Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академиясининг


Б БЎЛИМ Талаба хоҳлаган БИТТА казусга жавоб ёзиши шарт


Download 51.53 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi51.53 Kb.
#1588592
1   2
Bog'liq
Davat huquq

Б БЎЛИМ
Талаба хоҳлаган БИТТА казусга жавоб ёзиши шарт.
1. Дарс машғулотлари давомида талаба Жамшид Муртазоев ҳуқуқий тартибга солишни таснифлаш мумкинлигини, уни қуйидаги мезонлар асосида ўрганиш мақсадга мувофиқ эканлигини билдириб ўтди.
Хусусан, ҳуқуқий тартибга солиш воситаларига кўра (норматив тартибга солиш ва индивидул тартибга солиш), ҳуқуқий тартибга солиш предметига қараб (давлат томонидан ва нодавлат ташкилотлар томонидан), марказлаштириш даражасига қараб (марказлашган, марказлаштирилмаган) таснифлаш талабалар учун тушунарли бўлишини тушунтириб берди.
Талаба Худойқулов Самар эса ҳуқуқий тартибга солишни таснифлашда бошқа мезонлар ҳам мавжудлигини, жумладан ҳуқуқни амал қилиш доирасига қараб умумий, идоравий, маҳаллий, локал каби турларга бўлиниши ҳам мавжуд эканлигини қайд этиб ўтди.
Ҳуқуқий тартибга солишнинг таснифлаш мезонлари ва таркибий бирликларини амалий мисоллар билан тушунтириб беринг.


2. Баъзида “қонун устуворлиги” ёки “қонунийлик” атамалари норматив-ҳуқуқий ҳужжатларда кенг қўлланилади.
“Қонунийлик” тушунчаси Россия Федерацияси Конституциясида қўлланилмайди, лекин 15-модданинг 2-қисмида, барча норматив ҳужжатларнинг Россия Федерацияси Конституцияси ва қонунларига мувофиқ келишини тушуниш мумкин.
Шунингдек, социалистик мамлакатларининг конституцияларида (Въетнам, Хитой, КХДР, Куба) қонунийлик тушунчаси энг муҳим тушунчаларидан бири сифатида қўлланилади.
“Қонун устуворлиги” атамаси кенгроқ мазмунга эга бўлиб, у нафақат қонунийлик, балки қонун билан тартибга солиниши мумкин ва зарур бўлган турли муносабатларни ҳам англатади.
Айрим олимларнинг фикрича, қонунийлик статик, қонун устуворлиги эса динамик ҳолатни акс эттиради.
Қонун устуворлиги ва қонунийлик атамаларининг ўзаро фарқли жиҳатларини таҳлил этинг. Фикрингизни амалий мисоллар билан баён этинг.

3-variant


1-mantiqiy savol
Huquq ijodkorligi- vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning, referendumda esa butun xalqning huquqiy normalarni belgilashi, o'zgartirishi, takomillashtirishi va bekor qilishiga qaratilgan maxsus faoliyati hisoblanadi. Huquq ijodkorligining quyidagi turlari mavjud:
1.Xalqning bevosita huquq ijodkorligi- bunga misol qilib referendumni aytishimiz mumkin. Referendum qonun ijodkorligining alohida shakli sifatida xalq irodasining bevosita ifodasi hisoblanadi. Bu yerda oddiy xalq qonun loyihalarini tayyorlashda bevosita ishtrok etadi.
2. Davlat organlarining huquqiy ijodkorligi- bu huquq ijodkorligining asosiy, keng tarqalgan, o'ziga xos maqsadli turi. Bunda faqat nalum bir davlat organlari tomonidan qonun loyihalari ishlab chiqiladi.
3. Mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi- ya’ni davlat hokimiyati yoki bosharuv organida yohud nodavlat tashkilotida belgilangan lavozimni egallagan, unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun huquqiy hujjatlar qabul qilish va amalga oshirish vakolatiga ega bo’lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir.
Huquq ijodkorligining funksiyalari quyidagilar:

  • Qonunlar, huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash

  • Amaldagi qonun hujjatlarini yangilash

  • Eskirgan huquqiy normalarni bekor qilish

  • Huquqda hal etilmagan jabhalar va bo’shliqlarni to’ldirish

  • Qonunchilikni bir tizimga keltirish.

2-mantiqiy savol


Konstitutsiyamiz asosiy qonun sifatida barcha qonunlarning, huquqiy tizimning o’zagi hisoblanadi. U xalq manfaatlarini ifodalash, xalq hokimiyatchiligini ta’minlashda juda katta ahamiyatga ega. Unda xalqning asosiy irodasi, intilishlari, huquqlari hamda erkinliklari to‘liq ifodalangan. Mamlakatimiz huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishni o'z oldiga oliy maqsad qilib qo'ygan va ushbu maqsad yo’lida jadallik bilan harakat qilishimizda Konstitutsiyamizning roli katta. Mamlakatimiz konstitutusiyada beldilanganidek huquqiy davlat hisoblanadi. Huquqiy davlatning asosiy belgilari sifatida qonun ustuvorligining tan olinishi, inson huquq va erkinliklarining ta'minlanishi, vakolatlarning taqsimlanishi, sud hokimiyatining mustaqilligi hamda rivojlangan fuqarolik jamiyatining mavjudligini misol qilib aytsak bo’ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi davlat va jamiyat hayotini tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri sifatida mustahkamlangan. Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklari to‘liq mustahkamlangan. Huquq va erkinliklar nafaqat qog‘ozda, balki amalda ham ifodalanadi. Har bir fuqaro o‘zining konstitutsiyaviy huquqlaridan to‘liq xabardor va ulardan amaliy hayotda erkin foydalanish huquqiga ega. Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya jamiyat hayotida qonun ustuvorligiga rioya qilishning asosidir. Fuqarolarning umumiy madaniy saviyasi, davlat apparati xodimlarining huquqiy bilimining yuqoriligi qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.
Kazus
Bizga berilgan ushbu muammoli vaziyatni tahlil etishda vaziyatni atroflicha muhokama etishimiz va undan keyingina yechim topishimiz zarur. Ushbu muammoli vaziyatda qonuniylik va qonun ustuvorligi tushunchalarining mazmuni va mohiyati hamda ularning bir biridan farqlari haqida fikr yuritilgan. Qonuniylik haqida fikr yuritadigan bo’lsam qonuniylik bu qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan huquqiy hujjatlarga barcha davlat organlari, mansabdor va boshqa shaxslarning ogʻishmay amal qilishi hisoblanadi. Qonuniylik demokratiya va huquqiy davlatning elementlaridan biridir. Qonuniylikning quyidagi prinsiplari bor:
1. Qonuniylikning birligi- yani mamlakat hududida qonun va qonunga asoslangan hujjatlar bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishi;
2. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi- ya’ni barcha normativ va individual huquqiy hujjatlar konstitutsiya va qonunlar asosida qabul qilinishi hamda ularga zid kelmasligi;
3. Inson va fuqaro huquq hamda erkinliklari, burchlarining kafolatlanganligi;
4. Qonuniylikning madaniyat bilan bogʻliqligi- ya’ni jamiyat aʼzolari yuqori darajada madaniyatli, jumladan, huquqiy madaniyatli boʻlgandagina qonuniylikka erishish mumkinligi;
5. Qonuniylikning maqsadga muvofiqligi- bunda qonun va qonun osti hujjatlari davlat va jamiyatning manfaat va maqsadlariga mos kelishi zarur. Bunda maqsadga muvofiqlilik bilan qonuniylik oʻrtasida ziddiyat kelib chiqmasligi zarur.
Qonuniylikning taʼminlanishi uchun amaldagi qonunchilikda mavjud usul va vositalar maxsus yuridik kafolat vazifasini bajaradi.
Qonun ustuvorligi tushunchasiga keladigan bo’lsak Qonun ustuvorligi bu barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turishi hisoblanadi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar". Qonun ustuvorligi tamoyili jamiyat hayotining barcha jabhalarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib, yuqorida taʼkidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga soʻzsiz itoat etishida, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamlakat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti oʻrnatilganida, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon boʻladi. Qonun ustuvorligiga misol qilib Angliya davlatini aytsam bo’ladi chunki ushbu davlatda konstitutsiya yo’q ammo qonunlarning ustuvorligi so’zsiz tan olinadi. Qonuniylik va qonun ustuvorligi o’rtsida uncha ham ko’p tafovut mavjud emas ammo qonun ustuvorligi qonuniylikkka nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Ularning o’rtasidagi asosiy farqi qonunlarning qanday holatda kim tomonidan amal qilinishidir.
Download 51.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling