Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi
Download 0.66 Mb.
|
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI
LABORATORIYA ISHI №18
GAZLARNING SOLISHTIRMA YONISH ISSIQLIGINI ANIQLASH. Ishning maqsadi: Turli xildagi yonuvchi gazlar (butan, metan,…) ning issiqlik berish darajasini aniqlash. Kerakli qurollar: quyidagi tarkibli animatsiya va uning dasturi. Gaz gorelkasi, ma’lum miqdorda suvi mavjud bo’lgan idish, menzurka, termometr. NAZARIY TUSHUNCHA. Jismni isitish uchun energiya sarflash kerak. Energiya, ko’pincha, yoqilg’idan, masalan, o’tin, ko’mir, benzin yoqish yo’li bilan olinadi. Ma’lumki, molekulalar atomlardan tashkil topgan. Masalan, suv molekulasi bitta kislorod atomi va ikkita vodorod atomidan tuzilgan. Molekulani atomlarga bo’lish mumkin. Molekulalarning bunday bo’linishi ximiyaviy parchalanish reaksiyasi deb ataladi. Molekulani atomlarga bulish uchun atomlarning tortish kuchini yengish va bunda ish bajarish, va demak, energiya sarf qilish kerak. Atomlar birikib molekula hosil bo’lishida, aksincha, energiya ajralib chiqishi tajribalarda ko’rilgan. Yoqilg’idan foydalanish atomlar birikib molekula hosil bo’layotgan vaqtda energiya chiqishi hodisasiga asoslangan. Odatdagi yoqilg’ilarda (ko’mir, neft, benzin va boshqalarda) uglerod bor.Yonish vaqtida uglerod atomlari havodagi kislorod atomlari bilan birikadi. Bunda hosil bo’lgan molekula karbonat angidrid molekulasidir. Uning hosil bo’lishida energiya ajralib chiqadi. Turli xil yoqilg’ilar bo’ladi: ko’mir, torf, o’tin, neft, slanes va tabiiy gaz. Injener turli dvigatellarni loyihalashda yoqiladigan yoqilg’i qancha issiqlik miqdori berishini aniq bilishi zarur.Buning uchun bir xil miqdorda olingan turli xil yoqilg’i yonganda qancha issiqlik miqdori chiqishini tajribada aniqlash kerak. 1 kg yoqigi butunlay yonib bitganda qanday miqdorda issiqlik miqdori ajralib chiqishini ko’rsatuvchi kattalik yoqilg’inining solishtirma yonish issiqligi deb ataladi. Yoqilg’ining solishtirma yonish issiqligi Q harfi bilan belgilanadi, uning birligi-1j kg. Massasi m bo’lgan har qanday yoqilg’i batamom yonganda ajralib chiqqan issiqlik miqdori Q ni hisoblab topish uchun uning Q solishtirma yonish issiqligini yondirilgan yoqilg’ining massasiga ko’paytirish kerak: Q=qm Animatsiya
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling