlama boy va turli – tuman materiallarni umumlashtirdi:
Hindistonda Beruniyning diqqatini o‘ziga jalb qilgan hayvonlardan biri delfin (arabcha – duxas, hindcha – bulu) hisoblanadi. Delfinning bo‘ynidan to dumigacha ikki yonida suyakli chizig‘i bo‘lib, uni usti teri bilan qoplangan. Delfinlarni ko‘zi ojiz, biroq maxsus retseptorlari mavjud bo‘lib, ular ovozni shu bilan qabul qiladi, daryolarda yashaydi. Tishlari xudi timsohnikidek o‘tkir. Ba’zi turlari sho‘r suvda yashaydi. Delfinlar odamga yaxshi o‘rganadi, agar biron narsa tashlansa, uni suv yordamida og‘zi bilan egasiga qaytaradi. Ular o‘ta harakatchan, ba’zan daryo sohiliga ham sakrab tushadi, odamlar ularni suvga qaytarib tashlaydilar deb yozadi. Hindiston daryolarida haqiqatan ham delfinlar ko‘p bo‘lgan, hozir ularning soni 200 dan oshmaydi.
“O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston” asarlarida hayvonlar organizmining tarkibi mazkur organizmlar tashqi muhit bilan uzviy bog‘liqlikning mahsuli ekanligi kabi masalalar muallifning ongini chulg‘ab olgan edi. U hozir yashab turgan hayvonlar shakllari qadimgilaridan tubdan farq qiladi, chunki ular o‘rtasida juda uzoq tarixiy davr yotadi, deydi. Beruniy bundan ming yil ilgari olimlar o‘rtasida birinchi bo‘lib organik dunyoning evolyusion taraqqiyoti, olamning oddiydan murakkabga tamon takomillashib borishi to‘g‘risida fikr yuritadi.
Beruniy odamning paydo bo‘lishi, irsiyat qonunlari, ong, sezgi, tafakkur aql oliy nerv faoliyati uning hayvon va odamlarda o‘ziga xosligi va boshqa turli xil fiziologik tushunchalarni yuqori ilmiy saviyada tushuntirib berdi. U odamlarning rangi, qiyofasi, tabiati va ahloqi turlicha bo‘lishi, faqat nasablargina emas, balki tuproq, suv, havo va yerga ham bog‘liqdir. Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab, odamlarning guruhlarga ajralib kelishi, bir - biridan uzoq turishi ularning har birida turli hohishlarni ifodalash uchun zarur bo‘lgan so‘zlarga ehtiyoj tug‘ilishidadir, degan edi. “Hindiston” asarida mazkur fikrni davom ettirib ... Nasl qoldirishi bilan Dunyo to‘lib boraveradi... Agar jonivorlardan birortasining o‘sishiga sharoit bo‘lmay, o‘sshidan to‘xtasa ham, boshqalarida bu hol bo‘laveradi... “Uning o‘zi yo‘qolsa ham, u o‘z avlodini qoldirib ketadi” deb yozadi. “Agar hayvonlarda sezgilar oziq topish va o‘z o‘zini himoya qilish uchun yaratilgan bo‘lsa, odam zoti hayvonot dunyosining juda ortda qoldirib ketgan chunki unga aql – tafakkur, sezgi ato qilingan shu sababli odam bu kuchning egasi sifatida e’tiborli hamda unga xudoning yerdagi noibi bo‘lish, uni obod qilish va unga targ‘ibotni amalga oshirish topshirilgan”. Inson tafakkurining tajriba asosida yuksalib borishi, bilimini oddiydan murakkabga o‘sib borishi borasida shunday deydi: “Tajriba – tabiat haqidagi bilimlarning asosi va haqiqatning ishonchli mezoni”, “U oddiydan murakkabga, kam bilimlardan to‘laroq bilimlarga borish, qo‘zg‘otish, taqqoslash, o‘tgan avlodlar qoldirgan merosni tanqidiy o‘rganish jarayonlaridan iborat”. U, “Hindiston asarida inson hissiy idrok orqali olingan bilimlardan foydalanib inson aqli narsalarni mohiyatiga kirib borishga qodir” - deb o‘qiladi.
Abbdurazzoq Samarqandiy rus sayyohi A.Nikitingacha (1466 - 1472) 25 yil avval va partugal sayyohi Vasko Gamagacha 56 yil avval Hind diyoriga dengizlarda sayohat qilgan ilk O‘rta Osiyolik sayohatchidir.
“Hindiston safari dostoni va yer ajoyibotlarining sharxi, g‘aroyibotlarining bayoni” asarida 1441–1444 yillar mobaynida Hindistonga qilgan sayohatining tarixi va sayohati davomida ko‘rgan - kechirgan ajoyibotlarni va kuzatishlari natijasini izohlagan.
A.Samarqandiy sayohat mobaynida yo‘lda uchragan tog‘lar, sahrolar, mamlakatlar, shaharlar, dengizlar, daryolar tabiat, ob -havo, o‘simliklar va hayvonot dunyosi haqida hikoya qiladi.
U, arab yerlaridan o‘tar ekan, tropik issiqdan qushlar daraxtlardan behol yiqilgani, suvda baliqlarni tuproqda esa kiyiklarni “qovurilganini” izohlaydi. Arabiston dashti ob – havosi naqadar issiqligini quyidagicha tasavirlaydi: ... tez uchar qushlar va daraxtlarga in qo‘ygan qushlar; zag‘izg‘on, chumchuq va boshqa qushlar ertalab o‘lib, daraxtlar tagiga qulagan edilar.
Yoki: Meva, yetiltiruvchi bo‘lmish
issiqning olovidan,
Bulbul va chumchuqlarning miyasi qurib
qolgan.
Issiqning zo‘ridan har bir iloh
janatda.
Qushlar xudi yumshoq holvadek
pishib qolgan.
U filning tuzilishini, biologiyasi, odam to‘g‘risida batafsil ma’lumot beradi. A.Samarqandiy shoh saroyida filning parvarish qilinishi, ularni boqish, yovvoyi filni tutish, qo‘lga o‘rgatish haqida so‘z yuritiladi.
... Hindiston ajoyibotlaridan biri fildir. Hind podshosi saroyida saqlanadigan fillarni kichiri berib boqadilar... Yovvoyi fillar suv ichgani boradigan yo‘lda chuqur choh qaziydilar va chohning ustini xas - cho‘p bilan yengilgina yopib qo‘yadilar. Bu chohga fil tushgach, uning yaqiniga ikki - uch kungacha hech kim kelmaydi. Shundan keyin bir kishi keladida tayoq bilan uni qattiq savalaydi. Nogoh boshqa bir kishi kelib filni o‘rayotgan odamni itarib tashlab, qo‘ldagi tayog‘ini tortib olib, uloqtirib yuboradi va filga bir oz o‘t tashlab qaytib ketadi. Shu zaylda bir necha kun davomida birinchi kishi uni savalab, ikkinchisi esa uni man qiladi. oxiri fil ikkinchi kishiga do‘st bo‘lib qoladi. So‘ngra bu odam ohista – ohista filning yaxshi ko‘radigan mevalardan keltiradi, silab - siypalaydi, qashlaydi. Shu hil badantarbiya bilan fil unga rom bo‘ladi va bandga bo‘yin egadi...
Demak, bundan ko‘rinib turibdiki fil birinchi odamdan ikkinchi odamni ya’ni mehrli bo‘lgan kishini ajrata olgan, hayvonga axloqiy munosabatda bo‘lishi yuqori baholangan.
Asarda muallif ... ba’zan gunohkor odamlarni filni oyog‘i ostiga tashlash yo‘li bilan jazolaydilar. Fil bunday odamlarni oyog‘i bilan bosib, xartumi va tishlari bilan parchalab o‘ldiradi... fil savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdogarlar Silondan viloyatlarga fillar olib borib, gazlab, baholab sotadilar. Fillarni baholashni Bobur ham “Boburnoma” da qayd qilib, ... Fil yirik va ziyrak jonivor: hamma narsaga tushunadi va aytilgan buyruqni bajaradi. Fillarni kattaligiga qarab baholashadi; u qancha katta bo‘lsa shuncha qimmat bo‘ladi.
Afrika fili Hindiston filidan ancha ulkan, biroq Hind fillari ularga nisbatan kichikdir.
A.Samarqandiy o‘z asarida fildan tashqari Hindistonda tarqalgan bir qancha hayvonlar haqida ham ma’lumotlar to‘plagan. U o‘z elchilik faoliyati davrida, ayniqsa Hindiston yarim oroli janubidagi viloyatlar, shaharlar, xususan Kalikut, Bajangar shaharlarida bo‘lib hayvonlarni kuzatadi va ularni o‘z asarida batafsil bayon etadi. Shu sababli ham uning asarlari Hindiston, Arabiston, O‘rta Osiyo va ularga qo‘shni mamlakatlar, ularning tabiati to‘g‘risidagi qimmatli qo‘llanma hisoblanadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur tadbirkor podsho bo‘libgina qomay, balki o‘z davrini o‘rta ma’lumotli tabiatshunos olimi ham edi. Bobur syorqirra ilmiy meros, bir qancha she’riy devonlar qoldirgan.
Bobur o‘zi hamkorlari tomonidan barpo etilgan muhtasham me’morchilik va san’at yodgorliklari, bog‘lar va kanallarni izchillik bilan ta’riflab beradi. Mana shunday me’morchilik yodgorliklariga Dehli, Qobul va Agradagi madrasalar, Toj Mahal, Afg‘onistondagi “Bog‘i Bobur” va Hindistondagi “Bog‘i Zarafshon”larni ko‘rsatish mumkin. Sharq xalqlarining sajdagohiga aylangan Olimning ilmiy asarlari ichida “Boburnoma” alohida o‘rin tutadi.
“Boburnoma”ning asosiy hislatlaridan biri shundaki, unda muallif yorqin bo‘yoqlar yordamida, soda til bilan tabiatnig geografik xususiyatlari; o‘simlik va hayvonot dunyosi, xo‘jalik imkoniyatlarini yaxlit tasvirlaydi.
Boburnomada Farg‘ona vodiysi va Hindistonning geografik joylashishi, tog‘lari daryolari, o‘rmonlari, yaylovlari, bog‘lari, yo‘llari haqida aniq, hozirgi zamon tabiatiga mos keladigan, qiyosiy materiallar keltirgan.
“Boburnoma”da Bobur har bir joyning xarakterli xususiyatlari, u yerda tarqalgan hayvonot dunyosining o‘ziga xos xususiyatlari haqida diqqatga sazovor materiallarni bayon qiladi.
Toshkent – otliqlari mo‘l. Qirg‘ovullari ko‘p va xo‘p bo‘lur. Andijon – ilvasi mo‘l.
Marg‘ilonda kiyik barcha yerda uchraydi.
Xo‘jandni iloni ko‘p, yovvoyi parrandalari, kiyik, ohusi mo‘l ovga yaraydigan qushlaridan qirg‘ovul, ular ko‘p uchraydi. Qarshini bahori yumshoq. Ilida daryo vodiylarida, kiyik, ohu mo‘l. Ilvosinidan qirg‘ovuli va yovvoyi cho‘chqasi mo‘l bo‘lur.
Afgoniston – Qobul atrofida qishda qor mo‘l tushadi, janubida qor mutlaqo bo‘lmaydi. Afg‘oniston o‘rmonlarida yungqanot, tovushqoq; tog‘larida esa kaklik mo‘l. Kakliklar qorda ko‘p uchmay, qorga berkinadi.
G‘azna yaqinadagi tog‘da odamlar ko‘chib o‘tuvchi qushlarni to‘p bilan tutadi. Bobur o‘quvchini qush tutish usuli bilan tanishtiradi.
Hisor, Hatlak, Samarqand, Buxoro va Mo‘g‘ilistondagi hayvonlarning ko‘pchiligi Hindiston hayvonlariga o‘xshashdir. Ulardan tovus, to‘ti va maymunlarni ko‘rsatish mumkin. Afg‘oniston G‘arbda kiyiklar mo‘l va turli hildir. G‘azna atrofida quyon, oq va qizil ohular ko‘p. Agar Hindiqush tog‘lari tuman bilan, qoplansa, ko‘chuvchi qushlar tog‘dan oshib o‘tolmay, baron qo‘lda qishlab qoladi. Bu ko‘lda baliq ko‘p, ularni tapob, tutadilar. Bunday qushlardan qarqara, turna, qo‘shok juda ko‘p tutiladi. Muallif tapob yasash va uning bilan qush tutish usulini batafsil yozadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling