Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi
Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
Download 0.66 Mb.
|
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISHNI BAJARISH TARTIBI
Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
Rasmda ko’rsatilgan ballistik to’pponcha qurilmaning asosi hisoblanadi. To’pponcha a spiral shaklidagi prujinadan iborat bo’lib uning ichidan tepki vazifasini bajaruvchi b sterjen tstgan jismning otilish burchagini ko’rsatuvchi taxtacha to’pponcha korpusining bosh qismiga qotirilgan. To’pponchaga yana qisqich orqali jismning otilish burchagini rostlashga mo’ljallangan o’yiq kanallit metall o’zak mahkamlangan. Otiladigan jism to’pponcha stoliga tushiriladi va tepki vazifasini o’tovchi ilgak yordamida prujina siqiladi. 2-rasm Ilgakni 900 burchakka burib, kesikka tushiriladi. To’pponchaning ustiga o’z o’qiga erkin 450 burchakka burila oladigan kesikli tepki o’rnatilgan. Tepki chap tomonga burilganida uning kesigiga joylashgan ilgakni surib to’pponcha kesigidan chiqadi. Shunda erkin sterjen uchi prujinaninng elastiklik kuchi hisobiga oldinga karab keskin harakatlanadi va sharni zarb bilan durtadi. Shar shu kuch hisobiga otiladi. ISHNI BAJARISH TARTIBI 1. Ballistik to’pponchani shtativga berilgan α (300, 450, 600,) burchak ostida o’rnating va polga qo’ying. 2. Sinov o’qini otib, uning borib tushish sohasini aniqlang va masofani o’lchash uchun kuzatuvchi qo’ying.
3. Berilgan burchak ostida to’pponchani oting, bunda kuzatuvchi o’qining borib tushish joyini bo’r bilan belgilaydi va sx masofani o’lchaydi. 5. Har bir burchak qiymati uchun tajribani 3 marta o’tkazib, Sx larni o’lchab, o’rtasini toping va jadvalga yozing. 6. Boshlanhich tezlik qiymatlarini (8) formuladan aniqlab, o’rtacha qiymatini hisoblab jadvalga yozing. 7. Boshlangich tezlikning o’rtacha qiymati uchun maksimal ko’tarish balandligi H (4) formula yordamida aniqlang. 8. Tezlikni aniqlashning nisbiy xatoligini hisoblang. 9. Maksimal ko’tarish balandligini nisbiy xatosini hisoblang. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling