Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi
Download 0.66 Mb.
|
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- LABORATORIYA ISHI №5 MATERIALNING ELASTIKLIK MODULINI ANIQLASH Ishning maqsadi
- Nazariy muqaddima
- Cho’zilish diagrammasi.
SINOV SAVOLLARI
1. Ho’llash hodisasini tushuntiring. 2. Kapillyar hodisalar deb nimaga aytiladi? 3. Suyuqlikning kapillyarda ko’tarilish balandligi qanday formula bilan aniqlanadi? 4. Laplas bosimi deb nimaga aytiladi? 5. Kapillyarlik deb nimaga aytiladi? LABORATORIYA ISHI №5 MATERIALNING ELASTIKLIK MODULINI ANIQLASH Ishning maqsadi: Guk qonunini tajribada o’rganish. Kerakli jihozlar: tarozi (toshlari bilan). Shtangensirkul yoki millimetrli metall chizg’ich. Shtativ. Uzunligi 30-40 sm bo’lgan rezina tasma va yordamchi aslahalar. Nazariy muqaddima Tashqi kuch ta'sirida jism shakli va o’lchamlarining o’zgarishiga deformatsiya deyiladi. Tashqi ta'sir kuchi jismdan olingandan so’ng, shu jism o’zining avvalgi shakliga qaytsa, bunday deformatsiya elastik deformatsiya deyiladi. Deformatsiyalangan jismning holati kuchlanish deb ataladigan maxsus kattalik bilan tavsiflanadi. Son qiymati jiatidan F elastiklik kuchi modulining shu jism ko’ndalang kesim yuzi esa S ga nisbatiga teng fizik kattalik kuchlanish deyiladi va uni quyidagicha yoziladi: (1) Xalqaro birliklar sistemasi (SI) da kuchlanish birligi sifatida 1Pa= 1 N/m2 qabul qilingan. Elastiklik kuchi S yuzaga tik yoki urinma holatida yo’nalgan bo’lishiga qarab, uni normal yoki urinma kuchlanish deb yuritiladi. Cho’zilish diagrammasi. Cho’zilish deformatsiyasini tadqiq etish uchun tadqiq etiladigan materialdan yasalgan sterjen maxsus qurilmalar yordamida cho’zib ko’riladi. Bunda, namunaning uzayishi va unda paydo bo’ladigan kuchlanish o’lchanadi. Tajriba natijalariga asoslanib, kuchlanishning nisbiy uzayishiga bog’lanish grafigi chiziladi. Bu grafik cho’zilish grafigi deyiladi. Cho’zilish diagrammasi hamma jismlar uchun doim bir xil ko’rinishda bo’lmasligi mumkin. Guk qonuni. Tajribaning ko’rsatishicha, deformatsiyalar juda kichik bo’lganda kuchlanishning nisbiy uzayishiga to’g’ri proporsional. Buni quyidagicha yozish mumkin: (2) bu formulada nisbiy uzayishning moduli olingan, chunki Guk qonuni cho’zilish deformatsiyasi ham, ε< 0 bo’ladigan siqilish deformatsiyasini ham qoniqtiradi. Guk qonunining ifodasida qatnashadigan E proporsionallik koeffitsiyenti elastiklik moduli yoki Yung moduli deb ataladi. Yung moduli (2) formuladan aniqlanadi. Xrom - nikelli po’lat uchun E=2,1·1011 Pa, alyuminiy uchun E=7·1010 Pa. E qancha katta bo’lsa, boshqa parametrlar bir xil bo’lganda sterjen shunchalik kam deformatsiyalanadi. Formula shaklida yozilgan Guk qonunini yana boshqa ko’rinishda yozish mumkin. Buning uchun formulaga va (3) ifodalarini qo’yib, quyidagi tenglik hosil qilinadi: (4) bunda: (5)- namunaga ta'sir etayotgan kuch; - o’rganilayotgan jism bikrligi. U holda (6) shunday qilib, sterjenning k bikrligi Yung moduli bilan sterjen ko’ndalang kesimi yuzining ko’paytmasiga to’g’ri va sterjenninguzunligiga teskari proporsional. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling