Ўзбекистон республикаси


Download 1.12 Mb.
bet87/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

4-b parhyez. Buyuriladigan vaqti: Surunkali enterokolitlarning o'tkir davri boshlanayotgan mahalda, me'da kasalligi bilan o'tayotgan ichki kasallik, dizenteriyaning o'tkir holatlari o'tayotgan davrida. Buyurishdan maqsad: surunkali enterokolit bir qadar qo'zib turgan davrda bekamu ko'st ovqatlanishni ta'minlash, yallig'lanish xolati kamayishiga va me'da-ichakdagi buzilgan faoliyatlarning asliga kelishiga yordam berish. Umumiy tasnifi: fiziologik jihatdan bekamu ko'st bo'lgan bu parhyezda uglevodlar va osh tuzi miqdori bir qadar cheklanadi. Oshqozon ichak shilliq pardasining mexanik, kimyoviy jihatdan ta'sirlanadigan va ichakdagi bijg'ish-chirish jarayonlarini kuchaytiradigan masalliqlar man etiladi. Tarkibi va quvvati: oqsillar -100-120g, yoglar 2100g, utlevodlar-300-350g. Quvvati - 2600 kkal. Ovqatlanish tartibi: kuniga 5-6 mahal.

5-a parxez. Buyuriladigan vaqti: O'tkir xoletsistit yoki surunkali xoletsistitning huruji payti, o'tkir pankreatit yoki surunkali pankreatitning qo'zigan payti, yara kasalligi borligiga qo'shilgan surunkali xoletsistit, o't yo'llari operatsiyasidan keyingi 5-6 kun. Buyurishdan maqsad: buzilgan jigar faoliyatining asliga kelishiga, jigarda glikogen to'planishiga yordam berish, jigar faoliyatlarini, o't ajrashini kuchaytirish, me'da va ichakning mexanik ravishda ta'sirlanishini cheklash. Umumiy tasnifi: yog'lar cheklanadi, oqsillar bilan uglevodlar me'yor doirasida, lipotrop omillar miqdori ko'proq bo'ladi. Barcha taomlar ezilib, maydalangan masalliqlardan qaynatib yoki bug'da pishirib tayyorlanadi.

5-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Jigar va o't yo'llari kasalligining susaygan va ustiga me'da-ichak dardlari qo'shilmagan surunkali kasalliklari - xoletsistit, gepatit, jigar sirrozi, tuzalish davriga kirgan Botkin kasalligida. Buyurishdan maqsad: buzilgan jigar faoliyatining asliga kelishiga yordam berish. Umumiy tasnifi: oqsillar fiziologik me'yorda, uglevodlar bir qadar ko'paytirilgan, yog'lari o'rtacha cheklangan va xolesterinsiz. Qo'ziqorin, ismaloq, shovul, ziravorlar, kakao, shokolad, qarogat ham cheklanadi. Bu parhyezda lipotrop omillar va vitaminlar miqdori ko'paytirilgan. Osh tuzi 10-12 g. Tarkibi va quvvati: oqsillar -80-100 g, yog'lar 60-70 g, uglevodlar 450-500 g. Quvvati - 2900 kkal. Bemorlarda yog'lar almashinuvi buzilgan bo'lsa, uglevodlar cheklanadi. Ovqatlanish tartibi: ovqat tez-tez (2-2,5 soat oralab) berib turiladi va mo'l-ko'l - 2 litrgacha suyuqlik iliq holda ichdiriladi.

6 - parhyez. Buyuriladigan vaqti: Podagra, urat diatezi va eritremiyada go'sht hamda baliq mahsulotlarini cheklab qo'yish kerak. Buyurishdan maqsad: purin almashinuvining asliga kelishiga va endogen yo'l bilan urat kislota hosil bo'lishini kamaytirishga yordam berish. Umumiy xususiyati: yog'lar va purin birikmalariga boy mahsulotlar man qilinadi (mol va qo'y yog'i, jigar, buyrak, miya, qovurilgan go'sht va baliq hamda bularning kuchli sho'rvalari, souslar, ismaloqlar, yashil no'xot, shokolad, kofe, kakao, alkogolli ichimliklar). Tarkibida ishqor radikallari bo'ladigan masalliqlar beriladi (sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar va sut), osh tuzi bir qadar cheklanadi.

Tarkibi va kuvvati: oqsillar 80-100g, yog'lar 80g, uglevodlar 400g. Quvvati - 2700 kkal. To'la bemorlarga uglevodlar cheqlangan.

Ovqatlanish tartibi: kuniga 5 mahal, choy, meva sharbatlari, ishqoriy suvlar mul-ko'l (2-2.5 l) suyuqlik ichish buyuriladi.

7-a parxez. Buyuriladigan vaqti: O'tkir glomerulonefritda guruch, olma, kartoshka yoki buyrak yetishmovchiligi davriga o'tgan surunkali nefritda buyuriladi. Buyurishdan maqsad: buyraklarni mumkin qadar ko'proq avaylaydigan sharoitlar yaratish, osh tuzini cheklab qo'yish yo'li bilan gipertoniya va shishlarga ijobiy ta'sir ko'rsatish. Umumiy xususiyati: oqsillari keskin cheklanadi. Yog'lar va uglevodlar fiziologik me'yor atrofida bo'ladi. Bu parhyez tuzsiz va unda natriy elementi kam. Bunday kasallarga oldingi kunda qancha miqdorda siydik chiqargan bo'lsa, xuddi shuncha suyuqlik berib turish ruxsat etiladi. Sabzavot, mevalar yetarli miqdorda, qisman tabiiiy holda, pishirmasdan beriladi. Tarkibi va quvvati: oqsillar 5-30g, yog'lar 80-100g, uglevodlar 400-500g. Quvvati 2550-2600 kkal. Vitamin S va V ko'proq beriladi. Ovqatlanish tartibi: kuniga 5 mahal.

7- b parhyez. Buyuriladigan vaqti:

O'tkir nefritda 7-a parhyezdan keyin, shuningdek, nefritning surunkali o'tkir, badanda shishlar bo'lib turgan, arterial bosim ko'tarilganda, ammo buyraklar faoliyati saqlanib qolganda buyuriladi. Buyurishdan maqsad: 7-a parhyezda qanday bo'lsa, bunda xam shunday. Umumiy tasnifi: oqsillar miqdori 7-a parhyezga nisbatan 45-50g gacha oshirilib, qaynatib pishirilgan go'sht, baliq va 200g sut va chuchuk kefir qo'shiladi. Mahsulotlardagi osh tuzi miqdori 1.5g gacha ko'paytiriladi.

Tarkibi va quvvati: oqsillar 45-50g, yoglar 100g, uglevodlar 450-500g. Quvvati 3000 kkal.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling