Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Download 79.66 Kb.
bet6/12
Sana13.02.2023
Hajmi79.66 Kb.
#1195476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mustaqillikgacha bòlgan davr dramaturgiyasi

Hamza Hakimzoda Niyoziy Bu teatrda birinchilardan boʻlib uning mashhur „ Padarkush“ piesasi namoish etilgan. Jadidchilar harakatida yana koʻplab atoqli namoyondalari va maʼrifatparvarlari bu kabi jadid teatrlarini vujudga kelishida juda katta xizmat qilganlar. Misol qilib olganda Abdulla Avloniy va Hamza Hakimzoda Niyoziyning xizmatlari juda ham katta boʻlgan. Toshkent shahrida birinchi jadid teatri 1914-yilda oʻz ishini boshlagan. Bu teatrning ochilishida Abdulla Avloniyning xizmatlari juda katta. U bu teatrni „ Turon teatri“ deb nomlagan. Bu teatrda ham birinichi spektakl „Padakush“ piyeasasi hisoblanadi.Shu jumladan Turon teatri Turkiston boʻylab oʻzlarining gastrol safarlarini oʻtkazgan.Uning 1915-yildagi gastrol safari juda ham muvaffaqiyatli chiqadi.Jadidchilarning yana bir yirik namoyandasi hisoblangan Hamza Hakimzoda Niyoziy oʻzining havoskorlar teatrini 1916-yilda Qoʻqon shahrida tuzadi. Oʻzbek teatrini yuksalishida katta ahamiyatga ega boʻlgan Hamzaning „Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari“ piesasi boʻlgan. Bu teatrda ushbu asar ilk bor 1917-yilda sahnalashtirilgan. Shunday qilib jadid teatrlari xalq orasida mashhur boʻlgan.Toshkentadagi hozirgi Milliy teatr tashkilotchilaridan biri boʻlgan Mannon Uygʻur va Oʻzbek jadid teatrining ilk ayol aktrisasi Masuma Qoriyeva oʻz ish faoliyatini boshladilar. Turkistonning boshqa hududlarida Fargʻonada Andijonda va Xivada yana shunga oʻxshash teatrlar ochildi. Mannon Uygʻur tashabbusi bilan Buxoro shahrida yana bir teatr ochildi. Bu teatrlarda xalqning koʻngliga yaqin ahloqiy va ijtimoiy jihatlarga aloqador mavzularda sahna koʻrinishlar koʻrsatildi.Bu sahna koʻrinishlarda zulmga qarshi kurash, odamiylik kabi insoniy hislatlar koʻrsatildi. Shu tariqa jadidlar tomonidan birinchilardan boʻlib tashkil etilgan jadid teatrlari Oʻzbek milliy teatrini vujudga kelishiga asos boʻldi.XIX asrning oxiri XX asrning boshi jahon sivilizatsiyasining taraqqiyotida keskin burilishlar davri boʻldi. Bu davrda chuqur islohotlar, birinchi va ikkinchi jahon urushi boʻlib, ilm-fan taraqqiyotida tub sifatiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Bir jamiyatning butunlay yod jamiyat taʼsirida qolishi nafaqat hayotda balki kishilarning falsafasida ham inqilob yasadi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshida Markaziy Osiyoda ham boshqa mintaqalarda boʻlgani kabi oʻzgacha fikrlovchi, yangicha qarash vakillari shakllanib bordi. XIX asrning ikkinchi yarmida Oʻrta Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qoloq, fuqarolarning turmush tarzi oʻta past, madaniy-maʼnaviy hayotida islom dini peshvolarining taʼsiri kuchli edi. Insonlar dunyoqarashida tasavvuf falsafasi anʼanalarini tiklashga intilish kuchayib borayotgan bir vaziyatda, unga qarshi kuchlar bilan tafovutlar kelib chiqdi.“XIX asr ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotda soʻnggi va keyingi yuz yillikning boshlanish davri boʻlib, gʻoyaviy-nazariy va mafkuraviy qarashlarning shakllanish xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Jadidlar harakati vujudga kelguniga qadar Turkistonda turli maʼnaviy-gʻoyaviy va mafkuraviy oqimlar qadimchilar, islohotchilar, bedilchilar, mashrabxonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo, umuman turkiy xalqlarga taalluqli boʻlgan tafakkurning turli shakllari, ijtimoiy-falsafiy mazmun va yoʻnalishga ega boʻlgan maʼrifiy taʼlimotlar va nazariyalar mavjud edi” Demak, bu davrda nafaqat jadidlar harakati balki boshqa gʻoyaviy taʼlimotlar ham shakllandi. Kishilarning dunyoqarashida tasavvuf falsafasi anʼanalarini tiklashga intilish kuchayib borayotgandi. Bu davrda Oʻrta asr musulmon mutafakkirlarining asarlarini qayta nashr etish ishlari boshlandi. Kalom falsafasi, shariat axloqiga oid klassik adabiyotlar arab-fors tilidan turkiy tillarga tarjima qilinib nashr etildi. Masjid va madrasalarda Bedilxonlik, diniy ulamolar tomonidan qadimchilik harakatlari, sherxonliklar avj oldi. Oʻrta Osiyoda maʼrifatparvarlik harakati kishilarning ilm-fan taraqqiyotiga, umuminsoniy qadriyatlarga, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼnaviy qoloqlikni bartaraf etishga boʻlgan intilishining natijasi edi. Jadidlar turli mamlakatlardagi taraqqiyot va islohotlar uchun olib borilgan harakatlarning tajribasini milliy asosda qayta ishlashga intildi. Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh gʻoyasi ana shu murakkab sharoitda shakllanib yetildi. Bu davr haqida shunday deyilgan: “Tarixdan shu narsa maʼlumki, har bir kichik harakat ertangi katta harakatning zamini vazifasini oʻtaydi. Bu kungi magʻlubiyat ertangi gʻalabaning amalga oshuvida ozmi-koʻpmi rol oʻynaydi. Busiz jamiyatning rivojini tasavvur etish qiyin"Jadidlik Turkistonda XIX asrning oxirida maydonga kelgan, XX asrning boshida shakllanib, qisqa muddatda oʻzining choʻqqisiga koʻtarilgan. Jadidlik 1917-yilgi bolsheviklar toʻntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura oʻrnatilgunga qadar oʻz mavqe va yoʻnalishini saqlab qola olgan ijtimoiy harakatdir. Baʼzi manbalarda jadidlik oqim deb atalsa, baʼzisida harakat deb aytiladi. Jadidlik oqim emas, harakat deb taʼkidlaydi B.Qosimov. Ijtimoiy, siyosiy, maʼrifiy harakat yaqingacha ham ataylab faqat maʼrifatchilik harakati deb kelindi. Maqsad jadidlikning doirasini toraytirish, sotsialistik-kommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi. Jadidshunos olim B.Qosimov jadidlik harakatining xarakter va muddaosini 3 turga boʻlib izohlaydi: Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uygʻonish mafkurasi boʻlib xizmat qildi. Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning gʻayrat va tashabbusi bilan dunyo koʻrgan Turkiston muxtoriyati bu yoʻldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi. Maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. Bu xarakter va yoʻnalishni qator olimlar eʼtirof etdi. Bugungi kunda jadidlarni olib borgan ishlari keng jamoatchilik oʻrtasida turli xil bahslarning vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda. Aslida jadidlar harakati faqat Turkistonda vujudga kelmadi. Turkistonda jadidchilik XIX asrning 80-yillarida Rusiya musulmonlari, xususan, Kavkaz va Volga boʻyida yoyilgan shu nomdagi taraqqiyparvarlik harakatining bevosita taʼsiri va samarasi sifatida dunyoga keldi. Bunda Ismoil Gaspiralining “Tarjimon” gazetasi (1883) va u asos solgan “usuli jadid” (ikkinchi nomi “usuli savtiya”) maktabi (1884) muhim rol oʻynadi.Bu harakatning jadid deb atalishi haqida Abdulla Avloniy “Shul zamonda (1894-1904 yillar) yerli xalqlar orasida eskilik-yangilik (qadim-jadid) janjali boshlandi. Gʻazit oʻqigʻuvchilarni mullalar “jadidchi” nom bilan atar edi”, degan fikrni keltiradi.Jadidlikning poydevori, tamal toshi usuli jadid maktablarining tashkil qilinishi edi. Hamonki, maqsad jamiyatni yangilash ekan, uni yangi avlodgina qilishi mumkin edi. Buning uchun esa zamon talabiga mos yoshlarni tarbiyalash masalasi jadid allomalarining oldiga qoʻyilgan bosh masala boʻldi. 1900-1925 yillar “jadidchilik” tushunchasining paydo boʻlishi oʻz davrining eng peshqadam, tashabbuslar davridir .Oʻzbek falsafasining ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotida “XIX asrning soʻnggi va keyingi yuz yillikning boshlanish davri gʻoyaviy-nazariy va mafkuraviy shakllanishining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Turkistonda oʻsha paytda turli maʼnaviy-gʻoyaviy va mafkuraviy oqimlar – qadimchilar, jadidchilar, islohotchilar, bedilchilar, mashrabxonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo, umuman turkiy xalqlarga taalluqli boʻlgan tafakkurning turli shakllari hamda ijtimoiy-falsafiy mazmun va yoʻnalishga ega boʻlgan “Chigʻatoy gurungi” kabi ancha yetuk yigʻinlar, ular ilgari surgan maʼrifiy taʼlimotlar, nazariyalar mavjud.Demak, bu davrda nafaqat jadidlar harakati, balki boshqa harakatlar ham shakllangan. XIX asrning ikkinchi yarmidan ilgʻor maʼrifatparvarlar davlat mustaqilligini yoʻqotilishiga asosiy sabab, Oʻrta Osiyo jamiyatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy qoloqligi ekanini juda yaxshi tushunib yetgan. Ular turli ijtimoiy qatlamlarning orasidan chiqqan va eng asosiysi zakovatli boʻlib, ilgʻor ziyolilarning birinchi avlodi boʻldi. Ana shu negizdan keyinchalik jadidlar yetishib chiqib ularning gʻoyalarini rivojlantirdi va maʼrifatdan siyosatga qarab yoʻl oldi.Yangi ziyolilarning qarashlarida eng avvalo, aholining barcha ijtimoiy qatlamlari orasida hukm surgan savodsizlikni tugatish, eski taʼlim tizimini isloh qilish, qoloq, eski va behuda odatlarga chek qoʻyish singari maqsadlar ilgari surildi. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra ular, ayniqsa diniy mutaassiblik, behuda sarf-xarajatlarga olib keluvchi anʼanaviy odatlarga tanqidiy yondashgan. Agar bunday qarashlar debochasini Ahmad Donish kabi maʼrifatparvarlar boshlab bergan boʻlsa, ularning gʻoya va qarashlarini Sadriddin Ayniy, Abdulvohid Munzim, Mirkomil Burxonov, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjaev, Xolidxoji Mehri, Mulla Vafo, Abdurauf Fitrat rivojlantirdi.Aslida jadidlik rasman XIX asrning oxirida oʻz amaliy faoliyatini boshlagan boʻlsa-da, ularning gʻoyalari shu asrning boshidayoq oʻz taʼsirini namoyon qilayotgan edi. “Turkistonda ilk bor Ovrupa texnikasini oʻrganish kerakligi masalasini Qoʻqon xoni Sayid Muhammad Hakimxon (Olimxonning ukasi) Rossiya, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarga sayohat qilib qaytgach, 1843 yilda birinchi boʻlib oʻrtaga qoʻygan ”. Tashqi olam bilan tanishish Turkistonliklarning orasida falsafiy mushohadasi taraqqiy qilayotgan yoshlarni tarbiyalay boshladi. Bundan koʻrinadiki, tashqi olam bilan tanishish, oʻzga millat va davlatlarning tarixi, madaniyati, Turkiston yoshlarining tafakkurini oʻzgartirgan ilk sabablardan biridir. Tarixdan maʼlumki, hamma vaqt globallashuv jarayoni mavjud boʻlgan, faqat oʻzini sekinlik bilan namoyon etgan. Mana shunday jarayonlarning natijasi oʻlaroq jadidlik taʼlimoti oʻzini turli yoʻllar bilan namoyon qila boshladi. Turkistonda jadidlik gʻoyalari va harakatining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy zamini XIX asrning oxirgi choragiga kelib toʻliq yetildi.

Rus hukumati oʻlkada xalqni asta-sekin ruslashtirishga qaratilgan siyosat olib bordi. 1870-yilda Rossiya xalq maorifi vazirligi maorifning maqsadi pirovardida barcha mahalliy aholini ruslashtirishdan iborat boʻlishi haqida qaror qabul qilgan. Shunga oʻxshash fikrni N.O.Ostroumov ham aytgan, u: “Rus hukumati mahalliy aholini rus xalqi bilan aralashtirishga harakat qilishi kerak. Shu yoʻnalishda mahalliy aholining maʼorifini maʼlum darajada rivojlantirish lozim”degan edi.

Turkistonning Rossiyaga qoʻshib olinishi oʻlka iqtisodiyotini yuksaltirishda xonlik tuzumiga nisbatan birmuncha qulay zamin yaratdi. Mahalliy aholining turmush tarzini oʻzgartirish maqsadida bank, vokzal, bosmaxona, zavod kabi yangiliklar kirib kela boshladi. Temir yoʻllar qurildi, yangi iqtisodiy aloqalar paydo boʻldi, litografiyalar vujudga keldi. Turkistonda jadidlarning taraqqiyparvar vakillari tomonidan “Tarbiyati atfol”, “Umid”, “Nashri maorif”, “Barakat”, “Gʻayrat”, “Taraqqiy parvar” kabi dastlabki ijtimoiy-siyosiy, ilmiy jamiyatlar tuzildi. Bu jamiyatlar gazeta va jurnallar chop etib xalqning maʼnaviy ongini oshirishga va mafkuraviy salohiyatini koʻtarishga intildi. Jadidlarning bevosita rahbarligida Toshkentda “Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Xurshid”, “Sadoyi Turkiston”, Samarqandda “Samarqand”, “Oyna”, “Hurriyat”, “Shuʼlai Inqilob”, “Mehnatkashlar tovushi”, “Bolalar yoʻldoshi”, “Tayoq majmuasi”, davriy “Sharq”, “Yosh kuch”, “Zarafshon”, Buxoroda “Turon”, “Buxoroi Sharif”, Qoʻqonda “Sadoyi Fargʻona” kabi oʻnlab gazeta va jurnallar nashr etila boshlandi. Bundan koʻrinib turibdiki, oʻz davrining ijtimoiy-falsafiy tafakkuri milliy ozodlik xarakteriga ega boʻlgan. Shunday vaziyatda Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy harakatlardan biri – jadidlik vatanni mustaqillikka olib chiqish va milliy oʻzlikni anglash tadbirlaridan biri edi. Maʼlumki, milliy oʻzlikni anglash muayyan millatning ijtimoiy-tarixiy, maʼnaviy-madaniy hayotini, qadriyatlarini, shuningdek, tabiatini bilishdir. Jadidlik mana shunday maqsadlarni koʻzlab shakllandi va rivojlanib bordi.



2.1.MUSTAQILLIKGACHA BO’LGAN DAVR DRAMATURGIYASI



XIX asrning oxiri va XX asrning boshida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va falsafiy qarashlar eng avvalo millat yoshlarini tarbiyalash va yangicha koʻrinishdagi taʼlim tizimidan foydalanishni maqsad qilgan. Dastlab xususiy jadid maktablarini ochib yoshlarga taʼlim bera boshlagan boʻlsa, keyinchalik jadid maktablari shakllanishi keng quloch yozib bordi. Mintaqaning turli hududlarida oʻziga xos tarzda bunday maktablar ochila boshladi. Shu oʻrinda jadid maktablarining faoliyati haqida boʻlgan quyidagi fikrga eʼtibor bersak, “Biz turkistonliklar ham 15 yil boʻladirki, bu dunyoda oʻzgalardek taraqqiy va toliy etmak orzusi bilan yangi maktablar ocha boshladik. Yolgʻiz erkak bolalarimizni tarbiya etargʻa kirishdik, ammo qizlarimizning tarbiyasiga hozirgacha hech bir ahamiyat bermadik”1910-yili bu “usuli jadid”, yaʼni jadid maktablari yopildi. Ammo bu maktablarning yopilishi jadidlik harakatini susaytirolmadi, aksincha yanada rivojlanishi uchun xizmat qildi. Bundan “koʻrinib turibdiki, jadidlik keng ijtimoiy masalalar va maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surish maqsadida shakllangan ijtimoiy-falsafiy yoʻnalish boʻlgan”. Ammo jadidlik taʼlimotiga munosabat faqatgina mustaqillik yillarida oʻz mavqeini tiklab bordi.

Jadidlarning asosiy maqsadi dunyoviy ilmlarni egallagan yoshlarni tarbiyalash va ularning maʼnaviy ongini oshirish, oʻz vazifasini oʻtay olmay qolgan eskicha taʼlim tizimiga yangicha innovatsion gʻoyalarni singdirish edi. Bundan tashqari ular ijtimoiy hayot tarzini zamonaviy hayotga moslashtirish, milliy va zamonaviy armiyani joriy etish, diniy va dunyoviy, axloqiy normalarni inobatga olgan holda yangi qonunchilik konsepsiyasini ishlab chiqish va joriy etish, davlatning boshqaruv tizimini isloh etish, hududiy tarqoqlikni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, jamiyat rivojlanishining barcha sohalari uchun milliy kadrlarni tayyorlash, davlatlar bilan diplomatik aloqalarni va tashqi siyosat konsepsiyasini oʻrnatish kabi bir qancha masalalarni ilgari surdi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotining oʻziga xos xususiyati shundaki, A.Donish, Furqat, Muqimiy singari mutafakkirlar, Ibrohim Moʻminov taʼkidlaganidek, adolatning va inson aqlining tantanasiga qarshi tanqid bayrogʻini koʻtarib chiqdi. Bu bayroqni keyinchalik Behbudiy, Fitrat, Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Hamza va Choʻlpon kabilar yangi bosqichga koʻtardi.

“XX asrning avvalida jahon miqyosida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi voqealar, 1905 yilgi rus revolyusiyasi, Turkiston xalqlarining ongida demokratik tushunchalarning shakllanishi va rivojlanishiga katta turtki boʻldi. Bunday siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlar ijtimoiy tafakkurning taraqqiyotiga taʼsir etmay qolmadi. Yashirin bildirilgan demokratik talablar, maʼrifatparvarlik va vatanparvarlik gʻoyalari tobora oshkora bayon etiladigan va ayrim kishilarning hayot tarzi va maqsadlariga aylangan edi. Ana shu davrda shakllangan jadidlar ikki tomonlama tanqid ostida boʻlgan boʻlsa, keyinchalik Oktyabr toʻntarishidan soʻng jadidlar “qizil zambaraklar”dan oʻqqa tutildi” [8:33], demak ilgʻor fikrli jadidlar oʻz davrining qurboniga aylandi.

Turkiston jadidlarining tarixiga nazar tashlar ekanmiz turli adabiyotlarda ularga zamonasining muhitiga qarab oʻz taʼrifini berishgan. Masalan, jadidlarning faoliyati haqida Fayzulla Xoʻjayev birinchilardan boʻlib harakatni ikki yoʻnalishda boʻlganini koʻrsatib bergan: “Shunday qilib, sentabr revolyutsiyasi boshlanguncha Oktabr va uning oqibatlari tufayli vujudga kelgan jadidlar tashkilotlarining tabaqalanishi uzil-kesil rasmiylashdi, bu harakat bir-biridan butunlay boshqa boʻlgan ikki qismga boʻlindi: Uning birinchi qismi Buxoro Kommunistik partiyasiga kirib, oʻz taqdirini Oktabr revolyutsiyasi va jahon kommunistik harakatining taqdiri bilan, jahon sotsial revolyutsiyasi uchun kurash bilan qoʻshdi va birlashtirdi. Jadidlarning Oktabrgacha boʻlgan qismi esa fevralgachagi pozitsiyalarda qolib oʻzining millatchilik ideologiyasini tark etmadi”.

Turkistonda oʻz faoliyatini olib borgan jadidlar hududiy qatlamiga koʻra ham farqlangan. Masalan, Turkiston jadidlari, Buxoro jadidlari va Xiva jadidlariga ajratib tahlil qilsak, bularning asosiy maqsadlari ozodlik pozitsiyasiga yoʻgʻrilgan boʻlsa-da, ichki tuzilishida ayrim farqlarni ham koʻrish mumkin. “Turkiston jadidlari ham Buxoro jadidlari singari tabaqalanish yoʻlidan bordi. Turkiston jadidlarining katta qismi revolyutsiyani tushunmadi va uning ilgarigi milliy burjua ideologiyasida qolaverdi” [8:192]. Bundan koʻrinib turibdiki, jadidlarning faoliyati revolyutsiyadan oldingi va revolyutsiyadan keyingi bosqichlarga ajralgan. Masalan, Fargʻona vodiysidagi milliy harakatlar, Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar, Toshkentdagi ziyolilarning faoliyatlaridagi oʻzaro birlik va oʻziga xoslik holatlarini ham koʻrishimiz mumkin. Samarqandda vujudga kelgan maʼrifatparvarlik harakati ijtimoiy rivojlanishi natijasida jadidlikning siyosiy bosqichiga koʻtarildi. Oʻz davrining koʻzga koʻringan ijtimoiy-siyosiy oqimi sifatida jadidlik milliy oʻz-oʻzini anglashning oʻsishiga va milliy-ozodlik mafkurasining shakllanishi va taraqqiyotiga juda katta xizmat qildi.

Fikrimizning xulosasida Turkistonda vujudga kelgan jadidlikning asosiy bosh maqsadi jamiyat taraqqiyoti uchun lozim boʻlgan barcha sohalarda innovatsion gʻoyalarni joriy qilish edi. Bu bilan jadidlar xalqning yashash tarzini oʻzgartirishni, ularning maʼnaviy ongini rivojlantirishni asosiy maqsadlaridan biriga aylantirgan. Jadidlar Turkistonda milliy rivojlanish pozitsiyasining boshida jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotini taʼminlash gʻoyasini olib chiqdi. Ular siyosiy faoliyatida mustaqillik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maqsadni ilgari surdi. Bu harakatni biz jadidlarning Chor Rossiyasining tajovuziga qarshi qaratilgan kurashida koʻrishimiz mumkin. Jadidlar milliy rivojlanish bilan qaramlikka qarshi kurashmoq lozimligini angladi. Bu gʻoyalar jadidlar siyosiy faoliyatining asosini tashkil etdi. Shuning uchun jadidlar mazlum xalqni ozodlik kurashiga chorladi.

Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo‘lishini, millati farzandlarini sharafga to‘lganlar qatorida ko‘rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg‘oq farzandlari - «jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o‘z o‘quvchilari bilan yuzlashmoqda.



Xalq maʼnaviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, alaloqibat qatag‘onga uchraganlar haqida so‘z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Isʼhoqxon Ibrat siymolari ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ular o‘z asarlarida ko‘targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo‘y ko‘rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg‘otish uyg‘onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo‘q.«Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o‘qir ekan, kitobxon o‘zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun masʼul inson sifatida namoyon qilishga o‘zida jurʼat topadi.Jadid ruhida tug‘ilgan o‘zbek nashrlari. Milliy matbuotning ilk yillari haqidaO‘zbek matbuoti tarixi jadidchilik harakati va jadid ziyolilari nomi bilan tabiiy ravishda bog‘lanadi. Jadidchilik – ancha chuqur, murakkab, ziddiyatli, ayni damda yangiliklarga, ezgu orzu-niyatlarga, amaliy faoliyatlarga to‘la bir ijtimoiy-siyosiy, adabiy-ma'rifiy harakatdir.Jadid ziyolilari uchun eski usuldagi maktablarni isloh etish, badiiy adabiyotni yangi o‘zanga solish, teatr sahnasini ibratxonaga aylantirish naqadar muhim bo‘lsa, milliy matubot tashkili va taraqqiysi ham shu darajada ahamiyatli edi.Jadidlar zamonida matbuotdagi haq so‘zning kundalik hayotga, odamlarga, jamiyatga ta'siri kuchli bo‘ldi. Vaqtli matbuot odamlarning ijtimoiy hayotiga faol aralashmog‘i va dunyodan boxabar bo‘lmog‘i uchun zaruratga aylandi. Boshlab gazetalar oyda bir bora bazo‘r chiqdi; asta-asta haftalik va kunlik nashrlar shiddat bilan odamlar orasiga kirib bordi; sahifalaridagi maqola va ma'lumotlar ma'naviy ehtiyoj tusini oldi.Darhaqiqat, millat ma'naviyatini isloh etish, odamlarni ma'rifatli qilish, olamga ochiq nazar bilan boqishga o‘rgatish va mudroq tafakkurni uyg‘otishning eng asosiy omili sifatida jadidlar matbuotning qadrini baland ko‘tardi. Ular nazdida matbuot – fikrlar tilmochi, millat va el-yurt rivoji yo‘lida xizmatchi, odamlar ong-u shuurining quyoshi, har kimning vijdoniga tutilgan ko‘zgu bo‘lmog‘i lozim edi. «Ulfat» ko‘ngillar birligidan so‘z ochishi, «sado»lar ma'rifat va ma'naviyat, odobiyot va adabiyotning ovozi bo‘lishi kerak edi. Gazeta va jurnallar nomi shu ezgu niyatlarga moslab tanlandi.Turkistonlik ziyolilar o‘zlari gazeta chiqargunga qadar bir muddat Qrimga – Baxchasaroyga ko‘z tikishdi. Ismoilbek Gasprinskiyning «Tilda, fikrda, ishda birlik» degan g‘oyalariga havaslanib qarashdi. Jadidlar shu allomaning «Tarjimon» (1883-1914) gazetasini o‘qib, uning muxlisi va muhibiga aylanishdi.Gazetaning yo‘li, maslagi va maqsadi aniq edi: «Tarjimon» – har turli ish, ahvol va ixtilofga «haqqoniyat»va «mumkiniyat» jihatidan boqajakdir. «Tarjimon» tavhidi lison, tavhidi afkor va maorifi milliya masalalarida g‘ayrati doimiyda bo‘lajakdir. «Tarjimon» – har na so‘ylar va yozar bo‘lsa, bu kunda millatning anglami, idrok va qabul etishi suratda arz va bayon etajakdir».Garchand «Tarjimon»ning Turkistondan o‘quvchilari ko‘p bo‘lsa ham, bosilishining boshlarida turkistonlik yozuvchilar juda kam – onda-sonda ishtirok etdi. Biroq XX asrning o‘ninchi yillaridan boshlab Mahmudxo‘ja Behbudiy (Samarqand), Oxund mulla Mavdud Ohimov (Toshkand), Mirhusayn Mirrahimov (Qo‘qon), Abduqodir Shakuriy (Samarqand), Hoji Mu'in (Samarqand), Qozi Ziyouddin Mahmud ibn Domla va mudarris Fayzrahmat (Buxoro) kabilar qatnashadi.Mualliflar ba'zan maqola-xabar yozishsa, ayrim hollarda «Tarjimon»dan o‘zlarining eng muhim savollariga javob olish niyatida maktublar yo‘llaydi. Abdulhamid Cho‘lpon 1913 yili Ismoil Gaspinskiyga yozgan maktubida «Shalola», «Turk yurdi», «Shahbal», «Tarjimon», «Vaqt» va «Iqbol» kabi jadid qardoshlarning gazeta va jurnallarini yodga oladi, ularni o‘qib borayotganini aytadi. Turkiston ziyolilari «Tarjimon»dan juda mamnun bo‘ladilar. Deylik, shu mamnuniyatni toshkentlik shoir Karimbek Kamiy «Mo‘tabar «Tarjumon» va Ismoilbek Gasprinskiy janoblari haqqinda» degan she'rida izhor etdi. Unda gazetaning barchaga manzuru maqbul ekani, undan o‘quvchi «hilmu odobu maoshu ilmu fan» o‘rganishi mumkinligini ta'kidlab, «Har hurufi gul kabi, har nuqtasi g‘uncha misol, Xush tamosho istayanlarg‘a guliston «Tarjimon», deb yozdi. I.Gasprinskiy va «Tarjimon»ning to‘rt tarafga sochgan fikrlari, ilg‘or qarashlari, jadidona ruhiyatli fikrlari barchaning yuragidan birdek o‘rin oldi. Ulkan jadidshunos olim, professor Begali Qosimov o‘rinli ta'kidlaganidek, «uni Qashqardan Londongacha, Sankt-Peterburgdan Bombeygacha bilar edilar»; Gasprinskiyga ergashar va «Tarjimon»ini e'zozlar edilar.

Turkistonlik jadidlar «Tarjimon»dan bir necha yil tinimsiz saboq oldi. So‘ngra, 1906 yil 27 iyunda Ismoil Obidov muharrirligida birinchi o‘zbek gazetasi– «Taraqqiy» nashrdan chiqdi.

Turkistondagi bu yangilikni ham birinchi bo‘lib «Tarjimon» tabrikladi. «Turkistonning bunday taraqqiyparvar bir gazetaga ko‘pdan beri ehtiyoji bor edi», deb yozdi. Biroq «jadidlarning eng suyukli va to‘ng‘ich gazetasi»ning umri qisqa bo‘ldi. Yigirma soni chiqqandan keyin chor hukumati tomonidan yopib qo‘yiladi va «muharriri qamoqqa olinadi».

Shundan keyin Munavvar Qorining «Xurshid» (1906 yil sentabr), Abdulla Avloniyning «Shuhrat» (1907 yil dekbar) gazetalari nashr bo‘ladi. Biroq bu gazetalar faoliyati ham uzoqqa cho‘zilmaydi.

«Tarjimon» (1907 yil, 14-son) bu xususda ham yozdi: «Matbuotimizda taassuf bo‘lgan bir hol-da bordir: bu Toshkandda chiqqan «Taraqqiy» va «Xurshid» do‘stlarimizning taqiqlanishi. O‘rta Osiyo uchun rasmiy bo‘lgan «Turkiston gazeti» yetarli emas».

O‘z g‘oyalari, maslaklari targ‘ibi uchun naqadar foydali ekanini chuqur anglagan jadidlar gazetachilik jabhasida sa'y-u harakatdan to‘xtamadi. «Tujjor», «Osiyo», «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona», «Tirik so‘z» kabi gazetalar yonida Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Oyina» jurnali paydo bo‘ldi. 1913-1915 yillarda 68 soni bosildi.«Sadoi Turkiston»Ziyo Said jurnalning maqsadi islom millatining saodati va islohi, musulmonlarning madaniyati va zamonaviy fanlardan foydalanishlari yo‘lida xizmat qilishini yozar ekan, Behbudiyning «tavahhudi lisoniya» (turkiy tillarni birlashtirish) tarafdori ekaniga urg‘u beradi. Bu g‘oyaning ildizi ham «Tarjimon»ga borib taqaladi, albatta.«Oyina» jurnali o‘z vaqtida juda yuksak bir obro‘ga ega bo‘ldi, har bir o‘quvchining suyukli jaridasiga aylandi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning nashri xuddi «Tarjimon»dek ulkan va olamshumul bir missiyani ado qildi: ma'rifat tarqatdi, odamlarni fikr tarbiyasiga o‘rgatdi; yangi paydo bo‘lgan matbuot nashrlarini targ‘ib-tashviq qildi.

Behbudiy «Sadoi Turkiston» va «Sadoi Farg‘ona» gazetalarini «Turonning egizak farzandlari» deb atar ekan, gazetxonlarga shu nashrlarni o‘qish va ularga obuna bo‘lishni tavsiya etadi: «Millatg‘a iona va olib o‘qumoqlarini ojizona tavsiya etarmiz, chunki matbuot chirog‘ va niholdek bo‘lub, anga yog‘ va suv berib tarbiyat qilmaguncha, ma'zolloh, so‘nub qurumog‘i tabiiydur».


Download 79.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling