Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi
Download 0.66 Mb.
|
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI
LABORATORIYA ISHI №6
KONDENSATORLARNING ELEKTR SIG`IMINI ANIQLASH Ishning maqsadi: Kondensatorlarni elektr sig`imini aniqlash va ularni ketma-ket hamda parallel ulash usullari bilan tanishish. Kerakli jihozlar: Sig`imi aniqlanishi kerak bo`lgan kondensator, sig`imi aniq bo`lgan kondensator, voltmetr, ampermetr, reostat, ulash simlari. Nazariy muqaddima Kondensator deb, bir xil shaklga ega bo`lgan va bir-biridan ma’lum masofada joylashgan qarama-qarshi ishorali teng miqdordagi zaryad bilan zaryadlangan ikkita o`tkazgich sistemasiga aytiladi. Bir-biridan dielektrik qatlami bilan ajratilgan ikkita parallel metall plastinka yassi kondensatorning qoplamalari deyiladi. Kondensator zaryadining plastinkalari potensiallar ayirmasiga nisbati bilan o`lchanadigan kattalik kondensatorning sig`imi deyiladi. C = (1) Bir nechta C1,C2,...,Cn sig`imli kondensatorlar berilgan bo`lsa, ularni o`zaro ketma-ket va parallel ulash natijasida kerakli sig`imlarni hosil qilish mumkin. Kondensatorlar ketma-ket (1-rasm) ulanganda natijaviy sig`im (2) parallel ulaganda esa (2-rasm) C= (3) Ifodalar bilan hisoblanadi. 1-rasm 2-rasm O`zgarmas tok zanjiriga kondensator ulanganda tok kondensator qoplamalari orasidan o`tmaganligi sababli u cheksiz katta qarshilik rolini o`ynaydi. Kondensator o`zgaruvchan tokka ulanganda uning qoplamalari navbat bilan zaryadlanishi va razryadlanishi natijasida tashqi zanjirdagi o`zgaruvchan tokni tanlab turadi. Shunday qilib kondensator o`zgaruvchan tok zanjiri uchun chekli qarshilik bo`ladi, bu qarshilikga sig`im qarshilik deyiladi. Faraz qilaylik S sig`imi bo`lgan kondensator sinusoidal o`zgaruvchan elektr yurituvchi kuch manbaiga (3-rasm) ulangan bo`lsin. Bunda manba va kondensatorni tutashtiruvchi o`tkazgichlarning aniq qarshiligi juda kichik bo`ladi. Bu vaqtda kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish berilgan e.yu.k. ga teng bo`ladi: Uc = = msin t (4) Vaqtning istalgan momenti uchun q=CUc=Cm sint (5) ifoda o`rinlidir. 3-rasm 4-rasm Agar kondensatorning zaryadi dt vaqt ichida dq ga o`zgargan bo`lsa, o`tayotgan tok quyidagicha ifodalanadi: I= Zanjirdan o`tayotgan o`zgaruvchan tokning amplituda qiymati: Im= m C (6) bundan (7) Bu ifodani o`zgarmas tok uchun Om qonuni ifodasi U=IR bilan solishtirsak kattalikning qarshilik ekanligi ko`rinadi. Bu qarshilik Rc bilan belgilanib sig`im qarshiligi deyladi Rc= (8) Agar 4-rasmda ko`rsatilgan sxemadandan foydalansak, Om qonuniga asosan kondensatorning sig`im qarshiligi Rc= bo`ladi. (8) formulaga asosan Rc= bu ifoda = 2 v; (9) Bu yerda U va I mos ravishda V-voltmetr va A-ampermetrning ko`rsatishi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling