Ўзбекистон республикаси


Download 1.12 Mb.
bet49/119
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#189241
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

Xulosa chiqarish

Mijoz ma'lumotlari interpretatsiyasi va tahlilidan so'ng Hamshira quyidagi asosiy to'rt xulosalardan biriga keladi. Har bir xulosa uchun hamshira harakati alohida bo'lishi mumkin.

1. Muammo yo'q:

- hamshira harakatiga ko'rsatma yo'k;

- mijozning sog'lom odatlarini kuchaytirish;

- salomatlikni himoya kilish va kasallikning oldini olish tadbirlarini boshlash yoki hamkorlikda yukoriroq 'samaraga intilish;

- samara tashxisi ko'yish.

2. Ehtimoli bor muammo:

taxmin kilinayotgan tashxisni tasdiklovchi yoki tasdiklamaydigan ko'shimcha ma'lumotlar to'plash.

3. Anik yoki potensial muammo:

- mijoz muammo borligini inkor etishi va davolanishdan bosh tortganligiga ko'ra davolashning iloji yo'k (mijoz mumkin bo'lgan oqibatni tushunganligiga ishonch hosrl qiling);

- muammoning oldi olinishi, kamaytirilishi yoki bosilishi bo'yicha hamshiralik parvarishining rejalash, amalga oshirish va baholash jarayonini boshlash.

4. Hamshiralik tashxisi emas, klinik muammo paydo bo'lsa:

- xos mutaxassislar bilan maslahatlashish va ular bilan mazkur muammo bo'yicha hamkorlikda ishlash;

- dori vositalari tavsiya etish.

Hamshiralik tashxisining tasditspanishi va tartibga solshishi (formulirovkasi). Hamshira mijozning hamshiralik muolajalari yordamidagina o'nglanadigan hamshiralik muammolarini ko'rsatadigan ma'lumotlari guruhini to'plab bo'lishi bilan hamshiralik tashxisini tartibga solishi -mumkin. Ko'pchilik hamshiralik tashxislari mijoz muammolarini ko'rsatuvchi ikki tartibdan yoki shuningdek muammolarning xususiyatlarini ko'rsatish bilan uch tartibdan iborat bo'ladi. Ilk marta hamshiralik tashxisi qo'yishga kirishayotgai hamshiralar uchun Shimoliy Amerika hamshiralik tashxisi uyushmasi (NANDA) qabul qilgan tibbiy kasalliklar ro'yxatidan foydalangan ma'kuldir. Bu ro'yxatda hamshira mustaqil anglay oladigan va davolaydigan taxminiy muammolar bo'yicha atamalar kelt;irilgan. Har bir diagnostik toifa uch komponent tutadi: (1) tashxisni tartibga solish imkonini beruvchi, muammoning aniq ifodasi hisoblangan nomi (2) sabab va olib keluvchi omillar hamda (3) xususiyatlarni aniqlovchilar. Hamshiralik tashxisini tartibga solish uchun umumiy atamalardan foydalanishda ma'lum ustunliklar bor.

Birinchidan, tashxisning qabul kilingan umumiy ro'yxa-tidan foydalanish hamshiralar bir-birlarini yaxshi tushunish-lariga yordam beradi. Agar qo'llanma mualliflari, o'kituvchilar va klinikachilar bir xil atamalardan foydalanishsa, hamshiralarni o'qitish yengil bo'ladi. Ikkinchidan, barcha uchun umumiy atamalarni qo'llash tibbiy tashxisga ko'ra xdmshiralik tashxisiga to'g'rilashlar kiritish yengilroq bo'lganligidan hamshiralik ishida kompyuterlardan foydalanish osonroq. Uchinchidan, diagnostik toifalarning kabul qilingan umumiy ro'yxati hamshira ishini faqat tibbiy tashxis bo'yichagina emas, balki hamshiralik tashxisiga mos holda ham e'tibor bilan ta'min etish imkonini beradi. To'rtinchidan, barcha hamshiralar hamshiralik parvarishi yaxshilanishi uchun diagnostik toifalar rivojlantirilishi va nazorati bo'yicha birga ishlaydilar hamda baholash va hamshiralik muolajalari mezonlarini aniqlaydilar.


Hamshiralik tashxisi tartibi.



Aniqlash

Maqsad

Misol

Muammo



Uzgartirishlar zarur-

ligini ko'rsatuvchi pa-

tologiyani aniqlaydi

(mijoz salomatligi-

ninig qisqa, mazmunli

tartibi)



Mijozga vazifa

tavsiya etadi



Vannaga

yiqilish

qo'rquvi bilai

bog'lik shaxsiy

gigiyena

kamchiligi



Etiologiya

Sabab omillariii

aniklash





Mos hamshiralik

parvarishini tavsiya

etadi


Semizlik

Xususiyat-

larni


aniqlov-

chilar




Muammo borligidan

darak beruvchi

obyektiv va subyektiv

ma'lumotlarni

aniqlash


Baholash mezonlarini

tavsiya etadi





Badan va siydik

hidi sezilishi.

sochlarning

iflosligi






Muammo. Muammoni tartibga solishdan maqsad mijoz salomatligi holatini iloji boricha mazmunli, kisqa shaklda ifoda etishdan iborat. Hamshiralik tashxisining bu davrida salomatlik holatidagi muammolar va o'zgarishlar aniqlanishi mijoz oldiga vazifalar ko'yishga olib keladi. NANDA muammo holatini tartibga solish uchun quyidagi xususiyatlarni taklif etadi: o'zgargan, yomonlashgan, ozgan, kamchilik, ortiqcha, disfunksional, buzilgan, samarasiz, suyeaygan, oshgan, o'tkir, surunkali va o'tkinchi.

Etiologiya. Etiologiya kasallik bilan bog'liq fiziologik,. ruhiy, ijtimoiy, axloqiy va atrof-muhit omillari yoki kasallik paydo kiluvchi sabab va sharoitlarni aniklaydi. Organizmning kasallik holatini ko'llovchi omillarni aniqlashi va bu holatni o'zgartirish uchun oldini olish choralari lozimligidan hamshiralik muolajalari etiologiya orkali boshqariladi. Agar kasallik etiologiyasi ishonchsiz bo'lsa, hamshiralik tadbirlari samarasiz bo'lishi mumkin. Masalan, giperglikemiya bo'yicha ovkatlanish va tavsiya etilgan dorilar kabul kilish tartibini bajarmaydigan qandli diabet bilan og'rigan bemorga tavsiyalar tartibini bajarmaydigan mijoz tashxisi ko'yiladi. Tavsiyalar tartibini bajarmaslik tushunmaslikdan hisoblansa, bemorni qandli diabet qanday nazorat etilishiga o'rgatish foydali bo'ladi.

Xususiyatlarni aniguyuvchilar. Anik, yoki potensial muammolar borligidan darak beruvchi subyektiv va obyektiv ma'lumotlar hamshiralik tashxisining uchinchi komlonentidir. NANDA qabul kilgan har bir hamshiralik tashxisi bo'yicha xususiyatlarni aniqlovchilar keltiradi. Bu xususiyatlarni bilish hamshiralarga muhim ma'lumotlar guruhini anglashda yordam beradi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling