Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi
Download 0.66 Mb.
|
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar.
- Kerakli jihozlar
Ishni bajarish tartibi.
1. Simda qo’zg’aluvchi kontaktlar orasini 12-14 sm masofada qilib qotiring va simning diametri d ni o’lchang. 1-rasm 2. Manbani elektr tarmog’iga ulang. Kalitni yoqish vaziyatiga burang. 3. Millivoltmetr va milliampermetr ko’rsatishlarini yozib oling. 4.Qo’zg’aluvchan kontaktlar orasidagi masofa l ni har bir 2 sm ga yaqinlashtirib, ularning vaziyatga mos kelgan millivoltmetr va milliampermetrlarining ko’rsatishini jadvalga yozib boring. 5. har bir l o’lchashga mos kelgan ni (2) formuladan hisoblab jadvalga yozing. 6. Solishtirma qarshilikning o’rtacha qiymati ni va uni aniqlash xatosi ning o’rtacha qiymatlari jadvalga yozing.
7. Solishtirma qarshilikning qiymatlarini Ko’rinishida yozing. Nazorat uchun savollar. 1. Qarshilik nima? 2. Solishtirma qarshilk deb nimaga aytiladi? 3. Nima uchun har xil moddalar uchun turlicha? 4. Om qonunini ta'riflang. 5. Metallarning qarshiligi va solishtirma qarshilik kanday kattaliklarga bogliq? LABORATORIYA ISHI №8 YARIM O’TKAZGICHLI DIODNING BIR TOMONLAMA O’TKAZUVCHANLIGINI O’RGANISH. Ishning maqsadi: Yarim o’tkazgichli diodning bir tomonlama o’tkazuvchanligini o’rganish. Kerakli jihozlar: Laboratoriya stendi 17-03L; RU-voltmetr; PV - voltmetr; PA - ampermetrlar, GT - tok manbai, V1; V2 - diodlar; KD 103A; panel 17 L-03/11, simlar. Nazariy muqaddima Yarim o’tkazgich kristallidagi n-tip soha bilan p-tip soha orasidagi chegaraga elektron-teshikli o’tish yoki p-tip o’tish deyiladi. Kristallni zanjirga shunday ulaymizki, bunda tashqi maydon o’tish maydoniga qarama-qarshi yo’nalgan bo’lsin. p-n – o’tishda maydon zaifroq bo’ladi va asosiy tashuvchilari o’tish sohasi orqali intiladi. Natijada o’tish sohasi orqali tok kuchi o’tadi. Bunday olda qo’yilgan kuchlanish va tok to’g’ri deyiladi. Kuchlanish orttirilganda tok kuchi tez ortadi. Endi kristallga teskari qutbli kuchlanish beraylik. Tashqi maydon p-n – o’tishda maydonni kuchaytiradi va asosiy tashuvchilarning o’tishi orqali, oqimlari ancha kamayadi. Ushbu holda qo’yilgan kuchlanish va tok teskari kuchlanish tok deyiladi. To’g’ri kuchlanishda p-n – o’tishdan o’tayotgan tok teskari kuchlanishdagiga qaraganda million marta katta bo’lar ekan. Bu shuni ko’rsatadiki, p-n – o’tish ventiliga o’xshab ishlar ekan. Ya'ni tokni bitta yo’nalishda o’tkazar va tokni teskari yo’nalishda o’tkazmas ekan. Demak, p-n – o’tishli kristallni o’zgaruvchi tok zanjiriga nagruzka R - qarshiligi bilan ketma-ket ulansa u holda, bu qarshilikdagi tok amalda yo’nalishi bo’yicha o’zgarmas bo’ladi. Shuning uchun p-n – o’tishli kristallga yarim o’tkazgichli diod deyiladi. Yarim o’tkazgichli diodlarning F.I.K. katta 98% o’lchami kichik va ishlash muddai katta. Yarim o’tkazgichli diodlarning kamchiligi yuqori temperaturada ular ishining yomonlanishidir. Yarim o’tkazgichli diodlarda teskari temperatura ortishi bilan tezda ortadi: kremniyli diodlar taxminan 200 0C temperaturada tokni to’g’rilashdan to’xtaydi, germaniyli diodlar esa chegaraviy temperatura bundan ham kichik. Pirovardida yarim o’tkazgchli diodni tarmoqqa nagruzka qarshiliksiz ulash mumkin emas. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling