Ûzbekiston Respublikasi oliy va ûrta maxsus ta'lim vazirligi


Download 0.66 Mb.
bet33/35
Sana11.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1698524
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI

SINOV SAVOLLARI.

1. Sirt taranglik koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi?


2. Suyuq neft mahsulotining sirt taranglik koeffitsiyenti qanday kattaliklarga bog’liq?
3. Halqani uzib olish usulini tushuntiring.
4. Suyuq neft mahsuloti qanday xossalarga ega?
LABORATORIYA ISHI №20


KALORIMETR YORDAMIDA QATTIQ JISMLARNING SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG’IMLARINI ANIQLASH


Ishning maqsadi: Aralashma yordamida qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig`imlarini aniqlash.
Kerakli jihozlar: kalorimetr, harorat o`lchagich, elektr isitgich, tekshiriluvchi qattiq jism, tarozi va tarozi toshlari, suvli stakan.


NAZARIY TUSHUNCHA
Jismlarning ichki energiyasi ikki usul bilan, ya’ni jism ustida mexanik ish bajarish va jismga biror miqdor issiqlik berish bilan o`zgartirilishi mumkin. Jism holati ish bajarilmasdan o`zgartirilgan holda jismga biror miqdor issiqlik berildi deyiladi.
Tajribaning ko`rsatishicha biror jismni t1 haroratdan t2 haroratgacha isitish uchun zarur bo`lgan issiqlik miqdori jismning m massasiga, (t2 – t1 haroratlar farqiga va jism materialining xossasiga bog`liq.
Q=cm(t2-t1) (1)
Bunda с-jismning solishtirma issiqlik sig`imi bo`lib, (1) formuladan
(2)
Solishtirma issiqlik sig`imi moddaning birlik massasini 10S ga o`zgartirish uchun zarur bo`lgan issiqlik miqdori teng.
Yupqa devorli metall idish olamiz. Bu idishni kattaroq idish ichiga qo`yamiz. Ikkala idishning ustidan qopqoq bilan berkitamiz (1-rasm). Hosil bo`lgan shu qurilma kalorimetr deyiladi.
Kalorimetrga massasi m1 va harorati t1 bulgan suv quyilgan bo`lsin. Suvga t2 haroratli (t2>t1) biror jism bo`lagini solamiz. Kalorimetr ichida issiqlik almashuvi ro`y beradi. Suv isiydi, jism soviydi. Biror vaqt o`tgandan keyin issiqlik muvozanati qaror topadi. Suv bilan jismning haroratlari tenglashib, t ga teng bo`lib qoladi. Bunda t12. Suv va kalorimetrning olgan issiqlik miqdorlariga jismning bergan issiqlik miqdoriga teng. Suvning olgan issiqlik miqdori:
Q1 = c1m1(t- t1) (3)
Bunda c1 – suvning solishtirma issiqlik sig`imi; m1 – suvning massasi. Kalorimetrning ichki idishi olgan issiqlik miqdori:
Q2 = с2m2(t-t1) (4)
Bunda с2 -kalorimetr ichki idish moddasining solishtirma issiqlik sig`imi; m2 -uning massasi. Jism bergan issiqlik miqdori:
Q3=c3m3(t2-t) (5)

1-rasm

Bunda с3 -jismning solishtirma issiqlik sig`imi, m3 -jismning massasi. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan quyidagi tenglik o`rinli bo`ladi (Issiqlik balansi);


Q1+Q2=Q3
yoki
(6)
(6) ifodaga ko`ra jismning solishtirma issiqlik sig`imi

yoki
(7)

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling