Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi
Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
Download 0.66 Mb.
|
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI
Qurilmaning tuzilishi va ishlashiQurilma MU rusumli mikroskop (okulyari 7X va 15X, obyektivi 8X va 40X), indicator asbobi, yorug’lik manbai, shisha plastinkalar va boshqa yordamchi aslahalardan tashkil topgan. Ishni bajarish uchun mikroskop o’quvchi stoliga joylashtiriladi. So’ngra unga qo’lda po’lat plastinkadan yasalgan moslama o’rnatiladi. Moslamaga, o’z navbatida indicator qo’ndiriladi. Kwyin mikroskop tubiga moslama kiygiziladi. Moslamaning uzunligi 40 mm bo’lib, u tubus uzunligidan ancha kichik. Bu esa predmet (namuna) stolchasining har tomonga harakatlanishiga xalaqit bermaydi. Elastikligi yuqori bo’lgan va mikroskop tubusiga kiygiziladigan moslamaning ichki sirtiga mato yelimlab yopishtirilgan bo’lganligidan tubusni tirnamaydi (5.2.2-rasm). Mikroskop stolchasi ustiga biror beldi (tirnalgan chiziq yoki nuqta) chizilgan shisha plastinka o’rnatilib belgining aniq ko’rinishi hosil qilinadi. So’ngra ikkinchi plastinka tirnalgan plastinka ustiga qo’yiladi va belgining mikroskopda aniq tasviri hosil qilinadi. Ishni bajarish tartibi Laboratoriya ishining yo’riqnomasini o’qib o’rganing. Ishga kerakli asbob-uskunalarning mavjudligini tekshiring va o’qituvchidan ishni bajarishga ruxsat oling. Berilgan (variant bo’yicha) shisha plastinkaning qalinligini mikrometr yordamida o’lchang. Indikatorning mikroskop tubusiga moslama yordamida o’rnating va uning o’lchagich sterjenchasi uchining mikroskop stolchasidagi shisha plastinkaga siljimasdan tegib turishini ta’minlang. Indikatorning kichik milini nolga keltiring. So’ngra uning katta milini indikator gardishini burab nolga keltiring. ESLATMA. Indikatorning kichik mili milimetrni, katta mili esa millimetrning yuzdan bir bo’laklarini ko’rsatadi. Indikatorning o’lchash sterjeni uchini asta-sekin eng yuqoriga, mikroskop murvtlaridan foydalanib ko’taring. Mikroskop stolchasi sirtiga belgi chizilgan shisha plastinkani joylashtiring va indagi belgining aniq tasvirini hosil qiling va indicator milining ko’rsatganini yozib oling. Mikroskop stolchasidagi belgi qo’yilgan shisha plastinkani joylashtiring va ikkinchi shisha plastinka orqali kuzatishni davom ettirgan holda birinchi plastinka ustidagi belgi (chiziq) ning aniq tasvirini hosil qiling hamda indicator ko’rsatishini yozib oling. Ikkala kuzatishlarga aniqlangan natijalar ayirmasidan mikroskop tubusining ko’tarilish balandligi a ni toping. Aniqlangan natijalar asosida shioshaning sindirish ko’rsatkichini hisoblab toping. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling