Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi
Download 0.66 Mb.
|
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`LCHASH VA NATIJALARNI HISOBLASH
LABORATORIYA ISHI № 10
AMPERMETRNI DARAJALASH Ishning maqsadi: Ampermetrni darajalash. Kerakli jihozlar: Ampermetr, tok manbai, voltmetr, reostat, etalon ampermetr, qarshiliklar magazini, kalit, simlar. NAZARIY TUSHUNCHA Har qanday asbob bilan biror fizik kattalikni o`lchash uchun, avvalo bu asbobning to`g`ri yoki noto`g`ri ishlashini tekshirib ko`rish zarur. Asbob shkalasida ma’lum sonlar bo`ladi. Asbob shkalasi bo`limlari bilan shu asbob yordamida topiladigan kattalikning qiymatlari orasidagi munosabatni topish asbobni darajalash deyiladi. Agar tekshiriladigan ampermetr yopiq zanjirga ketma-ket ulangan bo`lsa, uning ko`rsatishi zanjirdagi tok kuchidan oz bo`ladi, chunki ampermetrning ichki qarshiligi zanjir qarshiligiga qo`shiladi. Shu sababdan, oldin ampermetrning ichki qarshiligini topish kerak. Ampermetrning ichki qarshiligini topish uchun asboblarni 1-rasmda keltirilgan sxema bo`yicha ulash kerak. K kalitni birlashtirsak, A1 etalon ampermetrning strelkasi o`z shkalasi bo`yicha ma’lum bir bo`limni ko`rsatadi. Sxemaning boshqa tomonlariga tegmasdan A2 ampermetrni uzib, o`rniga R qarshiliklar magazinini ulaymiz. 1-rasm Shundan so`ng qarshiliklar magaziindan A1 etalon ampemetrning oldingi ko`rsatishi o`zgarmaydigan qilib qarshilik tashlanadi. SHu tartibda tajribani bir necha marta takrorlash kerak. Lekin har galdagi tajribadagi R ning qiymati har xil bo’lishi mumkin, shuning uchun topilgan R1, R2,... Rn larning o`rtacha arifmetik qiymati olinadi. R larning o`rtacha Ro qiymati tekshirilayotgan A2 ampermetrning ichki qarshiligiga teng bo`ladi, ya’ni: bu yerda n - tajribaning takrorlanish soni, R0-A2 ampermetrning ichki qarshiligi. O`LCHASH VA NATIJALARNI HISOBLASH Asboblar 2-rasmda tasvirlangan sxema asosida simlar bilan ulangan dan keyin, 2-rasm zanjir K kalit yordamida ulanadi. Bunda R ni shunday tanlab olish kerakki, A2 ampermetr zanjirdan juda oz tok o`tayotganini ko`rsatsin. Bu tajriba qarshiliklar magazini yordamida turli qiymatli qarshiliklar bilan bir necha marta takrorlanishi kerak. Qarshiliklar magazinining R qarshiligi kamaytirila borilsa, A2 ampermetrning ko`rsatishi ko`paya boradi. Shu tartibda A2 ampermetr shkalasining barcha raqamlariga tegishli qarshiliklarni aniqlangandan so`ng, R ning qiymati yana asta-sekin ko`paytiriladi. Bunda A2 ampermetrning ko`rsatilishi albatta, kamaya boradi. Shundan so`ng har bir bo`limga to`g`ri keluvchi tokning haqiqiy qiymatlarini ifoda yordamida hisoblang. Bunda R magazindan tanlangan qarshilikning qiymatlari. Tajribadan olingan hamma natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:
Jadvaldagi I va I larning har xil bo`lishi asbobning noto`g`ri ko`rsatishini bildiradi: Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling