Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Download 79.66 Kb.
bet10/12
Sana13.02.2023
Hajmi79.66 Kb.
#1195476
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mustaqillikgacha bòlgan davr dramaturgiyasi

Zivo Said va Mo'minjon Muhammadjon o'g'lining ≪Qonli kun≫ dramasida o'lkamizda 1916-yiIda bo'lib o'tgan milliy ozodlik harakati voqealari ko'rsati lgan. Lekin asarda qo'zg'olonning ijtimoiy ildizlari chuqur ochilmagan. Bu davrda mumtoz adabiyot va xalq og'zaki ijodida mavjud bo'lgan sujetlar asosida ham pyesalar yaratilgan. Xurshid Alisher Navoiy dostoni asosida ≪Farhod va Shirin≫. Fuzuliy asari asosida ≪Layli va Majnun≫ musiqali dramalarini yozdi.

Cho'lpon esa folklor sujeti asosida ≪Yorqinoy≫ dramasini yaratdi 20-yillarda she'riyatda va nasrda bo'lganidek,dramaturgiyada ham mafkuraviy kurash avj oldirildi. Ana shu keskin kurash jarayonida yangi o'zbek drama turgiyasi shakllanib. dastlabki yutuqlarni qo'lga kiritdi. Bu muvaffaqiyatlar mavzu doirasining kengligi. Ifodaning ta'sirchanligidagina emas, balki shakl va janr rang-barangligida ham namoyon bo'ldi. Darhaqiqat. 20-yillar dramaturgiyasida drama, musiqali drama, komediya, fojia (tragediya) janriga mansub sahna asarlari yaratildi.

20-yillarda dramaturgiya sohasida, asosan, Hamza, Fitrat, Cho' lpon, G'ulom Zafariy. Xurshid. A. Avloniy faol ijod qilgan bo'ls alar , 30-yillarda ularning an’analarini Komil Yashin, Sobir Abdulla, Zivo Said, Zinnat Fatxullin, NazirSafarov, Umarjon Ismoiliy, Ismoil Akram va boshqalar davom ettirdilar.

30-yillardagi o'zbek dramaturgiyasi taraqqiyotida K. Yashin yetakchi rol o'ynadi. Bu yillarda K. Yashin turli mavzularda ≪Gulsara≫, ≪Nomus va muhabbat≫, ≪Nurxon≫, ≪Hamza≫ singari g'oyaviy-badiiy pishiq asarlar yaratdi. ≪Gulsara≫ va ≪Nurxon≫ pyesalarida xotin-qizlar ozodligi mavzusi yoritilgan.

≪Nomus va muhabbat≫. ≪Hamza≫ drama lar ida esa yangi jamiyat va yangi inson muammosi ko'tarilgan, zamona qahramoni obrazlari yaratilgan. 30-yillardagi o'zbek dramaturgiyasi rivojida Ziyo Said va N.Safarovning ≪Tar ix tilga kirdi≫. Z. Fatxullinning ≪G'unchalar≫. ≪Sotqinlar≫, N. Safarovning ≪Uyg'onish≫,

I. Akramning ≪Adolat≫, U. Ismoiliyning ≪Rustam≫, ≪Paxta shumg'iyalari≫ kabi pyesalari ham muhim o'rin tutdi. Bu asarlarning aksariyati (≪Tarix tilga kirdi≫. ≪Sotq inlar≫, ≪G'unchalar≫, ≪Paxta shumg'iyalari≫) zamonaviy mavzularga bag'ishlangan.


Download 79.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling