Zbekiston respublikasi oliy
Mustaqil ta`limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Download 0.86 Mb.
|
Таълим хуқуқи-мажмуа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim ning mavzulari: Mavzular
Mustaqil ta`limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabalarga mustaqil ta`limni tayyorlashda maxsus pedagogik fanlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: darslik va o`quv qo`llanmalar boyicha mavzularini o`rganish; nazariy material bo`yicha ta`lim texnologiyalarini tayyorlash; tavsiya etilgan qo`shimcha adabiyotlar asosida dars jarayonini tashkil etish bo`yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish; - maxsus adabiyotlar bo`yicha fan bo`limlari yoki mavzulari ustida ishlash; -tahlil natijalari asosida xulosa va takliflar berish. Talabalarga mustaqil ta`limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo`yicha egallanishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko`rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko`riladi, test yoki savol-javob o`tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko`rsatiladi. Mustaqil ishni tashkil etishda unga mo‘ljallangan har bir bo‘lim bo‘yicha adabiyotlar talaba tomonidan o‘rganilishi, mustaqil ish uchun mo‘ljallangan nazariy va amaliy bilim mavzularini o‘zlashtirish, har bir bo‘lim bo‘yicha berilgan topshiriqlarning mos varianti talaba tomonidan bajarilishi, Powerpoint, Maple dasturlaridan foydalanib, ularni prezentatsiya ko‘rinishida tayyorlab topshirishi talab qilinadi. Jarayon o‘qituvchi tomonidan uzluksiz nazorat qilinadi. Tavsiya etiladigan mustaqil ta`limning mavzulari: Mavzular Ta’limni tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asosi sifatida qonun xujjatlari. Davlat va huquq asoslari (Konstitutsiyaviy huquq, huquqshunoslik) fanini o’qitishda kompetentsiyaviy yondashuv. Davlat va huquq asoslari (Konstitutsiyaviy huquq asoslari, huquqshunoslik) fanini o’qitishda ilg’or xorijiy tajribalar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - inson huquq va erkinliklarining kafolati. O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlari. Bola huquqlari kafolatlarining xalqaro va milliy huquqiy asoslari. Ta’lim muassasalarida huquqiy tartibotni ta’minlash. Umumiy o’rta t a’lim davlat ta’lim standartining mazmun va moxiyati Nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish sohasidagi faoliyatni huquqiy asoslari O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim tarbiya jarayoning me’yoriy huquqiy asoslari. Ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning qonun hujjatlari Ta’lim va tarbiyaning aniq maqsadga qaratilganligi - erkin shaxsni shakllantirishning asosini tashkil etadi. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil kilish O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlari Me’yoriy-huquqiy hujjatlar tushunchasi va turlari O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi ta’lim va tarbiya jarayonlarining asosiy qonun hujjati sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti - ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalasida. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Talabalarning “Ta’lim huquqi ” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning an’anaviy va ilg‘or uslublaridan, jumladan, ekspress so‘rovlar, test so‘rovlari, dasturiy o‘qitish, aqliy xujum, debat, davra suxbatlarini o‘tkazish, kollokviumlar, muammoli o‘qitish, texnik vositalarni qo‘llash, yuridik klinika va boshqa interaktiv ta’lim usullaridan hamda (echimlar daraxti, ishbilarmon o‘yini, debatlar va h.k.) zamonaviy informatsion texnologiyalardan (internet saytlari, darslik va qo‘llanmalarning elektron shakllari) foydalaniladi. 2.2. Baholash ishlanmasi
3.2. Baholash mezoni. 3.2.1 1-ci OB bo`yicha amaliy mashg`ulotlarda qatnashib, uni topshiriqlarini to`la bajargan talabaga 5 baho beriladi, agar to`la bo`lmasa 3 ball beriladi. 3.2.2 T.M.I.da faol qatnashgan talabaga 5 ball, o`rta darajada qatnashgan talabaga 3 yoki 4 baho beriladi. 3.2.3.Mustaqil o`rganiladigan mavzularni bajarganda 2 dan 5 bahogacha berish mumkin. 3.2.4.Mustaqil ish topshiriqlarini bajarganda 2 dan 5 bahogacha berish mumkin. 3.2.5. Berilgan mavzu bo`yicha taqdimot yoki ko`rgazmali qurol tayyorlanadi. -taqdimotda mavzu to`liq ochilgan bo`lsa 5- baho -mavzuni mohiyati ochilgan lekin hulosasi bo`lmasa 3-4 baho qo`yiladi. -mavzu mohiyati ochilishda kamchiligi bo`lsa 2-baho qo`yiladi. 3.3. Oraliq baholash: 3.3.1. Test so`rovi ikki marta o`tkaziladi 3.3.2. Yozma nazorat ish ikki marta o`tkaziladi 3.4. Yakuniy baholash: 3.4.1.Yakuniy baholashda talaba 3 ta savolga javob berishi lozim. -har bir yozma savolga javob berish uchun 30 minut ajratiladi. -agar savollar mohiyati to`la yoritilgan bo`lsa 5 baho -savollarning mohiyati to`liq ochilmagan bo`lsa 4 baho -savollarga qisman javob berilib kamchiliklari bo`lsa 3 baho beriladi. 3.4.2.Agarda yakuniy baholashda test mo`ljallangan bo`lsa variant asosida 30 ta test har bir talabaga beriladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling