Milliy gvardiya faoliyatining
asosiy printsiplari qonuniylik, fuqarolarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya
etish hamda ularni hurmat
qilish, yagonalik, mustaqillikdan iboratdir.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarish
majburiyligi qonunning 10-moddasida berib o`tilgan. Unga ko`ra,
Milliy
gvardiya harbiy xizmatchisining o'z vakolatlari doirasida qo'yilgan qonuniy
talablari, shu jumladan qonunga rioya etish, hujjatlarni, tekshiruv materiallarini va
boshqa ma'lumotlarni
taqdim etish, mutaxassis ajratish,
Milliy gvardiyaga kelish
hamda aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish to'g'risidagi,
qoidabuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan
shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi qonuniy talablari barcha davlat organlari,
boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar
tomonidan bajarilishi
majburiydir.
Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur
bo'lgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar uning qonuniy talabi bo'yicha bepul
taqdim etiladi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablari ustidan shikoyat
qilinishi ularning bajarilishini to'xtatib turmaydi.
Milliy gvardiya organlarida haqiqiy harbiy xizmatda bo'lgan O'zbekiston
Respublikasi fuqarolari Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilaridir.
Harbiy
xizmatchilar maxsus unvonlar berilgan va harbiy xizmatni o'tash to'g'risidagi
kontraktning amal qilishi tugatilgan holda Milliy gvardiya xodimlari lavozimlariga
tayinlanishi mumkin. Milliy gvardiya oliy harbiy ta'lim muassasalarining
bitiruvchilari maxsus unvonlar berilgan holda xodimlar lavozimlariga tayinlanishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: