Zbekiston respublikasi oliy


- mavzu. O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlari


Download 0.86 Mb.
bet31/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1549146
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
Таълим хуқуқи-мажмуа

8- mavzu. O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlari

Asosiy savollar


1.Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risida nizom.
2. Maktabgacha ta’lim vazirligining vazifalari.
3. Vazirlikning qonun doirasidagi funksiyalari:
”Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risida”gi nizom O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini tartibga soladi. Vazirlik maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-son qaroriga muofiq amalga oshiradi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu nizomga va boshqa qonun xujjatlariga amal qiladi.
Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligi , viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta’limtuman bo‘limlari, Vazirlik tarkibiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

  • Vazirlikning markaziy apparati;

  • Huquqiy bo‘linmalar;

  • Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxasislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;

  • “Maktabgacha ta’lim metodikasi” jurnali tahririyati;

  • Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari.

Vazirlikning vazifalari:

  • Maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomomnlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olishni ta’minlash;

  • Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o‘quv tarbiya jarayoniga joriy etish;

  • Maktabgacha ta’lim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarini aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;

  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional jarajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabilardir.

Vazirlikning qonun doirasidagi funksiyalari:

  • Maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasidagi funksiyalari;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish sohasidagi funksiyalari;

  • Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olishni ta’minlash sohasidagi funksiyalari;

  • Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim-tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o‘quv tarbiya jarayoniga joriy etish sohasidagi funksiyalari;

  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional jarajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi;

  • Maktabgacha ta’lim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarini aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash sohasidagi;

  • Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlanganpedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish sohasidagi funksiyalari va shu kabilardan iborat.

Nazorat savollari.
1.O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarga misol keltiring.
2. Maktabgacha ta’lim vazirligining funksiyalari.

3.Maktabgacha ta’lim vazirligining vazifalari.


Talaba mustaqil o‘rganishi uchun:


1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-son Farmoni.


2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-son qarori.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling