2. Darslikka taqriz.
A.Rafiev, G.Muxamedjonovaning “O‘zbek tili”
(ta'lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan
maktablarning 9-sinfi uchun) darsligiga
TAQRIZ
Ushbu darslik ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 9-sinfi uchun mo‘ljallab yozilgan. Mazkur kitob to‘rtinchi marta qayta nashr etiloqda. Darslikda mavzular yaxshi va atroflicha yoritib berilgan. Shuningdek mavzularga mos rasm va jadvallar qo‘yib chiqilgan. Mashq va topshiriqlarning sarlavhalari rangli tarzda ajratilgan va turli shartli belgilar orqali ko‘rsatilgan. Kitobdagi matnlar grammatik qoidalarga mos shaklda tanlangan. Darslikda ayrim juz’iy kamchiliklar ham uchraydi:
1. Suhbatlar ixcham, qisqa va mazmunli bo‘lishi kerak.
2. Zarur qo‘shimchalar qoraytirib, ko‘zga tez tashlanadigan holda yozilishi kerak.
3. E’tibor talab jumlalar qoraytirilishi shart.
4. 102-betdagi qoida g‘aliz, to‘g‘rilash kerak.
5. 106-betdagi matn (Ertalab Mirak naqqosh keldi deb boshlanuvchi...) juda katta, uni qisqartirish zarur.
6. 110-betdagi “Yoqub Ahmedov” matnini “Shukur Burxonov” matni bilan almashtirish lozim.
Ammo bu juz’iy kamchiliklar darslikning umumiy mazmuniga putur yetkazmaydi. Darslikni qayta nashr uchun tavsiya etaman.
ToshDShI “Turkiy tillar”
kafedrasi dotsenti f.f.n. Sh.B.Sodiqova
Do'stlaringiz bilan baham: |