Kasallik anamnezi (Anamnezis morbi)
Kasallik tarixini so'rab-surishtirganda quyidagi asosiy savollarga to'liq va aniq javob olish kerak:
1) Kasallik qachon boshlangan?
2) U qanday boshlangan?
3) U qanday kechayapti?
4) O'kazilgav tekshirishlar va ularning natijalari qanday?
5) O'tkazilgan muolajalar va uning ta'siri qanday?
Kasallik rivojlanishi tarixi. Uning boshlanishidan, to hozirgi ko'rilayotgan vaqtgacha bo'lgan o'zgarishlar aks ettirilishi kerak. Avval, kasal bo'lmasdan oldingi sog'lig'ini aniqlash kerak. Kasallikning birinchi belgilarini to'la-to'kis aniqlanadi hamda uning keyingi kechishi so'raladi. Bundan tashqari, kasallikning sababini, uni keltirib chiqirgan omilni iloji boricha bilish kerak. Agar kasallik surunkali bo'lsa, uning qaytalaiishi va bosilishi (remissiya) davrlarini surishtirish kerak. Ilgari bemorni qanday preparatlar bilan davolaganliklari to'g'risida ham ma'lumot olish zarur (yurak glikozidlari, qon tomirlarini kengaytiruvchi dorilar, gormonlar, antibiotiklar siydik haydovchi dorilar va h.k.). Va, nixoyat, statsionarga yotish sababini ko'rsatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |