Zbekiston respublikasi oliy
- Mavzu. Umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standartining mazmun va moxiyati
Download 0.86 Mb.
|
Таълим хуқуқи-мажмуа
9- Mavzu. Umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standartining mazmun va moxiyati.
Asosiy savollar. 1. Umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standartining mazmun va moxiyati. Umumiy qoidalar. 2. Davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari 3. Ta’limning standartlashtiriladigan turlari. DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI TO‘G‘RISIDA NIZOM 1. Umumiy qoidalar. 1.1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasiga, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq Respublikada idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar ta’lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo‘lgan davlat ta’lim standartlari (DTS) belgilanadi. 1.2. DTS-standartlashtirish ob’ektiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilaydi hamda «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq tasdiqlanadi. 1.3. DTS kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablarni, ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va etarlicha darajasini hamda ta’lim muassasalarini bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarini, o‘quv yuklamasining zarur hajmini, ta’lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi. 1.4. DTS ta’lim jarayonini va ta’lim muassasalari faoliyatini baholashni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos hisoblanadi. 2. Davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari 2.1.Davlat ta’lim standartlari joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi : ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonavny yutuqlaridan kelib chiqib, kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish, ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish , sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish, kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash , ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash, ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirish, mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta’minlash. 2.2. Davlat ta’lim standartlarining vazifalari : - ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladiganmaqbul talablarni belgilash, - ta’limga va uning pirovard natijalariga ta’lim oluvchilarning bilimi va kasbiy malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek, ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yoriy bazani yaratish, - xalqning boy ma’naviy me’rosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish , - ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va tarbiyani kelishib olish, ularning o‘zaro bog‘liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash , - o‘quv-tarbiya va ta’lim jarayonining uzluksiz axborot bilan ta’minlanishiga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilash , - ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning holis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish: - kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash, - milliy standartlar talabining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. 3. Ta’limning standartlashtiriladigan turlari. 3.1. DTS-ta’limning quyidagi turlari uchun belgilanadi: - Umumiy o‘rta ta’lim, shu jumladan, boshlang‘ich ta’lim, - O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari), - oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura). 3.2. Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan davlat talablari belgilanadi. 4. Ta’limning standartlashtirish ob’ektlari Quyidagilar ta’limning standartlashtirish ob’ektlari hisoblanadi: 4.1. Ta’lim fanlarining tuzilmasi, mazmuni, o‘quv uyushmasi hajmi, ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarning malaka darajasi va tayyorlash sifati, 4.2. Talablar, me’yorlar va qoidalar, pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’lim usullari va vositalari, shuningdek, ta’lim tizimida foydalaniladigan atamalar, tushunchalar va kategoriyalar , 4.3. Ta’lim oluvchilar bilim darajasiga va kasbiy malakasiga tashhis qo‘yish tartibi, bitiruvchilar sifatini, ta’lim faoliyati, pedagog va pedagog xodimlar sifatini baholash. 5. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar. Quyidagilar DTS ishlab chiqishga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi: 5.1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturlari maqsadlari, vazifalari va qoidalari so‘zsiz amalga oshirilishiga qaratilganlik, 5.2. Ta’lim va kasb-hunar dasturlarida milliy mustaqillik, demokratiya, boy milliy madaniy an’analar, xalqning intellektual imkoniyatlari va umuminsoniy qadriyatlartamoyillarini hisobga olish, 5.3. Ta’lim oluvchilarda chuqur bilim, mustaqil fikrlash, yuksak kasbiy malaka shakllanishini ta’minlash, 5.4. Xalqaro tajriba, texnika, texnologiyalar, fan rivojlanishi darajasi, kadrlar tayyorlashga nisbatan amaliyot tomonidan qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda ta’lim standartlarining ilmiy asoslanishi, 5.5. Ta’lim turlari va bosqichlari bo‘yicha standartlarning kelishilganligi va izchilligi, shaxsning har tomonlama rivojlanishini hisobga olgan holda, ularning mujassamlanishini ta’minlash, 5.6. O‘quv yuklamasi maqbulligiga qaratilganlik, ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bog‘liq ravishda ta’limning tabaqalashtirishimkoniyatlarini hisobga olish, 5.7. Ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarni tayyorlash, ta’lim faoliyatining sifatini baholash mezonlari va tartibotini belgilash, 5.8. Standartning texnologikligi-uning bajarilishini nazorat qilish va uning me’yorlari va talablari buzilishining oldini olish imkoniyati, 5.9. Standartlarga tajribada tekshiruvdan o‘tgan ta’lim faoliyatining ilg‘or me’yorlarni kiritish, 5.10. Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlash tizimi qoidalari talablarini qoniqtirishi kerak. 6. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartibi. 6.1. DTS ni ishlab chiqish tanlov shartlarida yoki ta’lim boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan e’lon qilingan innovatsiya loyihalari asosida amalga oshirilishini , 6.2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasi DTS loyihasi ekspertiza qilinishini va eksperimental tekshirishni o‘tkazishni tashkil etadi, ularning natijalari bo‘yicha xulosani rasmiylashtiradi, 6.3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, 6.4. DTS ular tasdiqlangan sanadan boshlab amalga kiritiladi va ta’lim boshqaruvi vakolatli organlari va ta’lim muassasalari ijro etishi uchun qabul qilinadi, 6.5. Tasdiqlangan DTSga muvofiq, ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalda o‘zlashtirilishini ro‘yobga chiqaradi, 6.6. Ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bog‘liq ravishda o‘quv uyushmasini tabaqalashtirish, DTS tomonidan belgilangan me’yorlardan ortiqcha ta’lim mazmunini belgilash, ta’lim boshqaruvchi vakolatli organlari va ijro etuvchi mahalliy organlarining vakolatiga kiradi. DTSga o‘zgartirishlar kiritish respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muvofiq ta’lim darajasi va kadrlar tayyorlashga nisbatan qo‘yiladi va talablar o‘zgarishi davomida DTSni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limini standartlashtirish tamoyillari O‘MKXT standartlarini ishlab chiqishda quyidagilarni ta’minlash zarur: • ta’limning uzluksizligi va uzviyligi, • mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi, fan-texnika va texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishi, jamiyat talablari va ularning zamonaviy holatini hisobga olish, • ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mujassamligi, • matnlar bayonining aniqligi va yagona qiymatliligi, • fan, texnika hamda texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga, respublikadagi va chet ellardagi ilg‘or tajribalarga mos kelishi, • O‘MKXT maqsad va vazifalarining amalga oshirilishi. Standartlashtirish - Mavjud yoki bo‘lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta foydalaniladigan qoidalarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat , STANDART - konsensus asosida ishlab chiqilgan va faoliyatning har xil turlariga yoki ularning natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror foydalaniladigan qoidalar, umumiy prinsiplar yoki tavsiflari belgilangan va ma’lum sohada eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan, tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan hujjat , Kasb-hunar ta’limi standarti - me’yoriy hujjat bo‘lib, tegishli malakadagi mutaxassislar tayyorlash sifatini, kasbiy va umumta’lim tayyorgarlik darajalarini ketma-ketlikda amalga oshirishning talablari, qoidalari va tamoyillarini o‘rnatadi. Kasb-hunar ta’limi standartlarini ishlab chiqishda quyidagi ekspertlar ishtirok etishi zarur : • O‘MKXT instituti ilmiy xodimlari, • O‘MKXT o‘quv muassasalari o‘qituvchilari, • Ish beruvchilar vakillari, ishlab chiqarish (ijtimoiy hamkorlar), O‘MKXT tarmoq standarti quyidagi komponentlardan tashkil topadi: 1) Qo‘llanish sohasi. 2) Me’yoriy ilovalar. 3) Ta’riflar. 4) Standartning maqsad va vazifalari. 5) Kasbiy tavsifnoma. 6) Kasbiy tayyorgarlik mazmunining majburiy minimumi. 7) Namunali o‘quv rejasi. 8) Standart talablarining bajarilishini nazorat qilish. Talaba mustaqil o‘rganishi uchun: O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun. 10- Mavzu. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish sohasidagi faoliyatni huquqiy asoslari. Asosiy savollar. 1. 1997 yil 29 avgustdagi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida Nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish sohasidagi faoliyatni huquqiy asoslari. 2. «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida nodavlat ta’lim muassasasi masalalari. 3. Huquqiy bazani mustahkamlash mamlakatimizda ta’lim sohasining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. «Qonunchilikda ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish masalalariga kura (jumladan, nodavlat ta’lim muassasalarining qaysi davlat organi tomonidan ro‘yxatga olinishi, ularning faoliyati qanday maqsadga qaratilishi aniq ko‘rsatilmaganligi) nodavlat ta’lim muassasalari hokimliklar huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarida tadbirkorlik sub’ektlari sifatida ro‘yxatdan o‘tib, faoliyatining asosiy maqsadini foyda olishga qaratib kelmoqda...» BUGUNGI KUNDA NODAVLAT TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI ODATIY HOLGA AYLANDI. AYNIQSA, O‘QUV KURSLARIDA QISQA MUDDATLARDA BIRON KASB-HUNAR O‘RGATISH TAKLIFI KO‘PCHILIKNI O‘ZIGA JALB ETAYAPTI. AYNI PAYTDA BUNDAY TA’LIM MUASSASALARIDAN NOROZILIK, TURLI TUSHUNMOVCHILIK, SAVOL VA TAKLIFLAR HAM BOR. BUNDAY VAZIYATNING YUZAGA KELISH SABABI NIMADA? 1997 yil 29 avgustdagi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim xizmati ko‘rsatish sohasida raqobatga asoslangan muhitni shakllantirish maqsadida davlat ta’lim muassasalari bilan bir qatorda nodavlat ta’lim muassasalarini ham rivojlantirish nazarda tutilgan edi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq esa, bilim olish huquqi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish orqali ta’minlanishi, ta’lim tizimi davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini o‘z ichiga olishi belgilab qo‘yildi. Ushbu qonun hujjatlari normalarini hayotga tatbiq etilishi natijasida bugungi kunda nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib, fuqarolarning bilim olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Adliya vazirligining Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va nazorat qilishga oid qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoring o‘tkazildi. Monitoring davomida aniqlanganidek, nodavlat ta’lim muassasalari tomonidan yoshlarni kasb-hunarga (tikuvchilik, sartaroshlik, hamshiralik, kompyuter savodxonligi va hokazo) o‘rgatish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, bir qator xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kurslar tashkil etish kabi ijobiy ishlar amalga oshirib kelingan. Biroq shu bilan birga, nodavlat ta’lim muassasalarini ro‘yxatga olish, litsenziyalash va faoliyatining asosiy maqsadini belgilashga qaratilgan yagona tizim yaratilmaganligi oqibatida huquqni qo‘llash amaliyotida bir qator jiddiy muammolar yuzaga kelgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi qaroriga muvofiq nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyati litsenziyalanadigan faoliyat turiga kirsa-da, aksariyat tadbirkorlik sub’ektlari tijorat tashkilotining turli tashkiliy-huquqiy shakllarida hokimliklar huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarida ro‘yxatdan o‘tib, ta’lim faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanib kelgan. Jumladan, hozirgi kunda respublika bo‘yicha 1600 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari (406 tasi xususiy korxona, 392 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyati, 363 tasi muassasa, 202 tasi yakka tartibdagi tadbirkor, 164 tasi tijorat tashkilotining boshqa shaklida) hokimliklar huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarida ro‘yxatdan o‘tib, litsenziyasiz o‘quv markazlari, turli fan va tillarni o‘rgatish bo‘yicha kurslar, oliy o‘quv yurtlariga tayyorlov kurslari, to‘garaklar, mutaxassislarni tayyorlash turidagi ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bunday holat, ayniqsa, Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Vaholanki, qonunchilikka asosan, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatining litsenziyalanishidan asosiy maqsad — ular tomonidan ta’lim sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish, ta’lim dasturlarini umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq kelishidir. Shuningdek, maktabgacha, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga doir davlat talablariga muvofiq amalga oshirish, ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlikka va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslariga, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka rahna solinishiga, O‘zbekiston to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, fanlarni tegishli bazaviy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘qitish va boshqa bir qator muhim vazifalarni ta’minlash maqsadida joriy qilingan. Bunday holatning mavjudligi nodavlat ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini tashkil etish borasidagi faoliyatida qonun hujjatlari talablarini bajarilishini nazorati ta’minlanmasligiga va natijada ular faoliyatida qonunbuzilishlar sodir etilishi xavfini tug‘diradi. Shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatida uchrayotgan muammolardan yana biri ushbu muassasalar qonunchilikka muvofiq tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil etilishi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, aksariyat nodavlat ta’lim muassasalarining asosiy maqsadi foyda olishga yo‘naltirishdan iborat bo‘layotganligidir. Qonunchilikda ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi ishlab chiqilmaganligi (jumladan, nodavlat ta’lim muassasalarining qaysi davlat organi tomonidan ro‘yxatga olinishi, ularning faoliyati qanday maqsadga qaratilishi aniq ko‘rsatilmaganligi) tufayli nodavlat ta’lim muassasalari hokimliklar huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarida tadbirkorlik sub’ektlari sifatida ro‘yxatdan o‘tib, faoliyatining asosiy maqsadini foyda olishga qaratib kelmoqda. O‘tkazilgan monitoring davomida respublikada jami 364 ta muassasalar hokimliklar huzuridagi inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tish bilan bir vaqtda tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat soliq va statistika organlarida hisobga qo‘yilib, ta’lim faoliyati ularning foyda olishga qaratilgan asosiy faoliyat turi sifatida belgilangan. Bundan tashqari, nodavlat ta’lim faoliyati sub’ektlarining turli tashkiliy-huquqiy shakldagi tijorat tashkiloti sifatida yoki muassasa sifatida hokimlik huzuridagi inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tib, litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatayotganligi ular faoliyatida ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish imkoniyatini cheklamoqda. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi qaroriga muvofiq esa, nodavlat ta’lim muassasalari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish Davlat test markaziga (DTM) yuklatilgan. Bu funksiyani amalga oshirish maqsadida, DTMga litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish, litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish huquqi berilgan. Lekin yuqorida ta’kidlanganidek, ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi sub’ektlar turli tashkiliy-huquqiy shakldagi tijorat tashkiloti yoki muassasa sifatida hokimlik huzuridagi inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tib, litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi oqibatida, DTM ular faoliyatini nazorat qilish vakolatiga ega emas. DTMda hatto bunday ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi sub’ektlarning hisobi ham mavjud emas. Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatida uchrayotgan muammolar va salbiy holatlarning kelib chiqishiga qonun hujjatlaridagi ayrim kolliziyalar, noaniqliklar va «oq dog‘»lar ham sabab bo‘lmoqda. Xususan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunning 6-moddasida nodavlat ta’lim muassasasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lishi, ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshirilishi belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq, ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash DTM tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi. Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasasi attestatsiyasi birinchi bitiruv yakunlariga ko‘ra, ta’lim oluvchilar tayyorlash davri to‘la tugagandan so‘ng o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Ayni paytda Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi qarori bilan tasdiqlangan «Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra, nodavlat ta’lim muassasasi litsenziya olish uchun rasman murojaat qilgunga (ya’ni, litsenziya olgunga) qadar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi lozim. Qonun hujjatlaridagi mazkur kolliziyalar nodavlat ta’lim muassasasini yuridik shaxs sifatida qachon e’tirof etilishi bilan bog‘liq savollarni keltirib chiqarmoqda. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori yuridik shaxs bo‘lishi kerakmi yoki yuridik shaxs maqomi u akkreditatsiyadan o‘tgandan so‘ng beriladimi? Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi qarorida tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar attestatsiya jadvalini hamda attestatsiya tekshiruviga oid hujjatlarni attestatsiya boshlanishidan 3 oy oldin DTMdan olishlari belgilangan, lekin nodavlat ta’lim muassasalari biror-bir vazirlik yoki idora tasarrufida emasliklari sababli, attestatsiya jadvali va tegishli hujjatlarni ularga berish tartibi nazarda tutilmagan.Monitoring natijasida aniqlangan yuqoridagi kabi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Ushbu taklifga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralarga ko‘rsatilgan kamchilik va muammolarni bartaraf etishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish va ularning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy bazani mustahkamlash mamlakatimizda ta’lim sohasining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Nazorat savollari. 1. Nodavlat ta’lim muassasasi: huquqiy asoslar, muammolar va yechimlar. 2. «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida nodavlat ta’lim muassasasi masalalari. 3.Nodavlat ta’lim muassasalari zamon talabi darajasidami? Fikringizni dalillar bilan izohlang. Talaba mustaqil o‘rganishi uchun: Nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish sohasidagi me’yoriy huquqiy hujjatlar. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling