Zbekiston respublikasi oliy


Download 0.86 Mb.
bet26/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1549146
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
Таълим хуқуқи-мажмуа

Janubiy Koreyada “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, barcha – davlat tasarrufidagi va xususiy oliy o‘quv yurtlari ta’lim vazirligi va mehnat resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan boshqariladi. Boshqa masalalar bo‘yicha universitetlar Koreya Universitet ta’limi kengashi tamoyillariga tayanadi.
Xitoyda ta’lim jarayoni va uni boshqarish “Xitoy Xalq Respublikasining ta’lim to‘g‘risida”gi, “Xitoy Xalq Respublikasining majburiy ta’lim olish to‘g‘risida”gi, “Xitoy Xalq Respublikasining oliy ta’lim to‘g‘risida”gi, “Xitoy Xalq Respublikasining kasbga yo‘naltirilgan ta’lim to‘g‘risida”gi, “Xitoy Xalq Respublikasining o‘qituvchilar to‘g‘risida”gi qonunlari, “Xitoy Xalq Respublikasida ilmiy darajalar to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”si bilan boshqarilib, ular bilan bir qatorda XXR Davlat Kengashi “Nogironlar ta’limi xususida”gi nizom, “Ta’limdagi muvaffaqiyatlari uchun taqdirlash to‘g‘risida”gi nizom, “O‘qituvchilar mandati xususida”gi nizom, “Bolalar bog‘chalarini boshqarish haqida”gi nizom va boshqa (jami 10 ta) turli xil qarorlar asosida amalga oshiriladi.


O‘zbekistonda va rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim sohasida boshqaruvni isloh etishning asosiy tendensiyalari

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim sohasida boshqaruvni isloh etishning asosiy tendensiyalari ta’limni boshqarish modellari doirasida rivojlanmoqda. Xususan, Fransiya Milliy Assambleyasi tomonidan 2004 yilda Evropa Ittifoqi uchun tayyorlangan ma’ruzada ta’limni boshqarishning ikkita modeli farqlanishi qayd etilgan: boshqaruvning markazlashgan modeli (Fransiya) va federal model (AQSH). Birinchi modelga ko‘ra, ta’lim tizimini boshqarishning barcha dastaklari davlatga tegishli bo‘lsa, ikkinchi modelga binoan, vakolatlarning kattagina qismi (ta’lim muassasalarini saqlash, moliyalashtirishning ayrim masalalari, akkreditatsiya qilish va boshqa masalalar) mintaqaviy va mahalliy hokimiyat vakolatiga mansub bo‘ladi.


Jahon banki xodimlari tomonidan tayyorlangan ma’ruzada esa, ta’lim sohasida vakolatlarni ta’lim sohasidagi markaziy davlat idorasi(vazirliklar)dan quyiga o‘tkazishning uchta asosiy modeli taklif qilingan:

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling