Zbekiston respublikasi oliy
Download 0.86 Mb.
|
Таълим хуқуқи-мажмуа
birinchidan, vakolatlar boshqaruvning joylardagi organlariga (boshqarmalar, bo‘limlar) o‘tkazilishi mumkin (AQSH, Germaniya, Kanada); bunda ta’lim sohasidagi markaziy organ davlat ta’lim siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish funksiyasini amalga oshiradilar;
ikkinchidan, vakolatlar ixtisoslashtirilgan agentliklarga o‘tkazilishi mumkin (bunda agentlik garchand davlatga tegishli bo‘lsada, rasman vazirlikning bir qismi bo‘lmaydi, u o‘zining boshqaruv apparatiga ega bo‘ladi va vazirlikning alohida funksiyalarini bajaradi). Bunday ta’limni boshqarish tizimi ko‘proq, Avstraliya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar uchun xos bo‘lib, ular davlat va jamoatchilik ishtirokidagi tashkilotlari miqdori ko‘pligi bilan tavsiflanadi. Masalan, Buyuk Britaniyada Oliy maktabni moliyalashtirish bo‘yicha Kengashdan tashqari, o‘qitish sifatini baholash va monitoring qilish (Sifatni ta’minlash agentligi), statistik ma’lumotlarni to‘plash (Oliy maktab statistikasi bo‘yicha agentlik) uchun mas’ul bo‘lgan tashkilot va alohida tahliliy tadqiqotlar bo‘yicha mustaqil organ (Oliy maktab tahliliy instituti) faoliyat ko‘rsatadi; uchinchidan, vakolatlar bevosita universitetlarga taqdim etiladi. Bunda markaziy organ strategik boshqaruvni amalga oshirish bilan cheklanadi. Bunday tizim milliy tizimlarda kichik doiralarda qo‘llaniladi. Ayni damda Fransiyaning Grenobl shahridagi II universitet xodimi N.Mons ta’lim sohasida menejment konsepsiyasini boshqacha asosda shakllantiradi hamda markazlashtirishdan chetlashish prinsipiga asosan o‘zining tasnifini taklif qiladi: 1) vakolatlarni “minimal” o‘tkazishga asoslangan mamlakatlar (la décentralisation minimale – Fransiya, Portugaliya, Gretsiya, Lyuksemburg, YAponiya, Koreya kabi davlatlarda qo‘llaniladi, ularda oliy ta’lim sohasida lavozimga tayinlash, ta’lim muassasasi attestatsiyasi, aniq fanlar bo‘yicha talaba va o‘qituvchilarga o‘quv yuklamalari hajmini belgilash va boshqa shu kabi masalalar ta’lim sohasidagi markaziy organ (ta’lim sohasidagi vazirlik) tomonidan belgilanadi); 2) vakolatlarni “o‘rtacha, mutanosib” o‘tkazishga asoslangan mamlakatlar (la décentralisation collaborative – Skandinaviya davlatlari, Polsha, CHexiya kabi davlatlarda qo‘llaniladi, ularda davlat ta’lim standartlarini belgilab beradi: majburiy o‘quv kurslarini o‘rnatadi, ularning o‘quv hajmini, ish haqi miqdorini belgilaydi va b.q.; ayni damda ta’lim sub’ektlari mahalliy darajada pedagogik strategiyani tanlashda, kadrlarni olishda erkin bo‘ladi); 3) vakolatlarni “qat’iy” quyi bo‘g‘inlarga o‘tkazgan mamlakatlar (la décentralisation volontariste – Vengriya, YAngi Zelandiya, Ispaniya kabi davlatlarda qo‘llaniladi, ta’lim sohasini boshqarishni markazlashtirish siyosatidan butkul voz kechganlar, ushbu davlatlarda davlatning faqatgina muvofiqlashtirish va nazorat qilish funksiyalari saqlanib qolgan; mahalliy hokimiyat organlari esa, ta’lim tizimi sohasida bevosita tezkor boshqaruvni amalga oshiradilar, shu maqsadda tegishli qarorlar qabul qiladilar; oliy ta’lim muassasalari bu sohada yuqori darajada mustaqil bo‘ladilar); 4) federal tuzilishga ega davlatlarda ta’lim sohasidagi hokimiyat vakolatlarini o‘tkazish (AQSH, Braziliya, Germaniya, Kanada, SHveysariya). Ushbu tizim mazkur davlatlarda bir vaqtning o‘zida markazlashtirish va markazlashtirishdan chekinish tendensiyalari amal qilishi bilan tavsiflanadi. Guvohi bo‘lganimizdek, xorijiy mamlakatlarda islohotlar asosan ta’lim muassasasi erkinligi va mustaqilligini kuchaytirishga qaratilgan. Nazorat savollari. 1.O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining konstitutsiyaviy asoslarini shartli ravishda necha guruhga bo‘lishimiz mumkin? 2. Ta’lim tizimiga oid maxsus konstitutsiyaviy qoidalarni bilasizmi? 3. Ta’lim sohasida davlat boshqaruvi tushunchalari, ularning maqsadi va vazifalari. Talaba mustaqil o‘rganishi uchun: Ta’lim tizimiga oid maxsus konstitutsiyaviy qoidalarni sharhlash. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling