O`LCHASHLAR VA NATIJALARNI HISOBLASH
4-rasmda ko`rsatilgan elektr sxema tuziladi.
Reostatdagi qarshilikni o`zgartirib voltmetr va ampermetrning ko`rsatishi yozlb olinadi.
Bu o`lchashlarga mos ravishda kondensatorning sig`imi (9) formuladan hisoblab topiladi.
Bir necha marotaba tajriba o`tkaziladi va noma’lum kondensator sig`imi uchun topilgan qiymatlar asosida uning o`rtacha qiymati va nisbiy xatolik hisoblanadi.
(1) va (2) rasmda ko`rsatilgan elektr zanjir tuziladi va kondensatorlar ketma-ket ulangaida sig`im (2) va parallel ulanganda sig`im (3) ifodalar orqali hisoblanadi va tajriba natijasi bilan taqqoslanadi.
SINOV SAVOLLARI
Elektr sig`imi nima? U qanday birliklarda ifodalanadi?
Kondensator nima? Uning ishlash prinsipi qanday?
Kondensatorlar ketma-ket va parallel ulanganida sig`im qanday ifodalanadi va bunday ulashning texnik mohiyati nimadan iborat?
Sig’im qarshilik nima? Qarshilik birligi qanday keltirib chiqariladi?
LABOROTORIYA ISHI №7
O’TKAZGICHNING SOLISHTIRMA QARSHILIGINI O’LCHASH.
Ishning maqsadi: Metall sim - o’tkazgichining solishtirma qarshiligini aniqlash.
Kerakli jixozlar:
1 O’tkazgich qarshiligi va uning chiziqli o’lchamlarini o’lchashga imkon beruvchi qurilma;
2 Chizg’ich.
3 Mikrometr.
Nazariy muqaddima
Uzunligi l ko’ndalang kesim yuzi S, bo’lgan o’tkazgichning qarshiligi
(1)
formula bilan aniqlanadi. Bu erdan
(2)
Bo’lib, u o’tkazgichning solishtirma qarshiligi deyiladi va u uzunligi 1 m, ko’ndalang kesim yuzi 1 m2 bo’lgan o’tkazgichning qarshiligini bildiradi.
Mazkur qurilmada nixrom simning solishtirma qarshiligi aniqlanadi. Buning uchun uning uzunligi chizg’ich yordamida, diametri d mikrometr yordamida o’lchanadi. Simning qarshiligi Om qonuniga asosan aniqlanadi.
(3)
bu erda U - kuchlanish millivoltmetr yordamida, I - tok kuchi esa milliampermetrda o’lchanadi.
(3)ni (2) ga qo’yib, solishtirma qarshilikni hisoblash formulasini hosil qilamiz.
(4)
Do'stlaringiz bilan baham: |