Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish
Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va atamalari
Download 428.27 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mustaqil ish
Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va atamalari.Har bir fanni
o‗rganishdan oldin uning asosiy tushunchalarini bilish talab qilinadi Alfavit deganda axborotni ifodalashda ishlatiluvchi belgilarning chekli to‗plami tushuniladi. Zamonaviy kriptotizimlarda ko‗pincha atigi ikkita simvoldan (0, 1) iborat ikkilik alfavit, Α = {0,1}, ishlatiladi. Shuningdek, o‗ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o‗zbek tili alfavitini, o‗ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfavitini, yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfavitini, ikki yuzi ellik oltita belgidan 13 iborat ASCII kompyuter belgilarining alfavitini ham misol sifatida keltirish mumkin. Matn yoki xabar – alfavit elementlaridan tartiblangan nabor. Ochiq matn (plaintext, Ρ) – shifrlashga atalgan dastlabki xabar. Shifrmatn (cipher text, 𝐶) – ochiq matnni shifrlash natijasi. Kalit (key, Κ), yoki kriptoo‗zgaruvchi (cryptovariable) – o‗zgartirishlar oilasidan birini tanlashni ta‘minlovchi kriptografik algoritmning qandaydir parametrlarining muayyan qiymati. Shifrlash (encryption, enciphering) – ochiq matnni shifrmatnga o‗zgartirish jarayoni, ya‘ni, 𝐸𝐾: 𝑃 → 𝐶 kabi belgilanib, u bijektiv funksiya hisoblanadi. Rasshifrovkalash (decryption, deciphering) – shifrmatnni ochiq matnga o‗zgartiruvchi teskari jarayon, ya‘ni, 𝐷𝐾: 𝐶 → 𝑃 kabi belgilanib, u ham bijektiv funksiya hisoblanadi. Shifrlash va rasshifrovkalash bir – biriga teskari tushunchalar bo‗lgani bois, 𝐷𝐾 = 𝐸𝐾 −1 tenglikni yozish mumkin. Shifrlash algoritmi turiga qarab shifrlash va rasshifrovkalash jarayonida foydalanilgan kalitlar o‗zaro teng yoki turlicha bo‗lishi mumkin. Deshifrlash (breaking) – kalitni bilmasdan turib shifrmatn bo‗yicha ochiq matnni tiklash jarayoni. Rasshifrovkalash bilan deshifrlash orasidagi tafovutga e‘tibor qarataylik: agar rasshifrovkalash kriptografik algoritmdan foydalanilganda standart shtatli muolaja hisoblansa, deshifrlash, ko‗proq kriptotahlilga taalluqli, kriptotizimni buzishdir. ―Shifrlash‖ umumiy atamasi shifrlash va rasshifrovkalash jarayonini bildiradi. Shifrlash jarayonidan axborotni konfidensialligini ta‘minlash maqsadida foydalanilish mumkin. Ikki tomon, Alisa va Bob, o‗rtasida dastlab kalit 𝐾 (faraz qilinsin, shifrlash va rasshifrovkalash uchun bir xil kalitdan foydalanilgan bo‗lsin) maxfiy tarzda yetkazilgan bo‗lsin. Agar Alisa 𝑃 ochiq matnni yubormoqchi bo‗lsa, u holda 𝐶 = 𝐸𝐾(𝑃) qiymatni hisoblaydi va Bobga yuboradi. Bob 𝐶 ni qabul qilishi bilan 𝑃 = 𝐷𝐾(𝐶) ni hisoblaydi va haqiqiy ochiq matn 𝑃 ni tiklaydi. Shifrlash va rasshifrovkalash jarayonida kalitdan foydalanilganiga e‘tibor qarataylik. Nima uchun shunchaki biror shifrlash funksiyasi va unga mos rasshifrovkalash funksiyasidan foydalanish mumkin emas? Shifrlash va rasshifrovkalash funksiyasida kalitdan foydalanishdan asosiy maqsad har bir ma‘lumot uchun ularni qayta loyihalashdan 14 qochishdir. Ya‘ni, faqat shifrlash va unga mos rasshifrovkalash funksiyasidan foydalanilganda agar buzg‗unchi ularni aniqlasa, yangi shifrlash/ rasshifrovkalash funksiyasini loyihalash talab etiladi. Agar kalitdan foylanilgan bo‗lsa, unda faqat kalitni almashtirishning o‗zi yetarli bo‗ladi. Kriptografik usullar umumiy xususiyatlari bo‗yicha ikki turga, simmetrik va ochiq kalitliga bo‗linadi. Download 428.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling