Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


XX ASR 30-YILLAR DRAMATURGIYASI


Download 79.66 Kb.
bet9/12
Sana13.02.2023
Hajmi79.66 Kb.
#1195476
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mustaqillikgacha bòlgan davr dramaturgiyasi

2.2.XX ASR 30-YILLAR DRAMATURGIYASI

O'zbek adabiyotida dramaturgiya janrining paydo bo'lishi, yuqorida qayd etilganidek, jadidchilik harakati bilan bog'liq. Ma ’lumki, o'zbek adabiyoti ko'p asrlik boy tarixga ega bo'lsada, mumtoz adabiyotimizda hozirgi ma ’nodagi dramaturgiya yo'q edi. Milliy dramaturgiya XX asrning 10-yillarida paydo bo'ldi va 20-yillardayoq muhim yutuqlarni qo'lga kiritdi.

Hamza Hakimzoda ≪Boy ila xizmatchi≫, ≪Maysaraning ishi≫, ≪Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi≫ singari sahna asarlarini yaratib, o'zbek dramaturgiyasining bunyodkorlaridan biriga aylandi. 20-yillar dramaturgiyasi xazinasiga Fitrat ham salmoqli ulush qo'shgan. Fitratning ≪Chin sevish≫, ≪Hind ixtilolchilari≫, ≪Abulfayzxon≫, ≪Shaytonning tangriga isyoni≫, ≪Arslon≫ kabi dramatik asarlari shu davrning mahsuli bo'lib. ularda xalq va mamlakat hayotiga taalluqli bo'lgan rang-barang mavzular aks ettirilgan. Bu pyesala rda Fitratning ist e'dodli dramaturg bo'lganligi yaqqol seziladi.

20-yillarda Komil Yashin. Ziyo Said. Xurshid, G'ulom Zafariy kabi yoshlar ham dramaturgiya sohasida ijod qildilar. K. Yashin avval ≪Kar quloq≫, ≪Teng tengi bilan≫, ≪Lolaxon≫ singari kichik sahna asarlari yozib, bu janrda malaka hosil qilgach, yirik dramalar yaratishga kirishdi. G'u lom Zafariy esa ≪Yetim va yetima≫, ≪Tilak≫, ≪Bahor≫, ≪Binafsha≫, ≪Halima≫ kabi pyesalarida ijtimoiy hayotdagi turli voqealarni kishilar taqdiri misolida aks ettirdi. Bu asarlarda eski urf-odatlar fosh etilib, o'sha davrning muhim g'oyalari ifodalandi.

G'ulom Zafariy asarlari orasida ≪Halima≫ musiqali dramasi badiiy pishiqligi bilan ajralib turadi. Pyesada badavlat oila farzandi Halima bilan kambag'al kosib yigit Ne ’matning ehtirosli sevgisi. ijtimoiy tengsizlik va eski urf-odatlarning to'sqinligi tufayli bu ikki yoshning o'z murodlariga yeta olmay, taqdirlari fojiali bo'lganligi ta’sirli ko'rsatilgan. ≪Halima≫ 20-villarning mashhur pyesalaridan biri bo'lib. u musiqali drama janrining o'zbek adabiyotidagi dastlabki yaxshi namunalaridan hisoblanadi.


Download 79.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling