Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 3-курс талабалари учун
-modda. Milliy gvardiya xodimlari
Download 90.92 Kb. Pdf ko'rish
|
710 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- B bo`lim 2-Kazus
16-modda. Milliy gvardiya xodimlari
Milliy gvardiyada xizmatda bo'lgan, maxsus unvonlar berilgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari Milliy gvardiya xodimlaridir. Milliy gvardiya xodimlari harbiy unvonlar berilgan va harbiy xizmatni o'tash to'g'risida kontrakt tuzilgan holda harbiy lavozimlarga tayinlanishi mumkin. Qonunning qabul qilinishi bilan Milliy gvardiyaning faoliyatini huquqiy tartibga solindi va unda organning huquqiy maqomi hamda asosiy vazifalari belgilab berildi. Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining Milliy gvardiyasi O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari qo'shinlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalarga ega bo'lgan maxsus turi ekanligi o'rnatildi. Qonunda Milliy gvardiyaning faoliyatini tashkil etishda Milliy gvardiya bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo'ysunishi va unga hisobdorligi, unga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Milliy gvardiya qo'mondoni rahbarlik qilishi, qo'mondon esa maqomiga ko'ra vazirga tenglashtirilishi qayd etildi. Ahamiyatli jihati shundaki, Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari va xodimlari xizmatni o'tash vaqtida daxlsizlik huquqiga ega bo'ladi. Ular tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas. B bo`lim 2-Kazus Ommaviy tartibsizlik va zo`ravonlikka davat qilganlar jinoy javobgarlikka tortiladi. Ommaviy tartibsizliklar va fuqarolarga nisbatan zo`ravonlikka chaqirganlar 100 million so`mgacha charimaga tortilishi yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilish mumkin bo`ladi. 30 mart kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan, ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga qo'shimcha kiritildi. Shuningdek, kodeksga ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo'ravonlik qilishga omma oldida da'vat qilganlik uchun javobgarlik ham kiritildi. Unga ko'ra, mazkur qilmishni sodir etgan shaxslar BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (24 mln 500 ming so'mdan 73 mln 500 ming so'mgacha) jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki OAV, telekommunikasiyalar tarmoqlari, internetdan, shuningdek matnni ko'paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan bo'lsa, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (73 mln 500 ming so'mdan 98 mln so'mgacha) jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Fuqarolarga nisbatan zo'ravonlik, belgilangan tartibni buzgan holda o'tkaziladigan yig'ilish, miting, ko'cha yurishlari va namoyishlarda ishtirok etishga da'vat qilish kabi holatlar ommaviy tartibsizlikka kiradi. Download 90.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling