Ўзбекистон республикаси ташқи ишлар вазирлиги


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/47
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1721980
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
Java Sattorov 1-qism

3. Java tili.
Yuqorida biz Java va NetBeans IDE muhitida programmalarni 
kompilyatsiya qilish va ishga tushirish bilan tanishdik. Quyida Java tilining 
asosiy elementlari bilan tanishamiz. Har qanday tilni o‗rganish, xoh u tabiiy 
til bo‗lsin (o‗zbek tili, rus tili, ingliz tili va h.k.), xoh u sun‘iy til bo‗lsin 
(Fortran, Algol, Paskal, C++, Java va h.k.) tilda qo‗llanishi mumkin bo‗lgan 
asosiy belgilar (harflar, raqamlar, maxsus belgilar va h.k.) ro‗yxatini 
o‗rganishdan boshlanadi.
 
Java tilining asosiy elementlari.
Java da ular quyidagilar: 
Katta va kichik lotin harflari; 
Arab raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6. 7, 8, 9) 
Maxcus belgilar ($,_,+,-,*,/,:,%,=,?,{,},[,],(,),‘,‖) 
Matnlarda klaviaturadagi barcha belgilarni ishlatish mumkin. 
Java tilida nomlarni yozish. 
Java da barcha ishlatiladigan o‗zgaruvchilar nomlangan bo‗lishi shart. 
Masalan, s=a+b ni hisoblash programmasini tuzmoqchisiz. Bu misolda s, a, b 
kabi o‗zgaruvchilar (nomlar) qo‗llangan. Demak, programmada ham shu kabi 
o‗zgaruvchilarning nomlari yoki boshqa nomlar (programmachining 
xohishiga qarab) ishlatilishi mumkin.
Programmalash tillarida nomlar identifikatorlar, deb ataladi. Java da 
identifikatorlar lotin harfidan boshlanadi va u lotin harflari, raqamlar, $ va _ 
belgilar ketma-ketligidan iborat bo‗lishi mumkin. Misol: 
S, s, a, a$, a_1, Alpha, beta, x1, x2, salom
Quyidagilar nom bo‗la olmaydi: 
2a, a+b, +e, @a, ф, салом 
 
Java da butun sonlarlarning yozilishi. 
Java tilida butun sonlar 10, 8, va 16 lik sanoq sistemalarida bo‗lishi 
mumkin. Sanoq sistemalaridan to‗liqroq ma‘lumotga ega bo‗lishni 
xohlaganlar [3] kitobdan foydalanishlari mumkin. 
10 sanoq sistemasidagi sonlarni yozish uchun 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 
raqamlaridan foydalaniladi. Masalan,
+125
125
-129
110000 va h.k. 
Sonning oldidagi musbat ishorani yozmaslik ham mumkin. O‗nlik sanoq 
sistemasidagi butun sonlar oldida nul raqami turishi mumkin emas. Masalan, 


16 
0129 sonini Java programma xato deb ko‗rsatadi, Ammo, 0125 sonini xato 
emas balki 8 sanoq sistemasida deb qabul qiladi. 
8 sanoq sistemasidagi sonlarni yozish uchun 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 
raqamlaridan foydalaniladi va sonning birinchi raqami nul raqami bo‗lishi 
kerak. Masalan,
+0125
0125
-0127
0110000 va h.k. 
Sonning oldidagi musbat ishorani yozmaslik ham mumkin.
16 sanoq sistemasidagi sonlarni yozish uchun 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 
raqamlaridan va A, B, C, D, E, F lotin harflaridan foydalaniladi. Sonning 16 
sanoq sistemasida ekanligini ko‗rsatish uchun sonning oldiga 0x (0X) qo‗shib 
yoziladi. Masalan,
+0x125 
0x125 
-0X129 
0x110000 0x15A va h.k. 
Sonning oldidagi musbat ishorani yozmaslik ham mumkin. Bosh lotin 
harflari o‗rniga mos a, b, c, d, e, f kichik harflardan ham foydalanish mumkin. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling