Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi


Labaratoriya ishlarini bajarishning


Download 0.66 Mb.
bet2/35
Sana11.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1698524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI

Labaratoriya ishlarini bajarishning
maqsadi va vazifalari .

Ma'lumki, barcha tabiiy fanlar singari fizika tabiat hodisalarini o’rganadi. Tabiat hodisalaridan esa ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishda fan va texnika yutuqlarini qishloq xo’jaligining turli tarmoqlariga joriy qilishda keng ko’lamda foydalaniladi.


Fizika fanini o’rganishda laboratoriya ishlarini bajarish muhim o’rin tutadi. Laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha mashg’ulotlar paytida talabalar o’z bilimlarini oshirishlari, olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashlari, fizikaning asosiy tushunchalari va qonunlarini chuqurroq tushunish va anglab olishga erishishlari, eksperimental masalalar echish malakalari va ko’nikmalarini osil qilishlari, fizik asbob va йurilmalar, shuningdek, o’lchov asboblari bilan ishlashni, kuzatish va tajriba natijalarini ishlab chiqishni o’rganishlari lozim .
Laboratoriya ishlarini bajarishga tinglovchi avvaldan tayyorgarlik ko’rishi, buning uchun esa u ishning tavsifi bilan tanishib, konspekt yozishi, shuningdek, ishni bajarishda foydalaniladigan adabiyotlar bilan tanishishi lozim.
Ushbu qo’llanmada laboratoriya ishlarining tavsifi quyidagi tartibda berilgan: nazariy qism, ishning maqsadi, asbob va materiallar, ishni bajarish tartibi, savol va topshiriqlar, adabiyot. Bu esa talabaga darslik va qo’llanmalarga murojaat qilmasdan ishni bajarishga tayyorlanish imkonini beradi.
Kasb hunar kollejlarida butun guruhni bitta ish bilan mashg’ul qilishga ko’pincha imkoniyat bo’lmaydi. Bu holda guruhni bir qancha zvenolarga bo’lib, har bir zvenoga alohida laboratoriya ishini bajarishni taklif qilish mumkin. Binobarin, tinglovchilarning ayrim laboratoriya ishlarini bajarish muddatlari bilan unga tegishli nazariy materialni leksiyada bayon qilish muddatlari bir-biriga mos kelmaydi. Ana shu hollarda ish tavsifini yuqorida keltirilgan tartibda tuzish muhim ahamiyat kasb etadi.

Talaba mashg’ulotdan so’ng olingan natijalarni va xatoliklarni hisoblab chiqadi, xatolikni hisobga olgan holda natijani yozib qo’yadi. Ishni bajarishda grafik chizish kerak bo’lsa, buni millimetrli qog’ozda amalda oshirish, shuningdek laboratoriya daftariga fizik asboblarning texnik harakteristikalari haqidagi ma'lumotlarni yozib qo’yish maqsadga muvofiqdir.


Har bir bajarilgan laboratoriya ishi yuzasidan talaba hisobot topshiradi. Bunda u ishning maqsadi, tafsiloti, bajarilish tartibi, asbob uskunalar bilan ishlash qoidalari, olingan natijalarning tahlili kabi masalalar, shu bilan birga, ishning tavsifi oxirida keltirilgan savollarga berilgan javoblari va topshiriqlarni qanday bajarganligi aks etishi lozim .



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling