Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Download 79.66 Kb.
bet4/12
Sana13.02.2023
Hajmi79.66 Kb.
#1195476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mustaqillikgacha bòlgan davr dramaturgiyasi

M. Behbudiyning «Padarkush», A. Avloniyning «Advokatlik osonmi», «Pinak», «Biz va siz», «Ikki sevgi», Fitratning «Munozara», «Hind sayyohi», «Oila», «Yurt qayg‘usi», «Abulfayzxon», «Shaytonning tangriga isyoni», «Qiyomat», Hamzaning «Uyon, Vatan!», «Yig‘la, Turkiston», «Dardiga darmon istamas», «Turkiston», «Shundoq qolurmu», «Yangi saodat...», «Zaharli hayot...», «Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi», «Paranji sirlaridan bir lavha», «Istibdod qurbonlari», «Loshmon fojiasi», «Farg‘ona fojiasi», Qodiriyning «Uloqda», «Tinch ish», «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydi», ,,O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», Cho‘lponning «Buzilgan o‘lkaga», «Xalq», «Ko‘ngil», «Binafsha», «Go‘zal Farg‘ona», «Go‘zal», «Vahm», «Istash», «Galdir», «Bahorni sog‘indim», «Sirlardan», «Yorqinoy», «Kecha va kunduz» singari va boshqa yuzlab asarlar jadid adabiyotining yetuk namunalaridandir. Jadid adiblarining asarlarida insoniy taqdirlar, qismat fojialari millat ozodligi, inson erki, Vatan buyukligi muammolari fonida aks ettirildi. Jadid adabiyotida tarixiy adolat, siyosiy tenglik, shaxs va millat erki, xalqni g‘aflatdan uyg‘otish singari o‘tkir ijtimoiy muammolar juda ko‘p tasvirlandi. Jadidlarning vatan, millat, ozodlik yo‘lida jon fido etishga chorlab bitilgan olovli asarlari samimiy, ammo yuksak darajada ijtimoiylashgan shaxslarning nidolari edi. Bunday asarlarda millatning ulkan dardi ma’rifatli insonning shaxsiy fojiasi bilan birgalikda ifoda etilardi.

Tuyg‘ular samimiyati, iztirob ko‘lamining kengligi ruhiy dardlar teranligini oshirib, umumning dardi alohida shaxsning g‘ami, iztirobi darajasiga ko‘tarilardi. Odatda, ko‘pchilikning iztiroblari alohida shaxslarning dardlaridan baland turadi deb hisoblaniladi. Holbuki, dard xususiylashsagina umuminsoniy miqyos kasb etadi.


Jadid adabiyoti faqat mavzu jihatidan emas, balki ifodasiga ko‘ra ham ommaga yaqinlashtirildi. Badiiy asarlarda tasvir injaligi, ifodaning yangiligidan ko‘ra, zalvorli va keskin fikr aytishga e’tibor kuchaydi. She’riyat aruzga xos ohangdorlikdan chekinib, barmoqqa xos ochiqlikka erishdi. Kuylanishdan da’vatga aylandi.Aytish kerakki, sho‘rolar davrida o‘zbek adabiyotining mohiyati tubdan o‘zgardi. Lekin bu birdaniga sodir bo‘lmadi. 1917-yilgi oktabr to‘ntarishidan keyingi dastlabki davrlarda ham so‘z va ijod erkinligi bir qadar saqlandi. Sho‘rolar yetarlicha siyosiy va tashkiliy kuchga ega bo‘lmagani, uning g‘oyalarini kuylaydigan adiblar qatori hali shakllanmagani uchun badiiy adabiyotda nisbatan erkinlik bor edi. Eng iste’dodli ijodkorlar, tabiiy ravishda, millat va vatan ozodligi uchun kurashayotgan jadid yozuvchilari safida edi. Shuning uchun ham Fitratning «Abulfayzxon» dramasi, «Shaytonning tangriga isyoni», «Qiyomat» hikoyalari, Hamzaning «Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi», «Paranji sirlaridan bir lavha» dramalari, Qodiriyning «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydi», ,,O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», Cho‘lponning «Buzilgan o‘lkaga», «Xalq», «Ko‘ngil», «Binafsha», «Go‘zal», «Qalandar ishqi», «Galdir», «Sirlardan» she’rlari, «Yorqinoy» dramasi, «Kecha va kunduz» romani singari asarlar sho‘rolar davrida yaratilgan bo‘lsa-da, mohiyatan jadid adabiyoti namunalaridir.Chunki ular e’tiqodi va faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra jadid bo‘lgan, hayotni jadidchasiga badiiy idrok etadigan odamlar tomonidan yaratilgan edi.XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi oʻzbek adabiyoti ushbu davrda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi oʻzgarishlarni aks ettiradi. Bugungi kun adabiyotshunos olimlari va tanqidchilari oʻzbek adabiyoti rivojida yuz berayotgan oʻzgarishlarni anglab yetishga va ularga munosib baho berishga urinmoqdalar. “Sharq Yulduzi”, “Yoshlik”, “Tafakkur”, “Guliston”, “Oʻzbek tili va adabiyoti” kabi adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy ruhdagi yetakchi jurnallar, “Kitob dunyosi” gazetasi sahifalarida eʼlon qilinayotgan zamonaviy adabiy jarayonga bagʻishlangan bahs va munozaralar, chop etilayotgan qator maqolalar shundan dalolat beradi. Lekin shuni qayd etish kerakki, oʻzbek adabiy tanqidchiligida adabiyotning oʻz-oʻzini shakllantirishga urinishi borasida yakdil fikrlar yoʻq. Masalan, Hakimjon Karimov ilgari surgan paradigma1 inʼikos nazariyasiga va ijtimoiy-madaniy hamda adabiy tafakkurning rivojlanishida ong kategoriyasining roliga asoslanadi. Tadqiqotchi yozish uslubi rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini nasrning janr prinsipiga asosan boʻlinishidan kelib chiqqan holda koʻrsatib oʻtadi:1) adabiyotda gʻoya va mavzu maydonining kengayishi; 2) ijtimoiy, axloqiy, maʼnaviy, oilaviy masalalarga eʼtiborning kuchayishi; 3) insonparvarlik mazmuni va psixologizmning chuqurlashuvi; 4) oʻzbek xalqining oʻzligini tanishi va mentaliteti masalalariga murojaat etilishi; 5) hayot mazmunini falsafiy mushohada etish.X. Karimovning fikricha, mazkur yoʻnalishlarning barchasi yozish uslubining realistik va modernistik turiga asoslanadi. Adabiyotshunos olim voqealikning modernistik prinsipda aks ettirilishini oʻzbek adabiyotidagi sifat jihatdan yangi hodisa deya taʼkidlaydi. U “totalitar sharoitda mazkur estetik qarashlarni qoʻllash imkonsiz edi”, deya obʼyektiv sabablarni ham, “adabiyotda modernizmning barcha prinsiplari va uslublarini toʻla qoʻllay oladigan ijodkorlar hali yetishib chiqmagan edi”, deya, subʼyektiv sabablarni ham koʻrsatib oʻtadi. X. Karimov zamonaviy soʻz ijodkorlarining eng muvaffaqiyatli tajribalari ramz va majozlarga tayanganini taʼkidlaydi. Adabiyotshunos olim “Zamonaviy oʻzbek adabiyoti uchun muallifning dunyoni his etish konsepsiyalaridagi xilma-xillik, voqelikni anglashning yangicha shakllari paydo boʻlishi hamda adabiy obrazlarni milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan qayta anglash xosdir”, deya xulosa qiladi. Yoʻldosh Solijonov ham oʻzining zamonaviy adabiy jarayonlar konsepsiyasini adabiy janrlarning boʻlinish prinsipiga asoslangan holda tuzadi. Olimning taʼkidlashicha, zamonaviy oʻzbek adabiyoti “… Sharq adabiy anʼanalarini boyitgan holda jahon adabiyoti tendensiyalarini oʻzlashtira boshladi”2. Lekin, deya taʼkidlaydi Y. Solijonov, jahon adabiyoti anʼanalari oʻzbek badiiy asarlarini yaratishda mustahkam poydevorga aylanib ulgurmadi.

Qator adiblar ijodida “bozor sharoitidagi inson taqdiri” mavzusi ustuvor muammo sifatida ajralib koʻrinadi. Ularning asarlaridagi bosh qahramon bozor munosabatlariga moslashib olgan yoki “ortiqcha odam”ga aylangan kishidir. Y. Solijonovning fikricha, “har bir adib yolgʻizlik fojiasini oʻzicha ochib beradi”. Olim Tohir Malik, Xurshid Doʻstmuhammad, Zulfiya Qurolboy qiziVa boshqa bir qator adiblarni sanab oʻtar ekan, quyidagi belgilariga koʻra, zamonaviy badiiy asar yaratishda oʻzbek adabiyoti uchun yangilik boʻlgan oʻziga xos tendensiyalarni keltirib oʻtadi. Bular: 1) nasihatgoʻylikdan qochish; 2) zamonaviy jamiyatda ayol rolining oʻzgarganligiga urgʻu berish, ikki yoʻl oʻrtasida turgan ayolning ruhiy kechinmalarini yaratish; 3) ijtimoiy-madaniy, gʻoyaviy-axloqiy tiplarning yonma-yon, bir-birlariga ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatib yashashi; 4) oʻzbek xalqining sobiq shoʻrolar davridagi hayotini mushohada qilishga urinish; 5) joʻshqin syujetlarga intilish (“bozor adiblari” va “bozor adabiyoti”ni yaratgan salbiy tendensiya sifatida); 6) tasviriylik va publitsistikaga moyillik.

G. Garipova XXI asr adabiy jarayonini “adabiy jarayon taraqqiyotining yangi bosqichi boʻlib, u milliy adabiyot tarixining barcha davrlarini qamrab oldi” deb taʼriflaydi. Biroq XX-XXI asrlar boʻsagʻasida “XX asr (adabiy jarayon 20-80-yillar oxirini “shoʻro” davri deya belgilagan) milliy badiiyati bilan mumtoz adabiyot anʼanalari, asr boshidagi oʻzbek badiiy “yangiligi” va jahon badiiy anʼanalari hamda amaliyoti oʻrtasidagi uzilish yengib oʻtildi”, degan mulohazasi bilan tadqiqotchi oʻz fikriga oʻzi qarshi chiqadi.


Download 79.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling