Shuningdek, qo`shimcha qiladigan bo`lsak, “O`zbekiston
Sudlari
tomonidan ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik to`g`risidagi qonunlarni
qo`llash amaliyoti bilan bog`liq ayrim masalalar to`g`risida” O`zbekiston
Respublikasi Oliy sudi plenum qarori qabul qilingan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo`lsak, ommaviy
tartibsizliklar tushunchasining
dolzarbligi shundaki, bunda barcha davlatda yuz
berishi mumikin bo`lgan real xavfni keltiruvchi omil sifatida qarash mumkin. Ushbu
vaziyat joy va makon talab etmaydi. Sababi qaysi mamlakatda
ijtimoiy-iqtisodiy
ya’ni bu oziq-ovqat yetishmasligi, narxlarning asossiz oshishi, siyosiy-saylovlarda
korrupsion holatlarni yuzaga kelishi, hokimiyat o`zboshimchaligi, diniy – ikki din
vakillari o`rtasida nizoli vaziyat yuzaga kelishi, etnik – mahalliy aholi va o`zga yurt
vakillari orasida yuz berishi mumkin bo`lgan real xavf tushuniladi.
“Omma” so`zining lug`aviy ma’nosi ko`pchilikka oid, jamoatga taalluqli,
jamoat bilan qilinadigan ishlar degan ma’noni anglatadi.
Ommaviy tadbirlar
deganda – 100 va undan ortiq ko`p kishilarning ijtimoiy-siyosiy,
shuningdek,
umumxalq, diniy, kasb bayramlarini o`tkazish maqsadida ommaviy tadbirini
o`tkazish obyektida tashkil qilinadigan fuqarolarning
birgalikda qatnashishlariga
aytiladi.
Xulosa qilib so‘ngi so‘zimni davlatimiz rahbarining so‘zi bilan
yakunlamoqchiman ya‘ni butun dunyoda mamlakat ichida tartib-intizom va jamoat
xavfsizligini ta‘minlash bilan armiya emas,
Mudofaa vazirligi emas, balki alohida
tuzilmalar shug`ullanadi. Ma‘lumki, bugungi kunda biz ―Xavfsiz shahar – xavfsiz
mamlakat konsepsiyasi asosida yurtimizda jamoat tartibini ta‘minlashga qaratilgan
katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Shu munosabat bilan mana shu yangi tuzilma,
ya‘ni, Milliy gvardiya tashkil etildi, — dedi Prezident.
— Endi bundan buyon har bir shahar va viloyatda xavfsiz hudud loyihasini amalga
oshirish, jamoat tartibini saqlash uchun Ichki ishlar vazirligi
bilan birga Milliy
gvardiya mas‘ul va javobgar etib belgilanadi. Bu vazifalarni bajarish uchun Milliy
gvardiya joylardagi davlat hokimiyati idoralari, jamoat
tashkilotlari bilan yaqin
hamkorlikda faoliyat olib boradi. Demak har birimiz jamoat xavfsizligiga
ma’sulmiz.