Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish
Download 428.27 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANIDAN TAYYORLAGAN 3-MUSTAQIL ISHI Bajardi: Shovkatov Sh.
- Mavzu : Kriptografiya asoslari. Simmetrik va Asimmetrik shifrlash. Reja: Kirish.
- Xulosa. Kirish.
O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “TT va KT” FAKULTETI TT 11-20 GURUH TALABASINING “SIMSIZ TARMOQLAR” FANIDAN TAYYORLAGAN 3-MUSTAQIL ISHI Bajardi: Shovkatov Sh. Qabul qildi: Tuychiyev B. QARSHI-2023 Mavzu: Kriptografiya asoslari. Simmetrik va Asimmetrik shifrlash. Reja: Kirish. 1. Kriptografiya asoslari. 2. Simmetrik va Asimmetrik shifrlash WEP shifrlash mexanizmi 3. Keng polosali simsiz aloqa tarmoqlarining shifrlash protokollarining bardoshliligi. 4. Antenna fider qurilmalari va ularning texnik xarakteristikalari. 5. Mobil aloqa texnologiyalarining standartlari. 6. CDMA va GSM standartlari va ularning o‘rtasidagi o‘zaro ishlash prinsiplari 7. OFDM va OFDMA standartlari. 8. Tashqi antennali antenna-fider traktlar va radiotizimlarning qurilish usullari Xulosa. Kirish. Axborot tushunchasi tushunilgan miqdorni anglatib, u turli ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin. Axborotni ishonchli himoyasini tashkil etishda kriptografiya muhim ahamiyat kasb etadi. Kriptografik himoyani joriy qilish uchun axborot xavfsizligi bilan bog‗liq umumiy masalalarni tushunish kerak. Axborot xavfsizligi vaziyat va talabga muvofiq ravishda turlicha namoyon bo‗ladi. Foydalanuvchining kimligidan va qanday darajada ishtirok etganidan qat‘iy nazar tomonlar axborot xavfsizligi bilan bog‗liq ba‘zi maqsadlarga erishadi. Kriptografiya axborot xavfsizligining maqsadlari: konfidensiallik, ma‘lumot yaxlitligi, subyekt autentifikatsiyasi va xabar 7 autentifikatsiyasi, bilan bog‗liq matematik usullarni o‗rganadi. Kriptografiya nafaqat axborot xavfsizligini ta‘minlash vositasi, balki usullar to‗plami ham hisoblanadi: 1. Konfidensiallik – bu axborot mazmunini unga ega bo‗lishga vakolati bo‗lganlardan tashqari, barchadan saqlash xizmati hisoblanadi. Ko‗p hollarda maxfiylik tushunchasi konfidensiallik va shaxsiylikka sinonim sifatida ishlatiladi. Konfidensiallikni ta‘minlashda fizik himoyalashdan tortib axborotni tushunarsiz holatga keltiruvchi matematik algoritmlargacha bo‗lgan yondashuvlardan foydalaniladi. 2. Ma‘lumot yaxlitligi - ma‘lumotlarni ruxsatsiz o‗zgartirishga qarshi qaratilgan xizmat bo‗lib, mazkur xizmatni kafolatlash uchun ruxsat etilmagan foydalanuvchilar tomonidan ma‘lumotlarni modifikatsiyalanishini aniqlash kerak bo‗ladi. Ma‘lumotlarni modifikatsiyalash o‗zida qo‗shish, o‗chirish va almashtirish kabi amallarni mujassamlashtiradi. 3. Autentifikatsiyalash xizmati identifikatsiyalashga aloqador bo‗lib, u ham subyekt ham ma‘lumotning o‗zi uchun amal qiladi. Ma‘lumot almashinuvchi ikki tomon bir-birini haqiqiyligini tasdiqlashi talab etilsa, aloqa kanalida uzatilayotgan axborotni uning manbasini, yaratilgan vaqti, ma‘lumot tarkibi, yuborilgan vaqti va h.k.k. bo‗yicha tasdiqlash kerak bo‗ladi. Shu sababli kriptografiyaning mazkur maqsadi ikki sinfga: subyektni autentifikatsiyalash va xabarni autentifikatsiyalashga ajratiladi. 4. Rad eta olmaslik xizmati avvalgi majburiyatlarni yoki harakatlarni rad etishga to‗sqinlik qiladi. Ko‗p holatlarda subyekt tomonidan muayyan harakatlarni amalga oshirilganligi inkor etilgani bois, nizolar kelib chiqadi. Mazkur muammolarni oldini olishda ishonchli uchinchi tomon ishtirokidagi biror muolaja talab etiladi. Kriptografiyaning asosiy maqsadi ham nazariyada ham amaliyotda ushbu to‗rtta vazifani yetarli darajada amalga oshirishdan iborat. Shuning uchun kriptografiyani aldash va boshqa zararli harakatlarni aniqlash va ulardan himoyalash haqidagi fan sifatida ham qarash mumkin. Download 428.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling