2. Sirt yoritilganligining yorug’lik manbaigachi bo’lgan masofaga bog’liqligi.
Buning uchun rasmda ko’rsatilgan qurilma yig’iladi, so’ngra truba uchiga fotoelementli silindr naycha o’rnatiladi va truba yopiladi. Fotoelement asbob o’qiga elektr lampochka tok manbaiga ulanadi va lampochkani normal cho’g’lantiriladi. Lampochkaning qurilma bo’ylab turish holati o’zgartira boriladi, uni 10-, 20- va nihoyat 30 sm chiziq bo’limlari qarshisida to’xtatib, har bir hol uchun mikroampermetr ko’rsatgan tok kattaliklarini quyidagi jadvalga yoziladi
Bu jadvalning oxirgi ustuniga yozilgan raqamlardan quyidagilarni osongina aniqlash mumkinki, har bir holatda fotoelement yoritilganliklarining nisbati lampochkadan fotoelementgacha bo’lgan masofalar kvadratlarining teskari qiymatlari nisbatiga yaqin keladi.
3. Burchak ostida tushayotgan nurlarga ekran yoritilganligining bog’liqligi
Yuqoridagi ishlarni bajarishda qo’llanilgan qurilma ushbu ishni bajarishda ham foydalaniladi. Bu tajriba yig’uvchi linzani naychaning 10 sm bo’limi qarshisiga o’rnatiladi. Parallael nurlar dastasini fotoelementga yo’naltirish uchun lampochkani linzadan 150 mm masofada, ya'ni linza fokusiga o’rnatamiz va mikroampermetrning boshlang’ich ko’rsatishni yozib olamiz. So’ngra strelka yordamida fotoelementni asta sekin buramiz, trubaning ko’ndalang kesimiga har xil burchaklar ostida nurlar tushadigan holatlarni burchak o’lchagich yordamida aniqlaymiz. Nur tushayotgan burchaklar va unga mos kelgan tok kattaliklarini quyidagi jadvalga yozamiz:
Tartib nomeri
|
Nur tushayotgan burchaklar
|
Mikroam
permetr ko’rsatishlari, mkA
|
cos
|
Mikroampermetr ko’rsatishlarini E=E0.cos formula buyicha hisoblash.
|
1
2
3
4
|
00
300
450
600
|
51
45
36
25
|
1,00
0,87
0,71
0,50
|
51
44,4
36,2
25,5
|
Do'stlaringiz bilan baham: |