Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish


Kanallar chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (OFDMA)


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1602969
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-mustaqil ish (2) (2)

Kanallar chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (OFDMA) 
turli foydalanuvchilarga ularning o‘z nimtashuvchi chastotalar to‘plamlarini biriktirish 
yo‘li bilan OFDM tizimlarida muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin (7.12- rasm).


7.12- rasm. OFDMAda bazaviy stansiya har bir foydalanuvchiga 
kanallarning eng yaxshi parametrlarini beradigan diapazondagi 
nimtashuvchilar qismini ustun tayinlaydi 
Bu taqsimlash bajarilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab usullar mavjud. Eng oddiy usul 
7.12- rasmda tasvirlanganidek, har bir foydalanuvchiga nimtashuvchi chastotalarni statik 
taqsimlash hisoblanadi.Masalan, tizimning 64 ta nimtashuvchi chastotalaridan 1- 
foydalanuvchi 1-16nimtashuvchi chastotalarni 2, 3, va 4-foydalanuvchilar mos 
ravishda 17-32, 33-48, va 49-64 nimtashuvchi chastotalarni ishlatishi mumkin. 
Taqsimlash turli foydalanuvchilar uchun uzoq vaqtga multipleksorga xabar qilinadi va 
Fure tez o‘zgartirishini (FFT) ishlashigacha ishlatiladi. Tabiiyki, notekis 
taqsimlashga ham yo‘l qo‘yiladi, maslan yuqori tezliklarda ma’lumotlarni uzatadigan 
foydalanuvchilar uchun pastroq tezlikli foydalanuvchilarga qaraganda ko‘proq 
nimtashuvchi chastotalar taqsimlanadi. 


Quvvat 
2
.
1
6

r
a
s
m

O
F
D
M

s
h
a
k
l

chastota 
Vaqt 
 
foydalanuvchi 
 
foydalanuvchi 
 
foydalanuvchi 
Tashuvchilar 
bloki 
Tashuvchilar 
bloki 
Tashuvchilar 
bloki 


Nimtashuvchi chastotalarni statik taqsimlashning takomillashtirilishi – dinamik 
taqsimlash kanalning holatini davriy tahlil qilishga asoslanadi. Masalan, chastotaviy holat 
va so‘nishlarning mavjudligi tufayli 1-foydalanuvchi 33-48 nimtashuvchi chastotalardagi 
nisbatan yaxshi kanallarga, shu bilan bir vaqtda 3- foydalanuvchi 1-16 nimtashuvchi 
chastotalardagi nisbatan yaxshi kanallarga ega bo‘lishi mumkin. Ravshanki, statistika 
asosidagi taqsimlashlarni bunday o‘zgartirish bu foydalanuvchilar uchun o‘zaro foydali 
bo‘lar edi. Nimtashuvchi chastotalarni dinamik taqsimlanishini bajarilishi uchun yaxshi 
ishlab chiqilgan nazariya mavjud. Ulardan ayrimlari quyidagilar hisoblanadi: 
-multifoydalanuvchilik ajratilishi har bir yangi bog‘lanishga nimtashuvchi chastotalar 
to‘plamini berishdan iborat. Stansiyaga chastotalarni uzoq vaqt biriktirilishiga (ko‘p 
stansiyali ulanish) qaragandagi bu usul beradigan afzalliklar bu mumkin nimtashuvchilar 
to‘plamidan bu momentda “yaxshi” sharoitlarni ta’minlay oladigan nimtashuvchilarni har 
bir bog‘lanish uchun tanlash hisoblanadi; 
-adaptiv modulyatsiyalash bu eng yuqori ma’lumotlarni uzatish tezliklariga erish uchun 
yaxshi kanallarni ishlatish uchun vosita hisoblanadi. OFDMAda unumdorlikni 
maksimallashtirish uchun nimtashuvchi chastotalarni tanlash va quvvatni taqsimlash 
kanallarning holatiga asoslanishi kerak. 
Shunday qilib, OFDMA ko‘p stansiyali ulanish tez moslashuvchan uslubini 
ta’minlaydi, u ko‘plab foydalanuvchilarning ishlashini o‘zgaradigan ilovalar, 
ma’lumotlarni uzatish tezliklari va xizmat ko‘rsatish sifati talablarining katta to‘plami 
bilan muvofiqlashtirishi mumkin. 
ANTENNA (lot. antenna — hashorat moʻylovi) — elektromagnit toʻlqinlarini fazoga 
tarqatuvchi (uzatuvchi Antenna) yoki qabul qiluvchi (qabul qiluvchi Antenna) qurilma. 
Har qanday uzatuvchi Antennani qabul qiluvchi Antenna oʻrnida yoki, aksincha, qabul 
qiluvchi Antennani uzatuvchi Antenna oʻrnida ishlatish mumkin, chunki ularning 
hamma 
elektr
xususiyatlari bir xil. Uzatuvchi Antenna uzatgich moslama energiyasini 
elektromagnit toʻlqinlari energiyasiga, qabul qiluvchi Antenna elektromagnit toʻlqinlari 
energiyasini yuqori chastotali 
tok
energiyasiga aylantiradi. Bundan tashqari, uzatuvchi 
Antenna energiyani muayyan 
tekislik
va yoʻnalishda tarqatish xususiyatiga, qabul 
qiluvchi Antenna turli yoʻnalishdan keluvchi toʻlqinlarni 
saralash
xususiyatiga ega 
boʻladi. Qabul qiluvchi Antennaning bu xususiyati yoʻnalish boʻyicha 
tanlash
deyiladi. 
Antennaning ishlash tarzi ochiqtebranish konturining elektromagnit toʻlqinlarini 
tarqatishiga asoslangan. 
Chastotalar diapazoniga qarab Antennalar uzun, oʻrta, qisqa va ultraqisqa 
toʻlqin
A. 
lariga boʻlinadi. Antenna larning tuzilishi va shakli ularning qanday 
maqsad
uchun 
moʻljallanganligiga bogʻliq. 
Uzun
va oʻrta toʻlqin Antenna larining asosi yetarlicha uzun 
(va baland), 
tik
oʻrnatilgan oʻtkazgichdan iborat. 
Fider (ing. feed — taʼminlash) — 1) radiotexnika vatexnikada — oʻta yuqori chastota 
(OʻYUCH)li signallarni uzatish liniyasi, radiotoʻlqinlarni uzatish liniyasi; elektromagnit 
tebranishlar (toʻlqinlar)ni manbadan isteʼmolchiga yuborish uchun moʻljallangan 
qurilma. F.lar ochiq va berk turlarga boʻlinadi. "F." terminidan, asosan, radiouzatish va 
radioqabul qilish texnikasida, simli radioeshittirishda foydalaniladi; 2) elektr energetikada 
— energiyani taqsimlovchi kabel liniya yoki havoda elektr uzatish liniyasining eskirgan 
nomi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling