Ўзбекистон республикаси


UMUMIY KLINIK TASHXISOT ASOSLARI


Download 1.12 Mb.
bet90/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

1.8. UMUMIY KLINIK TASHXISOT ASOSLARI
Kasallikni aniqlash to'g'risidagi ta'limot tashxisot (diagnostika) deb ataladi. Diagnostika (grekcha - Diagnosis -aniqlashga qodir), tibbiyot fani bo'limi bo'lib, bemor tekshirilishi jarayoni va usullarini ifodalaydi.

Diagnoz (tashxis) (grek. Diagnos aniqlash), hozirgi tibbiyot fani atamashunosligida ifodalanishicha, shifokorning bemor holati va kasallik mohiyatini bildiruvchi qisqacha xulosasidir. Yana aytish kerakki, tashxisot — bemor a'zosining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi.

Tashxisot ilmiy fan sifatida uch bo'limdan iborat:

1. Bemorni tekshirish va kuzatuv usullarini o'rganish hamshiraning tashxis qo'yish texnikasi.

2. Kasallik belgilari (simptomlar va semiologiya)ning tashxisotdagi axamiyatini o'rganish.

3. Diagnoz usuli - kasallik aniqlanishida fikrlash va mulohaza qilish xususiyatlarini o'rganish.

Tashxisotning rivojlanish tarixi bir necha ming yillarga borib taqaladi. Tashxisning rivojlanishida qadimgi Gretsiya tibbiyotining ahamiyati juda katta (xususan, Buqrotning). Ma'lumki, ilmiy-klinik tibbiyot Buqrotdan boshlanadi. Buqrotning tashxisiy tekshirishlari bemorni diqqat bilan kuzatishga asoslangan, ya'ni «ko'rish, eshitish, hidlash, ta'mni sezish va h.k» ni sog'lom holat bilan taqqoslangan. Bukrot ba'zan kasallik belgisini aniqlash uchun bemorni harakatlantirgan, masalan, ko'krak qafasidagi suyuqlikni u ko'krak qafasini harakatga keltirib aniqlagan. O'sha vaqtlarda ham tashxis qo'yish uchun ba'zi asboblar qo'llanilgan. Masalan: bachadon tekshiraladigan zond bachadon va rektal oyna. Buqrot o'pkani eshitib xirillashlarni plevra ishqalanish shovqinini aniqlagan. Jigar va taloqni paypaslab, tashxis qo'ygan.

Tibbiyot rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan olim, faylasuf Abu Ali Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari XVI asrgacha ham Sharqda, ham G'arbda 500 yil davomida shifokorlar uchun qo'llanma bo'lib kelgan.

XVIII - XIX asrlarda klinikaga yangi, bebaho tekshirish usullari kirib keldi. Jumladan, 1758 yilda termometriya paydo bo'ldi (Gayen). 1761 yilda L.Auenbrugter tomonidan tukillatish (perkussiya)ning hamda 1819 yilda R.Laennek tomonidan stetoskopning kashf etilishi va auskultatsiya usulining shllab chiqilishi tibbiyotda juda katta yutuq hisoblanadi. Tashxis qo'yish uchun muhim bo'lgan kasallik anamnezini yig'ish (bemorni yeurab - surishtirish) Ar - Roziy tomonidan boshlangan bo'lib, 749-ta kasallik bayonini yozib qoldirgan. Keyinchalik bu M.YA.Mudrov, G.N.Zaxarin, A.A.Ostroumov va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. V.P.Obrazsov va Strajesko qorin bo'shligidagi a'zolarii metodik paypaslash (palpatsiya) usulini ishlab chiqdi.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling