Tadqiqotchi XX asr oxiri – XXI asr boshi oʻzbek adabiy jarayoni rivojlanishining quyidagi tendensiyalarini koʻrsatib oʻtadi: 2) ijtimoiy-shaxsiy muammolardan shaxsiy-maishiy muammolarga koʻchish; 3) yangicha mifologik yozish uslubini yaratgan ramzlardan foydalanish (bu ramzlar Sharqning oʻziga xos xususiyatlari va milliy anʼanalariga (masalan, zardushtiylik obrazlari, xalq asotirlari va shu kabilar) asoslangan); 5) real voqelikning sunʼiy inʼikosi boʻlgan, “abadiy olam” yaralishi haqidagi diniy-afsonaviy model elementlari syujetdan tashqari unsurlar sifatida “purkab qoʻyilgan” asarlar, shuningdek, reallik va afsonaviylik oʻrtasidagi syujet chegaralari boʻlmagan, syujet liniyasi turli xil afsonaviy tuzilmalar (afsona, rivoyat, hikoyat) bilan uygʻunlashgan asarlarning yaratilishi; 6) “… oʻzgacha koʻrinishdagi tahliliy psixologizm”ni vujudga keltirgan chuqur majozlashtirish tendensiyasi. G. Garipova xulosa oʻrnida “oʻzbek ijodkorlari oʻz asarlariga modernizm va neorealizm elementlarini olib kirishdi” va “adabiy jarayon rivojlanishidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri realizm oqimidir” degan ikki gʻoyani ilgari suradi. Zamonaviy adabiy jarayonda turlicha uslublar, janrlar va bugungi voqelikni haqqoniy aks ettira oladigan tasviriy-ifoda vositalarining yangilanishi bilan ifodalanuvchi gʻoyaviy-estetik tendensiyalarning paydo boʻlishi shu bilan izohlanadi. Mazkur tendensiya oʻzining axloqiy-gʻoyaviy tayanchlarini oʻzbek xalqining shonli oʻtmishidan izlaydi.Fikrimizcha, oʻzbek adabiyoti bugungi kunda murakkab va individual taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtmoqda. Nazarimizda, bu bosqichda uchta davrni ajratib koʻrsatish mumkin:“Oʻtish” davri (XX asrning 80-yillar oxiri – 90-yillar). Bu davr qator omillar bilan belgilanadi:– mumtoz merosning (XII-XIX asrlar adabiyoti) tiklanishi, oʻz vaqtida taʼqiqlangan ijodkorlar Choʻlpon, Fitrat, Behbudiy va jadid adabiyoti vakillari asarlarining chop etilishi munosabati bilan oʻzbek adabiyoti tarixidagi “oq dogʻ”larning yoʻq boʻlishi;Jadid teatrlari XIX-XX asrlarda Oʻzbekiston hududida paydo boʻlgan, bu teatrlarning Oʻzbek milliy teatrlarining koʻp jihatidan yuksalishida katta ahamiyatga ega. 1911-yil Turkiston hududida ilk drama asarlar sahnalashtirilgan. Misol qilib olganda Behbudiyning „Padarkush“ spektakli, „Mahramlar“ nomi bilan mashhur boʻlgan A.Samadovmning spektakllarini eʼtiborga loyiq asarlar sifatida olish mumkin. Bular ichida padarkush spektaklini yaqqol ajratib olsa boʻladi, chunki oʻsha davrda uning gʻoyaviy ahamiyati juda katta boʻlgan. Samarqand shahrida birinchilardan boʻlib yangi Oʻzbek jadid teatri ish boshladi, uni ochilishida va qurilishida Mahmudxoʻja Behbudiyning xizmatlari juda katta boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |