Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 3-курс талабалари учун
Download 90.92 Kb. Pdf ko'rish
|
710 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miting, yigʻilish va namoyishlar ishtirokchilarining majburiyatlari
11-moddasi
“Miting, yig`ilish va namoyishlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari” belgilab o`tilgan. Miting, yigʻilish va namoyishlar ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega: miting, yigʻilish va namoyishlar maqsadlariga muvofiq boshqa jamoat harakatlarining qarorlarini muhokama qilishda va ularni qabul qilishda, ishtirok etish; fuqarolarning talablarini va boshqa murojaatlarini qabul qilish hamda mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlariga, davlat organlariga va tashkilotlarga yuborish hisoblanadi. Miting, yigʻilish va namoyishlar ishtirokchilarining majburiyatlari: mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalari vakillari va tashkilotchining qonuniy talablarini bajarish kerakligi nazarda tutilgan. Qonuning 9-moddasiga muvofiq miting, yigʻilish va namoyishlar oʻtkazish qoidalariga amal qilinishini taʼminlash uchun toʻliq masʼuliyatni zimmasiga oladigan 18 yoshga toʻlgan bir yoki bir necha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari miting, yigʻilish va namoyishlar tashkilotchisi boʻlishi mumkin. Bugungi kunga kelib olimlar ommaviy tartibsizliklarni to`rt guruhga bo`lish mumkin degan fukrga kelishgan. Bular: qurolli (oqilona rejalashtirish maxsus ko`nikmalarga ega bo`lgan holda tashkil etish), ekspressiv buzilishlar (his- tuyg`ular, fikrlarni bo`ysundirishga qaratilgan), asossiz (tarkibiy asoslarga ega bo`lmagan), o`tish davridagi tartibsizliklar. Ba’zi mualliflar ommaviy tartibsizliklarni hokimiyat organlariga bo`ysunmaslikka qaratilgan faol harakatlar deb ta’rif beradilar. Umuman olganda ko`p sonli odamlarni bir joyda tartibsiz yig`ilishi, bunda boshqa shaxslarga tazyiq o`tkazish, hokimiyat organlarini tan omaslik, qirg`in uyushtirish, mulkni yo`q qilishga qaratilgan harakat degan g`oyani ilgari suradilar. Ommaviy tartibsizliklar jinoyat qonunchiligiga ko`ra o`ta og`ir jinoyat hisoblanib, jamiyatning, fuqarolarning korxona va muassasalarning normal yashash va ishlash sharoitini buzadi. Ommaviy tartibsizliklarning suiqasd qilish obyektlari deganda jinoiy tajovuzdan himoya qilinadigan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Agar ommaviy tartibsizliklarning ishtirokchilari tomonidan, o`g`irlash, talonchilik, bosqinchiliklar qilish va boshqa alohida jinoyat tarkibini tashkil etuvchi jinoyatlar sodir etilganda jinoyatlar majmuasi bilan tavsiflanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling