Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1602969
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-mustaqil ish (2) (2)

OFDM texnologiyalari. Keng polosali radiotizimlarda raqamli kanal uchun asosiy 
buzuvchi omil ko‘p nurli qabul qilishdan halaqitlar hisoblanadi. Bu halaqitlar turi ko‘p 
qavatli inshoatli shaharlarda radiosignalni binolar va boshqa inshoatlardan ko‘p martalik 
qaytishi tufayli efirli qabul qilish uchun juda xarakterli hisoblanadi. Bunday qaytishlar 
natijasida o‘sha bir signal qabullagichga turli yo‘llar orqali tushishi mumkin. Turli 
tarqalish yo‘llari turli uzunliklarga ham ega va shuning uchun signalning kuchsizlanishi 
bir xil bo‘lmaydi. Natijada qabul qilish nuqtasidagi natijaviy signal turli amplitudali va 
bir- birlaridan nisbatan vaqt bo‘yicha surilgan ko‘plab signallarning superpozitsiyadan 
(interferensiyasidan) iborat bo‘ladi, turli fazali signallarni qo‘shilishiga ekvivalent 
bo‘ladi. Agar uzatkich tashuvchisi ν chastotali va A amplitudali y
in
=Asin2πνt garmonik 
signalni tarqatayotgan bo‘lsa, u holda qabullagichda quyidagi signal qabul qilinadi: 
bu yerda t
i
– i-nchi yo‘l bo‘yicha signalning tarqalishini kechikishi (7.1-rasm). 
Ko‘p nurli interferensiyaning natijasi qabul qilinadigan signalning buzilishi 
hisoblanadi. 


7.1- rasm. Signalni ko‘p nurli tarqalishi modeli 
Ko‘p nurli interferensiya har qanday signallar turlari uchun xarakterli bo‘lib, ayniqsa 
u keng polosali signallarga salbiy ta’sir qiladi. Ish shundan iboratki, keng polosali signal 
ishlatilganida interferensiya natijasida ma’lum chastotalar sinfaz qo‘shiladi, bu 
signalning ortishiga olib keladi, ayrimlari esa, aksincha, qarama qarshi-fazada qo‘shiladi 
va bu chastotadagi signallarni kuchsizlanishiga olib keladi (7.2- rasm). 
Signallarni uzatilishida vujudga keladigan ko‘p nurli interferensiya haqida 
gapirilganida ikkita chegaraviy holga ajratiladi. 
Signalning kengligi 
Signalning kengligi 
Uzatilgan signal spektri 
Qabul qilingan signal spektri 
7.2- rasm. Ko‘p nurli interferensiyaning mavjudligi hisobiga 
signalning buzilishi 
Birinchi holda turli signallar orasidagi maksimal kechikish bitta simvolning 
davomiyligi vaqtidan ortiq bo‘lmaydi va interferensiya bitta uzatiladigan simvol 
chegaralarida vujudga keladi. Ikkinchi holda turli signallar orasidagi maksimal kechikish 
bitta simvolning davomiyligi vaqtidan ortiq bo‘ladi va interferensiya natijasida 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling