¡збекистон республикаси


b) Ichki qurilmalar uchun ajratkichlar


Download 2.32 Mb.
bet35/52
Sana21.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1791505
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52
Bog'liq
Маъруза (ЭЧС) лотин

b) Ichki qurilmalar uchun ajratkichlar
Ichki qurilmalar uchun bir qutbli (RVO) yoki uchqutbli (RV, RVK, RVRZ va shu kabi) ajratkichlar qo‘llaniladi. Uch qutbli ajratkichlar umumiy ramada yoki har bir qutb uchun alohida ramada tayyorlanishi mumkin. Har bir qutb ajratkichning yuritmasi bilan ulangan umumiy val orqali birlashtiriladi. 1000 A gacha bo‘lgan toklarga ajratkichning pichog‘i ikkita mis polosadan, katta toklar uchun pichoq uch-to‘rt polosadan tayyorlanadi. SHina konstruksiyalaridagi kabi, katta toklarda materialdan yaxshi foydalanish uchun, qo‘zg‘almas kontaktlar qutisimon kesimda, ajratkich pichog‘i, esa tog‘ora shaklda tayyorlanishi kerak.
Kesuvchi tipdagi ajratkichlarda pichoq qo‘zg‘almas kontaktlardan birining atrofida aylanadi, pichoqqa harakat chinni tortqi orqali valdan uzatiladi.
Kontaktlardagi kerakli bosim prujsnalar orqali hosil qilinadi. Kesuvchi tipdagi ajratkichlarning kontakt tizimining tuzilishini ko‘rib chiqamiz (55-rasm). Izolyator 1 da to‘g‘ri burchak ostida bukilgan mis shina mahkamlangan bo‘lib, u qo‘zg‘almas kontakt 2 hisoblanadi. Qontakt 2 ning yon tomonlari silindrik sirt ko‘rinishida ishlangan, shuning uchun pichoq 6 plastinalari bilan chiziqli kontakt hosil qiladi. Sterjen 5 ga o‘rnatilgan prujinalar 4 po‘lat plastinalar Z ni bosadi, plastinalar chiqkan joylari bilan pichoqlarni qo‘zg‘almas kontaktga siqadi. Kontaktda bosim qancha katta bo‘lsa, o‘tish qarshiligi shunga kichik bo‘ladi, lekin uzishlar va ulashlardagi ishqalanish hisobiga kontaktlar eyilishi katta va ajratkichni operatsiyalardagi harakatlantirish uchun qo‘yiladigan kuch shuncha katta bo‘ladi.
Q .t. toklarining o‘tishi paytida tokning pichoq plastinalaridan kontaktlarga o‘tish joylarida elektrodinamik kuchlar hosil bo‘ladi, ular kontaktdan pichoqlarni itarishga harakat qiladi. Boshqa tomondan, pichoq plastinalari bir tomonga yo‘nalgan toklarning o‘zaro ta’siri sababli bir-biriga tortiladi. Q.t. toklari katta bo‘lganda itarish kuchlari plastinalar pichoqlarining tortish kuchidan katta bo‘lishi mumkin, bu plastinalar pichoqlarini kontaktdan otilib chiqishiga, yoyning paydo bo‘lishiga, ya’ni avariyaga olib keladi. Buning oldini olish uchun, ajratkichlarda magnit qulf qurilmasi ko‘zda tutiladi. U pichoq tashqarisiga joylashgan ikkita po‘lat plastinalar 3 dan iborat bo‘lib, birinchidan, prujinalar bosimini uzatish uchun xizmat qilsa, ikkinchidan, q.t. toklaridan magnitlanib bir-biriga tortiladi va kontaktda qo‘shimcha bosim hosil qiladi. Ikkinchi izolyatrrdagi ajratkichning kontakt tizimi ham shunday konstruksiyaga ega, faqat kontaktlar sirpanuvchi, sharnirli, lekin ajralmaydigan bo‘ladi, chunki pichoq o‘q 7 atrofida aylanadi.
Erga tutashtiruvchi pichoqlar bo‘lsa, ular sharnirli yoki ajrovchi kontaktlar tomonida yoki ikkala tomonda joylashishi mumkin. Uch qutbli qurilmalarda, ular umumiy mis shinalar bilan qisqa tutashtiriladi.
Erga tutashtiruvchi pichoqlar, bosh pichoqlar ulangan holatda, ularni ulanishiga yo‘l qo‘ymaydigan mexanik blokirovkaga ega. Erga tutashtiruvchi pichoqlarni boshqarish uchun, dastadan valga harakat beruvchi richaglar (PR) tizimidan yoki chervyakli yuritmadan (PCH) tashkil topgan oddiy qo‘l yuritmasidan foydalaniladi. Bosh pichoqlarni ulash yoki uzish bu operatsiyalarni masofadan amalga oshirish imkonini beradigan elektr dvigatel yuritmasi (PDV) tomonidan amalga oshiriladi.
O‘z-o‘zidan uzilishi yoki ulanishni yo‘qotish uchun yuritmaning richaglar tizimi yordamida ajratkich ulangan yoki uzilgan holatda ishonchli tutib turiladi.
Komplekt ekranlangan tok o‘tkazuvchi qurilmalar uchun pichog‘i ilgarilama harakat qiladigan aylanuvchi tipidagi ajratkichlar; chervyakli yuritma bilan boshqariladigan qirquvchi tipidagi; ZR tipidagi erga tutashtiruvchi ajratkichlar qo‘llaniladi.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling